3-bob. Byudjet tuzilishi va byudjet tizimi


Byudjetlararo munosabatlar



Yüklə 235,44 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/14
tarix07.01.2024
ölçüsü235,44 Kb.
#204184
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   14
3-BOB. BYUDJET TUZILISHI VA BYUDJET TIZIMI

Byudjetlararo munosabatlar
 turli darajadagi byudjetlar (masalan, 
respublika byudjeti bilan viloyat byudjeti) o’rtasidagi, shuningdek, 
davlat byudjeti bilan davlat maqsadli jamg’armalari byudjetlari 
o’rtasidagi tegishli byudjetlarni moliyaviy resurslar bilan ta’minlashga 
doir munosabatlardir. 


83
maqsadli jamg‗armalari byudjetlariga ajratiladigan pul 
mablag‗lari; 
o‗zaro hisob-kitoblar bo‗yicha mablag‗lar –
moliya yili 
mobaynida byudjetlar parametrlari o‗zgarganda yuqori va quyi 
turuvchi byudjetlar o‗rtasida yuzaga keladigan o‗zaro pul 
munosabatlari; 
maqsadli ijtimoiy transfertlar
– yuqori turuvchi byudjetdan 
quyi turuvchi byudjetga ta‘lim va tibbiyot muassasalarining ish 
haqi va yagona ijtimoiy to‗lovlar bo‗yicha xarajatlarini qoplash 
uchun ajratiladigan pul mablag‗lari. 
Respublika byudjetidan mahalliy byudjetlarga ajratiladi-
gan byudjet subvensiyalari va dotatsiyalari Byudjet Kodeksida 
belgilangan tartibda amalga oshiriladi. Bunday ajratmalarning 
miqdori quyidagilarga bog‗liq: 

hududlarning moliyaviy holatiga, jumladan, ularning o‗z 
daromad bazalarining mustahkamligiga; 

hududda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy, ekolo-
gik, demografik va boshqa umumdavlat vazifalari va dasturlari 
ko‗lamiga; 

hududlar bo‗yicha tovar(ish, xizmat)lar qiymatidagi 
farqlarga; 

hududlardagi aholi soniga; 

ushbu hududda joylashgan va tegishli byudjetdan mablag‗ 
oluvchi 
tashkilotlarning 
byudjet 
ajratmalariga 
bo‗lgan 
ehtiyojiga; 

hududlar o‗rtasidagi moliyaviy nomutanosiblikni bartaraf 
etish uchun hisobga olinadigan boshqa omillarga. 
Byudjetlararo munosabatlarni tashkil etish va boshqarish 
tizimida mahalliy byudjetlar rioya qilishi lozim bo‗lgan 
cheklanishlar muhim ahamiyatga ega. Xususan, mahalliy 
byudjetlar byudjet qonunchiligiga ko‗ra balanslashgan 
daromadlar va xarajatlar tizimiga ega bo‗lishlari zarur. Mahalliy 
byudjetlarning haqiqatdagi taqchilligiga yo‗l qo‗yilmasligi lozim. 
Bundan tashqari Byudjet Kodeksi bilan mahalliy 
byudjetlar uchun quyidagi cheklovlar o‗rnatilgan, ya‘ni 


84
Qoraqalpog‗iston Respublikasi byudjeti, viloyatlar va Toshkent 
shahar mahalliy byudjetlarini qabul qilish va ijro etishda 
quyidagilarga yo‗l qo‗yilmaydi: 

mablag‗lar jalb qilishni amalga oshirish (yuqori turuvchi 
byudjetlardan byudjet ssudalari olish bundan mustasno); 

tasdiqlangan byudjetdan ajratilgan mablag‗lardan ortiq 
xarajatlarni amalga oshirish; 

tegishli byudjetlar mablag‗lari hisobidan boshqa yuridik va 
jismoniy shaxslar foydasiga moliyaviy kafolatlar va kafilliklar 
berish; 

yuridik va jismoniy shaxslarga byudjet ssudalari berish va 
kredit liniyalari taqdim etish. 
Shunday qilib, ―Byudjetlararo munosabatlar – byudjet 
mexanizmining muhim ajralmas elementi bo‗lib, mamlakatning 
ma‘muriy-hududiy tuzilmalari subyektlari o‗rtasida markaziy 
boshqaruv tomonidan barcha moliyaviy oqimlarni taqsimlash 
jarayonini oqilona tartibga solishni ta‘minlaydi va bundan 
tashqari, markaziy hukumatning aniq funksiyalarini davlat 
boshqaruvining turli darajalarida huquq va majburiyatlarni 
o‗zaro taqsimlab olish orqali bajarish uchun davlat byudjetida 
jamlangan pul mablag‗larining bir qismini ushbu subyektlar 
o‗rtasida 
qayta 
taqsimlanishini 
o‗z 
ichiga 
oluvchi 
munosabatlarni anglatadi‖
54


Yüklə 235,44 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin