76
yuzaga keladigan o‗zaro munosabatlar yig‗indisini o‗zida
ifodalaydi‖
52
, - deb ta‘rif berilgan.
Tor ma‘noda byudjet tizimi
mamlakat ma‘muriy-hududiy
tuzilishiga mos ravishda shakllangan va yagona tizimni tashkil
qiluvchi barcha darajadagi byudjetlar yig‗indisidan iborat.
O‗zbekiston Respublikasining
byudjet tizimini shakllanti-
rish, shuningdek, byudjet tizimi byudjetlari o‗rtasidagi
munosabatlarni tashkil etish O‗zbekiston Respublikasi
Konstitutsiyasi, O‗zbekiston Respublikasi Byudjet Kodeksi,
O‗zbekiston Respublikasi Prezidentining har moliyaviy yil
uchun tasdiqlanadigan ―O‗zbekiston
Respublikasining asosiy
makroiqtisodiy ko‗rsatkichlari prognozlari va davlat byudjeti
parametrlari to‗g‗risida‖gi qarorlari va boshqa qonun hujjatlari
asosida amalga oshiriladi.
O‗zbekiston Respublikasi byudjet tizimi tuzilishining
asosiy tamoyillari
quyidagilardan iborat
53
:
1.
Byudjet tizimining yagonaligi prinsipi
–
byudjet
hujjatlari va byudjet
hisobotlarining shakllari, byudjet tasnifi
yagona bo‗lishi hamda byudjet tizimi byudjetlarining
daromadlari va xarajatlarini shakllantirish hamda ijro etish,
byudjet hisobini yuritish va byudjet hisobotini tuzishning
yagona tartibini nazarda tutadi.
2.
Byudjet tizimining O‗zbekiston Respublikasi ma‘muriy-
hududiy tuzilishiga muvofiqligi prinsipi
– byudjet tizimi
O‗zbekiston Respublikasining ma‘muriy-hududiy tuzilishiga
muvofiq bo‗lishini belgilab beradi. Ushbu prinsipga muvofiq
O‗zbekiston Respublikasining har bir ma‘muriy-hududiy birligi
(Qoraqalpog‗iston Respublikasi, viloyat, shahar, tuman) o‗z
byudjetiga ega bo‗lib, u
mamlakatdagi yagona byudjet
tizimining tegishli darajadagi bo‗g‗inini tashkil qiladi.
3.
Byudjet tizimi byudjetlarining balansliligi va o‗zaro
bog‗liqligi prinsipi –
byudjet tizimi byudjetlarida nazarda
tutilgan xarajatlar hajmi ularning daromadlari va taqchillikni
52
O‗zbekiston Respublikasi Byudjet Kodeksi. 2-bob, 6-modda.
53
O‗zbekiston Respublikasi Byudjet Kodeksi, I-bo‗lim, 2-bob, 7-17-moddalar.
77
qoplash manbalari yig‗indisining hajmiga muvofiq bo‗lishi
kerak. Bu prinsip byudjet tizimi tuzilmasidagi har bir
byudjet(respublika byudjeti, mahalliy byudjetlar)ning moliyaviy
jihatdan barqaror bo‗lishini, shu bilan birga byudjet ijrosida
daromad va xarajatlarning yuzaga kelishi mumkin bo‗lgan
nomutanosibligi
byudjetlararo
transfertlar
mexanizmlari
yordamida tekislanishi lozimligini nazarda tutadi, ya‘ni byudjet
tizimi byudjetlarini tuzish va ijro etishda ularning mablag‗lari
mazkur byudjetlarning balansliligini ta‘minlash
uchun turli
darajadagi byudjetlar o‗rtasida qayta taqsimlanishi mumkin.
4.
Dostları ilə paylaş: