3-bob. Byudjet tuzilishi va byudjet tizimi



Yüklə 235,44 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/14
tarix07.01.2024
ölçüsü235,44 Kb.
#204184
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
3-BOB. BYUDJET TUZILISHI VA BYUDJET TIZIMI

Byudjet tuzilishi 
mamlakatning davlat byudjetini, uning 
bo‗g‗inlari o‗rtasidagi o‗zaro munosabatlarni tashkil qilish 
shakllarini, byudjet tasnifini, byudjet tizimiga kiradigan barcha 
darajadagi byudjetlar faoliyatining huquqiy asoslarini, byudjet 
tizimi byudjetlari tarkibi va tuzilmasini, byudjet mablag‗larini 
shakllantirish va sarflashdagi tartib-qoidalar va boshqalarni 
belgilab beradi (3.2-rasm). 
3.2-rasm. 
Byudjet tuzilishining tarkibi
51
 
Byudjet tuzilishining asosini mamlakatdagi davlat tuzilishi 
shakli, amaldagi qonun hujjatlari, davlat byudjetining 
iqtisodiyot va ijtimoiy hayotdagi o‗rni belgilab beradi.
Unitar davlatlarda odatda, ikki pog‗onali byudjet tizimi 
shakllangan bo‗ladi: 

davlat byudjeti (bu bo‗g‗in turli mamlakatlarda turlicha 
nomlanadi, masalan, davlat byudjeti, markaziy byudjet, 
respublika byudjeti, hukumat byudjeti kabi); 

mahalliy (munitsipal) byudjetlar.

51
Nurmuxamedova B. Moliya. O‗quv qo‗llanma. T.: IQTISOD-MOLIYA. 2017. 116-bet 


Byudjet tuzilishi 
Davlat
byudjeti 
Byudjet
tizimi 
Byudjetlararo 
munosabatlar 
shakllari 
Byudjet
tasnifi 
Byudjet 
munosabatlari-
ning huquqiy 
asoslari 
Davlatning ixtiyoridagi markazlashgan pul mablag‘lari 
jamg‘armasi 
Davlat boshqaruvining barcha pog‘onalariga mos 
keluvchi turli darajadagi byudjetlar yig‘indisi 
Byudjet jarayonida turli darajadagi byudjetlar o‘rtasida 
sodir bo‘ladigan iqtisodiy-huquqiy munosabatlar 
majmuyi 
Byudjet daromadlari, xarajatlari va taqchillikni qoplash 
manbalarining turli belgilariga ko‘ra guruhlanishi 
Davlat boshqaruvining har bir pog‘onasida byudjet 
jarayonida sodir bo‘ladigan byudjet munosabatlarini 
tartibga soluvchi qonuniy-huquqiy va me‘yoriy 
hujjatlar yig‘indisi 


74
Federativ asosda 
tarkib topgan davlatlarda uch pog‗onali 
byudjet tizimi shakllangan bo‗lib, quyidagi bo‗g‗inlardan iborat:

federal byudjet (turli mamlakatlarda turlicha nomlanadi, 
masalan: davlat byudjeti, markaziy byudjet, federal byudjet); 

federatsiya subyekt(a‘zo)larining byudjetlari; 

mahalliy (munitsipal) byudjetlar. 
Jahon amaliyotida davlat tuzilishining shakllariga mos 
ravishda 
byudjet tuzilishi modellari 
shakllangan: 

markazlashmagan (nomarkazlashgan) model; 

markazlashgan model; 

aralash model. 
Byudjet qurilishining 
markazlashmagan (nomarkazlash-
gan) modelida 
markaziy va mahalliy byudjetlar avtonom 
(mustaqil) bo‗lib, ularning har biri o‗z xarajatlarini to‗liq qoplay 
oladigan daromad manbalariga ega bo‗ladi. 
Markazlashgan model 
barcha darajadagi byudjetlarni 
yagona davlat byudjetida birlashtirishni nazarda tutadi, bunda 
markaziy byudjet barcha mahalliy byudjetlar uchun 
(daromadlilik darajasini) tartibga soluvchilik vazifasini 
bajaradi. 
Byudjet tuzilishining aralash modeli 
barcha darajadagi 
byudjetlarni yagona davlat byudjetida birlashtirishni nazarda 
tutadi, lekin bunda har bir mahalliy byudjetning o‗z 
xarajatlarini qoplashga mo‗ljallangan o‗z daromad manbalari 
mavjud bo‗lgani holda, har bir yuqori turuvchi byudjet o‗zidan 
quyi turuvchi byudjetlarning daromadlilik darajasini tartibga 
solish vazifasini bajaradi. 
Byudjet tuzilishining har qanday modeli byudjetlar 
o‗rtasidagi o‗zaro munosabatlarni tashkil etish shakli sifatida 
quyidagi uchta holatning mavjudligiga asoslanadi: birinchidan, 
hokimiyatning barcha darajalarida xarajat vakolatlarining aniq 
chegaralanishi; ikkinchidan, bu vakolatlarni to‗liq bajarish 
uchun har bir darajadagi hokimiyatning yetarli fiskal resurslar 
bilan ta‘minlangan bo‗lishi; uchinchidan, byudjet tizimidagi 
vertikal va gorizontal nomu-tanosiblikni byudjet transfertlari 


75
yordamida tekislash va shu 
asosda mamlakatning barcha 
hududlarida davlat xizmatlari-
ning bir xildagi standartini 
ta‘minlash. Lekin jahon tajribasi 
shuni ko‗rsatadiki, hech bir 
mamlakatda fiskal federalizmning eng mukammal modelini 
yaratishga muvaffaq bo‗linmagan. Mamlakatlardagi siyosiy, 
tarixiy va milliy omillar ta‘sirida dunyoda turlicha byudjet 
tizimlari shakllangan bo‗lib, ular bir-biridan jiddiy farq qilish 
bilan birga, ko‗p hollarda nazariy jihatdan eng oqilona 
hisoblangan modellarga ham zid keladi. 

Yüklə 235,44 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin