72
Konfederatsiya
nisbatan kam tarqalgan davlat tuzilishi
shaklidir. Konfederatsiya davlatlar birlash-masi yoki ittifoqi
bo‗lib, uni tashkil etuvchi davlatlar o‗z mustaqilligini to‗la
saqlab qoladi, o‗zining hokimiyat, boshqaruv va adliya
organlariga ega bo‗ladi. Konfederatsiyaga a‘zo davlatlar o‗z
faoliyatini muvofiqlashtirish uchun qo‗shma organlar tuzadi.
Mazkur organlar qat‘iy belgilangan sohalarda faoliyat ko‗rsatadi
va qat‘iy belgilangan (iqtisodiy, siyosiy, harbiy va b.)
maqsadlarni ko‗zlaydi. Konfederatsiyaga ba‘zan davlatlarning
federatsiyaga birlashish sari tutgan yo‗lidagi oraliq bo‗g‗in, deb
ham qaraladi.
Konfederatsiya alomatlari Mustaqil Davlatlar Hamdo‗stligi
(MDH)da ham mavjud.
Dostları ilə paylaş: