89
Byudjet nazariyasi va amaliyoti bir joyda qotib turmaydi,
jamiyatda amalga
oshirilayotgan islohotlar, har bir davrning
rivojlanish ustuvorliklari, ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotning
oldidagi vazifalardan kelib chiqqan holda o‗zgarib turadi,
takomillashib boradi. Xususan, ―iqtisodiyotning
real sektori
tarmoqlarini hamda ijtimoiy sohani barqaror, mutanosib va
jadal rivojlantirish‖
58
maqsadida O‗zbekiston Respublikasi
Prezidentining 2017-yil 18-martdagi ―Moliya
organlari faoliya-
tini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‗g‗risida‖gi PQ-
2847-sonli qarori bilan byudjetdan tashqari Umumta‘lim
maktablari, kasb-hunar kollejlari, akademik litseylar va
tibbiyot muassasalarini rekonstruksiya qilish,
mukammal
ta‘mirlash va jihozlash jamg‗armasi hamda Oliy ta‘lim
muassasalarining
moddiy-texnika
bazasini
rivojlantirish
jamg‗armasi negizida byudjetdan tashqari Ta‘lim va tibbiyot
muassasalarining
moddiy-texnika
bazasini
rivojlantirish
jamg‗armasi tashkil qilindi. Bugungi kunda ushbu qayta
tashkil etilgan jamg‗armaning mablag‗lari 2017-2021-yillarda
O‗zbekiston
Respublikasini
yanada
rivojlantirishning
Harakatlar strategiyasida nazarda tutilgan fan va ta‘lim
sohasini rivojlantirish borasidagi keng ko‗lamli tadbirlar va
dasturlarni moliyalashtirishga safarbar etilmoqda.
Dostları ilə paylaş: