70
3-BOB. BYUDJET TUZILISHI VA BYUDJET TIZIMI
3.1. Davlat tuzilishi shakllari va ularning mamlakatdagi
byudjet tuzilishiga ta‟siri. Byudjet tuzilishi modellari
Byudjet tuzilishining qanday bo‗lishi mamlakatning
ma‘muriy-hududiy tuzilishiga va markaziy hukumat va
mahalliy hokimiyat organlari o‗rtasida vakolatlar taqsimotiga
bog‗liq. Markaziy hukumat bilan mamlakatning ma‘muriy-
hududiy
tuzilmalari
(xorijiy
mamlakatlardagi
shtatlar,
provinsiyalar, oblastlar, o‗lkalar, yerlar kabi) o‗rtasida
hokimiyat vakolatlarining taqsimlanishiga ko‗ra barcha
davlatlar
unitar va federativ
(federativ davlatlarda davlat
tuzilishining ikki shakli – federativ va konfederativ davlat
tuzilishi mavjud) davlatlarga bo‗linadi. Unitar va federativ
davlat tuzilishining o‗ziga xos xususiyatlari quyidagi chizmada
aks ettirilgan (3.1-rasm).
Unitar (yagona) davlat
– bu tarkibidagi ma‘muriy-hududiy
birliklar (tuzilmalar) o‗z davlatchiligiga yoki muxtoriyatiga
(avtonomiyaga)
ega
bo‗lmaydigan
davlat
tuzilishidir.
Mamlakatda yagona konstitutsiya, hamma uchun umumiy
bo‗lgan huquq tizimi va yagona hokimiyat organlari, iqtisodiy,
ijtimoiy
va
siyosiy
jarayonlarning
markazlashtirilgan
boshqarish tizimi amal qiladi.
Unitar davlatlarga Angliya, Fransiya, Italiya, Vengriya,
Qozog‗iston, Yaponiya, Shvetsiya, Polsha, O‗zbekiston kabi
davlatlar kiradi.
48
Federatsiya
davlat tuzilishining ancha murakkab shakli
hisoblanadi. Federativ davlat bir qancha boshqa davlatlardan
yoki
federatsiya
a‘zosi
(subyektlari)
bo‗lgan
davlat
48
Konstitutsiyaviy huquq. Ensiklopedik lug‗at. Mas‘ul muharrir va mualliflar
jamoasining rahbari B. Mustafoyev – T.: ―O‗zbekiston‖ nashriyoti, 2006-yil. - 584-bet.
Manba: http://www.lex.uz/dictionary