3-bob. Byudjet tuzilishi va byudjet tizimi


 Byudjet tizimi byudjetlari o„rtasidagi o„zaro



Yüklə 235,44 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/14
tarix07.01.2024
ölçüsü235,44 Kb.
#204184
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   14
3-BOB. BYUDJET TUZILISHI VA BYUDJET TIZIMI

3.3. Byudjet tizimi byudjetlari o„rtasidagi o„zaro 
munosabatlar shakllari
Mamlakatda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlar 
pirovardida iqtisodiyotni modernizatsiyalash va yangilash, 
barqaror o‗sish sur‘atlarini ta‘minlash va fuqarolik jamiyatini 
rivojlantirishga qaratilgan bo‗lib, bu o‗z navbatida mamlakat 
hududlarining ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotiga bevosita bog‗liq-
dir. Dunyoning rivojlangan davlatlarida hududlar taraqqiyoti 
orqali yuqori ko‗rsatkichlarga erishilganligini xorijiy tajribalarni 
o‗rganish jarayonida ko‗rishimiz mumkin.
Ma‘lumki, mahalliy byudjetlarning daromadlari va 
xarajatlari 
hajmi, 
mahalliy 
byudjetlarning 
barqarorlik 
ko‗rsatkichlari ko‗p jihatdan shu hududning ijtimoiy-iqtisodiy 
rivojlanganlik darajasiga bevosita bog‗liq bo‗ladi. Barcha 
darajadagi byudjetlarning mustaqilligi byudjet tizimining 
asosiy tamoyili sifatida belgilangan bo‗lib, ushbu tamoyil turli 
darajadagi vakolatli hokimiyat organlarining o‗z vakolatlari 
doirasida byudjet jarayonini mustaqil ravishda amalga oshirish 
huquqlarini 
anglatadi. 
Har 
bir 
darajadagi 
byudjet 


81
daromadlarining o‗z manbalari, shuningdek, hududlardagi 
vakolatli 
hokimiyat 
organlarining 
soliq 
qonunchiligida 
belgilangan mahalliy soliqlar va yig‗imlar stavkalarini 
o‗zgartirish huquqi qonun asosida mustahkamlab qo‗yilgan. 
Daromadlar manbalarining belgilanishi va ular qonun asosida 
mahalliy byudjetlarga biriktirib qo‗yilishi mahalliy hokimiyat 
organlarining 
mustaqilligi 
va 
byudjetlarning 
daromad 
manbalarini mustahkamlashdan manfaatdorligini oshiradi. 
Bunda mahalliy byudjetlarga kelib tushadigan mablag‗larning 
tartibga soluvchi manbalari belgilangan bo‗lib, ularning 
jumlasiga 
belgilangan 
me‘yorlar 
bo‗yicha 
umumdavlat 
soliqlaridan 
ajratiladigan 
mablag‗lar 
kiradi. 
Barcha 
darajalardagi byudjetlar xarajatlarining yo‗nalishlari aniq 
belgilab qo‗yilganligi, shuningdek qo‗shimcha daromadlarni 
taqsimlashda mustaqillikka ega ekanliklari mahalliy hokimiyat 
organlarining byudjet mablag‗larini mintaqaviy rivojlanish 
dasturlariga muvofiq samarali sarflab borish imkoniyatini 
beradi. 
O‗zbekiston Respublikasi Byudjet Kodeksiga muvofiq 
mahalliy byudjetlar daromadlari quyidagilar hisobidan 
shakllantiriladi: 

belgilangan normativlarga muvofiq umumdavlat soliqlari-
dan ajratmalar; 

mahalliy soliqlar va boshqa majburiy to‗lovlar; 

yuridik va jismoniy shaxslardan, shuningdek, chet 
davlatlardan tushgan qaytarilmaydigan pul tushumlari;

bozorlardan tushadigan daromadlar;

boshqa daromadlar. 
Xorijiy mamlakatlar byudjet amaliyoti tajribalaridan 
ma‘lumki, mamlakatlarda ularning geografik joylashuvi, 
iqtisodiyot tarmoqlari rivojlanish darajadasining turlicha 
ekanligi va boshqa omillar sababli mintaqalar ishlab chiqarish, 
daromad va ijtimoiy salohiyatining boshlang‗ich imkoniyatlari 
bir xilda emas. Biroq davlatning eng muhim vazifalaridan biri 
o‗z fuqarolari farovonligining barqaror o‗sishini ta‘minlash va 


82
barcha mintaqalarning rivojlanishi uchun bir xil sharoitlar 
yaratishdan 
iborat. 
Bunga 
esa 
davlatning 
moliyaviy 
resurslarini 
byudjetlararo 
munosabatlar 
orqali 
qayta 
taqsimlash bilan erishiladi. 
O‗zbekiston 
Respublikasi 
Byudjet 
kodeksining 
―Byudjetlararo munosabatlar‖ deb nomlangan alohida bobida 
byudjetlararo munosabatlarning huquqiy asoslari o‗z aksini 
topgan.
Davlat byudjetining mablag‗lari turli darajadagi byudjetlar 
o‗rtasida 
byudjet transfertlari shakllari
asosida qayta 
taqsimlanadi. Byudjet transfertlarining Byudjet Kodeksi bilan 
belgilab berilgan quyidagi shakllari amalda qo‗llaniladi: 
subvensiyalar - 
muayyan maqsadlarga sarflash sharti 
bilan yuqori turuvchi byudjetdan quyi turuvchi byudjetga 
qaytarmaslik sharti bilan ajratiladigan pul mablag‗lari; 
o‗tkazib beriladigan daromadlar –
tegishli ma‘muriy-
hududiy birlikda (masalan, biror tuman, shahar yoki viloyat 
hududida) shakllanadigan va yuqori turuvchi byudjetga 
o‗tkaziladigan, keyinchalik ular qayerda shakllangan bo‗lsa, 
o‗sha ma‘muriy-hududiy birlik byudjetiga o‗tkazib beriladigan 
daromadlar; 
dotatsiyalar – 
byudjet tizimi byudjetlariga ularning o‗z 
daromadlari yetishmagan taqdirda daromadlar bilan xarajatlar 
o‗rtasidagi farqni qoplash uchun qaytarmaslik sharti bilan 
ajratiladigan pul mablag‗lari; 
byudjet ssudalari – 
qaytarish sharti bilan yuqori turuvchi 
byudjetdan quyi turuvchi byudjetga, shuningdek, davlat 

Yüklə 235,44 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin