3-amaliy mashgʻulot: Qishloq xoʻjaligi uchun bakterial dori darmonlar olish texnologiyasi


Tuproqli va torfli azotobakterinni ajratib olish texnologiyasi



Yüklə 24,92 Kb.
səhifə4/5
tarix09.05.2022
ölçüsü24,92 Kb.
#56886
1   2   3   4   5
3-amaliy

Tuproqli va torfli azotobakterinni ajratib olish texnologiyasi. Azotobakterinning bu turlari qattiq oziqa muhitida o‘stirilgan faol Azotobakter hisoblanadi, uning 1 g da 50 mln dan kam bo‘lmagan hayotchan hujayralar bo‘ladi. Ularni tayyorlash uchun unumdor tuproq yoki neytral reaksiyali chiriyotgan torf olinadi. Maydalangan va elakdan o‘tkazilgan substratga 2 % ohak va 0,1 % superfosfat qo‘shiladi. 500 g aralashma shisha idishga ko‘chiriladi, hajm bo‘yicha 40-60 % gacha namlantiriladi, paxta bilan yopib qo‘yib stirilizasiyalanadi. Ekish materialini tarkibida 2 % saxaroza va mineral tuzlar bo‘lgan agarli muhitga ko‘chiriladi. O‘stirishni 27 0C da 3-5 kun davomida amalga oshiriladi. Hosil bo‘lgan ekish materialini agarning yuzasidan suv bilan yuvib olinadi va oldindan tayyorlab qo‘yilgan shisha idishdagi substrat­ga ko‘chiriladi. Shisha idishdagi massani yaxshilab aralashtiriladi va 25-27 0C da tutib turiladi. O‘stirishni 1 g tuproq yoki torfda bakteriyalarning soni 50 mln ga yetganicha davom ettiriladi. Shu yo‘sinda olingan prepa­ratlar o‘zining faolligini 2-3 oy davomida saqlay oladi. Azotobakterin preparatini unumdor, tarkibida fosfor, mikroelement (molibden, vanadiy, bor va boshqa) lar bo‘lgan tuproqlarda foydalanish tavsiya etiladi. Azotobakterinni organik va mineral o‘g‘itlar bilan to‘g‘ri nisbatda qo‘­shib qo‘llash yaxshi samara beradi. Azotobakterin urug‘larni, ko‘chat­larni, kompostlarni bakterizasiyalashda foydalaniladi. Bunda o‘simlik­larning ildiz orqali oziqlanishi yaxshilanadi va g‘allasimonlar, texnik va sabzavot ekinlarining hosildorligi 10-15 % ga ko‘payadi. Azotobak­terinni qo‘llashda g‘allasimonlar bo‘lsa, ekishdan oldin ularning urug‘­lariga sepib keyin ekiladi, kartoshkani tuganagini va sabzavot ekinlarini ko‘chatlarini bakteriyalarning suvli suspenziyasi bilan xo‘llanib keyin ekiladi.


Yüklə 24,92 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin