2.8. Ikkita optik tola OT1 va OT2 qirqimi:
- FS-URS turdagi konnektorli himoya qobig‘isiz bir modali optik tola (sariq rangli bufer qoplamasi bilan);
- FS-RS turdagi konnektorli ko‘p modali optik tola OT (olov rangdagi himoya qobig‘i bilan);
OT konnektorlari laboratoriya qurilmasining optik sxema elementlari bilan maxsus opravalar (K) yordamida ulanadi, maxsus opravalar yustirovka qurilmalariga mahkamlangan (ularning ta’rifi quyida keltiriladi).
2.9. Mikroob’yektivli telekamera (TK), tadqiq etiladigan OT kesimidan tushayotgan nurlanishni tahlil qilish uchun xizmat qiladi. Telekameraning ko‘rish maydonida tadqiq etilayotgan OTning bitta kesimi ko‘rinadi.
Telekamera quyidagi xarakteristikalarga ega:
- maksimal ruxsat etish – 700 lin/mm;
- ob’yektivning fokus masofasi F=4,2 mm.
O‘lchovlarni olib borish (sonli aperturani o‘lchash, moda tarkibini tadqiq etish, manbaning kogerentlik darajasini o‘lchash) da telekamera ob’yektivi ishlatilmaydi.
2.10. Oq–qora monitor (OQM), uning ekranida telekamera orqali shakllangan tadqiq etilayotgan optik tola yoritilgan kesimining tasviri kuzatiladi.
2.11. Qatorni ajratish bloki (QAB), uning yordamida telekamera orqali shakllangan tasvirning qatorini ajratish amalga oshiriladi. Bu signal tadqiq etilayotgan optik tolaning ko‘ndalang kesimida intensivlikning taqsimlanishiga mos keladi.
3.7-rasmda qatorni ajratish blokining old paneli ko‘rsatilgan. Unda «↑», «↓», «+» simvollari bilan belgilangan uchta tugma mavjud. «↑», «↓» tugmalari yordamida monitor ekranidagi tasvir orqali ajratilgan qatorni pastga yoki yuqoriga siljitish amalga oshiriladi. «+» tugmasi ajratilgan qatorni tasvir o‘rtasiga o‘rnatadi. Ajratilgan qatorning holati monitor ekrani orqali nazorat qilinadi - tasvirda u yorqin chiziq bilan belgilangan.
3.7-rasm. Qatorni ajratish bloki
Old panelga ikkita (ko‘k va qizil) yorug‘lik diodi joylashgan, ular blokning elektr ta’minotga ulanganligini va uning kirishida video signal mavjudligini nazorat etish imkonini beradi. Ta’minotga ulash old paneldagi «ULASH» tumbleri orqali amalga oshiriladi.
QAB monitorning video chiqishi va ostsillografning kirishi bilan mos keluvchi ajraladigan ulagichli kabel yordamida ulanadi. Ajraladigan ulagichlarning blok qismlari blokning orqa panelida joylashgan.
Dostları ilə paylaş: |