90
Bu davlatlarda byudjet tizimining tarkibiy tuzilishi, eng
avvalo, davlat tuzilishiga bog‗liq. Unitar davlatlarda byudjet
tizimi quyidagi ikki bo‗g‗indan iborat:
–
davlat byudjeti;
–
ko‗p sonli mahalliy byudjetlar (shaharlar,
okruglar,
qishloq okruglari byudjetlari).
Unitar
davlatlarda
mahalliy
byudjetlar
o‗zlarining
daromadlari va xarajatlari bilan yagona davlat byudjetining
tarkibiga kirmaydi.
Federativ davlatlarda byudjet tizimi uch bo‗g‗indan tarkib
topgan:
–
davlat byudjeti (yoki federal byudjet,
markaziy hukumat
byudjeti);
–
federatsiya a‘zolari byudjetlari (AQSHda – shtatlar
byudjetlari, Kanadada – provinsiyalar byudjetlari, GFRda –
yerlar byudjetlari, Shveytsariyada –
kantonlar byudjetlari va
h.k.);
–
mahalliy byudjetlar.
Mahalliy byudjetlar o‗zlarining daromadlari va xarajatlari
bilan federatsiya a‘zolarining byudjetlariga va ular ham o‗z
navbatida, davlat federal byudjetining tarkibiga kirmaydi.
Rivojlangan xorijiy mamlakatlar moliya tizimining yetakchi
bo‗g‗inlaridan biri davlat byudjetidir. U davlat va o‗z-o‗zini
boshqarish hududiy organlarining funksiyalari va vazifalarini
moliyaviy ta‘minlashga mo‗ljallangan markazlashtirilgan pul
mablag‗lari fondini shakllantirish
va undan foydalanish
shaklidir.
Davlat byudjeti mamlakatning joriy yildagi asosiy
moliyaviy rejasi hisoblanib, qonun kuchiga ega. U har yili
mamlakatning qonunchilik hokimiyat organi –
parlament
tomonidan tasdiqlanadi. Favqulodda vaziyatlarda (urushlar,
iqtisodiy tanazzullar va h.k.) hukumat davlat byudjetining
mablag‗lariga tayanadi va ular yordamida o‗sib boruvchi davlat
xarajatlarini qoplaydi.
91
Xorijiy mamlakatlarning davlat byudjeti milliy daromadni
qayta taqsimlashning asosiy vositasi hisoblanadi. Moliya
tizimining bu bo‗g‗ini orqali mamlakat milliy daromadining 40
foizgacha bo‗lgan qismi qayta taqsimlanadi.
Davlat byudjetining asosiy daromadlari
soliqlardan iborat
bo‗lib, ular yordamida byudjet daromadlarining 70 foizidan 90
foizigacha, ayrim davrlarda undan ham ko‗proq qismi
shakllantiriladi.
Bozor
iqtisodiyoti
rivojlangan
xorijiy
mamlakatlarda
asosiy
soliqlar
hisoblangan
jismoniy
shaxslardan olinadigan daromad solig‗i, korporatsiyalarning
foydasidan olinadigan soliq, aksizlar, qo‗shilgan qiymat solig‗i
va bojxona bojlari davlat byudjetiga biriktirilgan.
Davlat byudjetidan harbiy maqsadlarga mo‗ljallangan
xarajatlar, iqtisodiyotga aralashuv
xarajatlari, davlat apparatini
saqlash xarajatlari, ijtimoiy xarajatlar, subsidiyalar amalga
oshiriladi, rivojlanayotgan mamlakatlarga kreditlar beriladi. Bir
vaqtning o‗zida davlat byudjeti mahalliy hokimiyat organlariga,
hukumat maxsus fondlariga va davlat korxonalariga
subsidiyalar va kreditlar berish
orqali mamlakat moliya
tizimining barcha bo‗g‗inlariga o‗z ta‘sirini ko‗rsatadi.
Yetakchi xorijiy mamlakatlar aksariyatida davlat byudjeti
uchun doimiy ravishdagi byudjet defitsiti xos bo‗lib, u davlat
zayomlari
hisobidan
qoplanadi.
Davlat
zayomlarining
muomalaga chiqarilishi davlat qarzining o‗sishiga olib keladi.
Davlat qarzi oldin chiqarilgan va hozirgi paytga qadar
qaytarilmagan (uzilmagan) barcha davlat zayomlarining foizlari
bilan qo‗shib hisoblagandagi umumiy summasidan iborat.
Dostları ilə paylaş: