3-amaliy mashgʻulot: Qishloq xoʻjaligi uchun bakterial dori darmonlar olish texnologiyasi


Fosforobakterinni ajratib olish texnologiyasi



Yüklə 24,92 Kb.
səhifə5/5
tarix09.05.2022
ölçüsü24,92 Kb.
#56886
1   2   3   4   5
3-amaliy

Fosforobakterinni ajratib olish texnologiyasi. Fosforobakterin - bakterial o‘g‘it bo‘lib, tarkibida Bacillus megaterium var. phosphaticum mikroorganizmining sporalaridan iboratdir. U bir xil massali och-kulrang yoki sarg‘ish rangli kukun hisoblanadi. Bu bakteriyalar murak­kab fosfororganik birikma (nuklein kislotalar, nukleoproteidlar va boshqalar) ni va qiyin o‘zlashtiriladigan mineral fosfat (pirofosfat, poli­fosfat) larni o‘simliklar tomonidan o‘zlashtiriladigan shaklga o‘tkazadi. Bundan tashqari bakteriyalar o‘simliklarning o‘sishini (ayniqsa rivojlanishini dastlabki paytida) stimullovchi biologik faol modda (tiamin, piridoksin, biotin, pantoten va nikotin kislotalari, vitamin B12 va boshqa) lar ishlab chiqaradi. Fosfobakterin fosforli o‘g‘itlarning o‘rnini bosmaydi, ularsiz ta’sir etaolmaydi ham. Ular stimullovchi samara beradigan preparatlar jumlasiga kiradi.

Fosfobakterinni Bac.megaterium var. phosphaticum shtammidan foydalangan holda va uni chuqur uslubda o‘stirib ko‘paytirish orqali ajratib olinadi. O‘stirishni liofil tarzda quritilgan dastlabki shtammdan quyidagi tarkiblardagi oziqa muhitlarini biridan foydalangan holda ajratib olinadi ( % hisobida):

1. Makkajo‘xori ekstrakti…………………………………….1,8

Qand lavlagisi chiqindisi………………………………….…1,5

Ammoniy sulfat………………………………...……………0,1

Bo‘r…………………………………………………………….1

Suv……………………………………………………qolgan qismi


  1. Makkajo‘xori uni…………………………………………. 2,0

Qand lavlagisi chiqindisi ……………………………………..1,5

B kompleks vitaminlar (D vitaminini olishda qolgan qoldiq)..2,0

Ikki almashingan kaliy folsfat ………………………………0,01

Kalsiy karbonat ………………………………………….…..0,3

Suv……………………………………………………qolgan qismi.

Bakteriyani o‘stirish aseptik va doimo aralashtirish sharoitida fer­mentyorlarda sporalar hosil bo‘lish bosqichigacha olib boriladi. Jarayon­ning olib borish sharoiti: harorat 28-30 0C, muhitning pH 6,5-7,5, davomiyligi 1,5-2 kundan iborat bo‘ladi. Birinchi muhitda o‘stirilganda 1 ml o‘stirish muhiti suyuqligida 2,7-3 mlrd. spora bo‘lsa, ikkinchi mu­hitda o‘stirilganda 4,3 mlrd bo‘ladi. Hosil bo‘lgan biomassa sentrifuga­lash yo‘li bilan ajratiladi va 65-750C da purkovchi quritkichda 2-3 % namlik darajasigacha quritiladi. Quritilgan sporalar qo‘shimcha (kaolin) qo‘shib aralashtiriladi. Shu yo‘sinda tayyorlangan preparatning 1 g da 8 mlrd hujayra bo‘lishi lozim. Uni 50-500 g dan namlik kirmaydigan xal­tachalarga qadoqlapnadi.



Nitragin va azotobakterindan farqli o‘laroq fosforobakterin saqlash uchun ancha chidamli, uni 1 yil saqlaganda bakteriyalarning hayot­chanligi 20 % gagina kamayadi. Fosforobakterinni qora tuproqli tupro­qlarda qo‘llash tavsiya qilinadi. U g‘allasimonlar, kartoshka, qand lavla­gisi va boshqa ekinlarni hosildorligini oshirishda ahamiyati katta. Prepa­ratni tuproqqa solish uchun o‘simliklarning urug‘ini fosforobakterin pre­parati qo‘shib ishlov beriladi, buning uchun esa, preparatni tuproq yoki kulga qo‘shib 1:40 nisbatda aralashtiriladi va shu holatda ekiladi. Bir gektar maydonga 5 g preparat va 200 g qo‘shimcha modda (kaolin) kerak bo‘ladi. Kartoshka tuganaklarini 15 g preparatga 15 l suv qo‘shibsuspenziya tayyorlanadi va bu miqdor preparat bir gektarga keta­digan kartoshka urug‘iga ishlov berishga yetadi. Fosforobakterindan foydalanish hosildorlikni 10 % ga oshiradi.
Yüklə 24,92 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin