3.1-jadval
Konsolidatsiyalashgan byudjet daromadlarining asosiy
parametrlari
56
foizda
№
Ko„rsatkichlar
2014-yil 2015-yil 2016-yil 2017-yil 2018-yil
1 Davlat byudjeti
daromadlari
60,9
60,5
60,5
61,0
62,8
2 Davlat maqsadli
jamg‗armalari
daromadlari
33,7
35,7
35,1
35,2
31,7
3 O‗zbekiston
Respublikasi
Tiklanish va
taraqqiyot
jamg‗armasi
daromadlari
4,7
3,8
4,4
3,8
5,5
Konsolidatsiyalashga
n byudjetning jami
daromadlari
100,0
100,0
100,0
100,0
100,0
Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy
islohotlarda byudjetdan tashqari maqsadli jamg‗armalarning
ham ahamiyati yuqori bo‗lmoqda. Bu hol ular daromadlarining
shakllanish ko‗lamlarida yaqqol namoyon bo‗ladi. Xususan,
maqsadli jamg‗armalar daromadlari Konsolidatsiyalashgan
byudjet daromadlarining o‗rtacha 31-32 foizini tashkil qilgan.
56
Ma‘lumotlar O‗zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-2099-sonli (25.12.2013),
PQ-2270-sonli (04.12.2014), PQ-2455-sonli (22.12.2015), PQ-2699-sonli (27.12.2016),
PQ-3454-sonli (29.12.2017) qarorlari asosida umumlashtirilgan.
87
Dastlab ayrim ijtimoiy-iqtisodiy vazifalarni aniq manbalar
bilan ta‘minlash maqsadida davlat byudjeti tarkibidan ma‘lum
maqsadlarga mo‗ljallangan byudjetdan tashqari maqsadli
fondlar shakllangan. Masalan, davlat byudjeti tarkibiga
kiruvchi Ijtimoiy sug‗urta fondi negizida byudjetdan tashqari
Pensiya jamg‗armasi tuzilgan. Bu va shu kabi boshqa fondlar
davlat byudjetidan ajralib chiqqani bois adabiyotlarda
―nobyudjet fondlar‖ yoki ―byudjetdan tashqari fondlar‖ deb
yuritilgan. Shuningdek, Byudjet Kodeksining qabul qilinishi va
amalga kiritilishigacha bo‗lgan oxirgi o‗n yilliklar davomida
O‗zbekiston Respublikasining ―Byudjet tizimi to‗g‗risida‖gi
qonunining 20-moddasi bilan bir qator jamg‗armalarning
davlat byudjetida konsolidatsiyalanishi (jamlanishi) belgilab
berildi va ular byudjet nazariyasi va amaliyotida ―davlat
maqsadli jamg‗armalari‖, degan umumiy nom oldi. Lekin
jamlanma byudjet tarkibiga kirmagan, shakllanish manbalari
va ishlatish yo‗nalishlari hukumatning tegishli qarorlari bilan
belgilab qo‗yilgan, vazirliklar va boshqa davlat idoralari
tasarrufidagi fondlar ham bugungi kunda davlatning ayrim
ijtimoiy-iqtisodiy vazifalarini qo‗shimcha mablag‗ bilan
ta‘minlash uchun xizmat qilib kelmoqda va ularga nisbatan
adabiyotlarda ―maqsadli fondlar‖ iborasi qo‗llanilmoqda.
Bugungi kunda Konsolidatsiyalashgan byudjet tarkibidagi
davlat maqsadli jamg‗armalari qatoriga Byudjet Kodeksining
36-moddasida nazarda tutilgan quyidagi jamg‗armalar kiradi:
O‗zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi
byudjetdan tashqari Pensiya jamg‗armasi;
O‗zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi
Respublika yo‗l jamg‗armasi;
O‗zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxona-
larga ko‗maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‗mitasi
huzuridagi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‗maklashish
jamg‗armasi;
O‗zbekiston Respublikasining Bandlikka ko‗maklashish
davlat jamg‗armasi;
88
3.4-rasm.
Dostları ilə paylaş: |