3-bob. Tuman (shahar) maktabgacha ta’lim bo’limi xodimlarining malaka tavsiflari 23-§. Tuman (shahar ) maktabgacha ta’lim bo’limi mudiri lavozimning malaka tavsiflari


-§. Tuman (shahar) maktabgacha ta’lim bo’limi Markazlashgan moliya- buxgalteriya xizmati bosh hisobchisi o’rinbosari lavozimining malaka tavsiflari



Yüklə 255,81 Kb.
səhifə12/14
tarix02.06.2023
ölçüsü255,81 Kb.
#122514
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
MTB lavozim yo\'riqnoma lotin

40-§. Tuman (shahar) maktabgacha ta’lim bo’limi Markazlashgan moliya- buxgalteriya xizmati bosh hisobchisi o’rinbosari lavozimining malaka tavsiflari

Tartib raqami

903

Mashg’ulotlarning milliy standart klassifikatori bo’yicha kodi

1231

Xodimlar toifasi

Boshqaruv

1. Lavozim vazifalari:
Markazlashtirilgan moliya-buxgalteriya xizmatlarining markazlashtirilgan tartibda quyi tashkilotlarning harajatlar smetasi tuzilishi va ijro etilishini, ish haqining hisoblanishi va to’lanishini, tovar, ish va xizmatlarning har id qilinishini, byudjet va byudjetdan tashqari mablag’lar hisobining yuritilishini ta’minlash, shuningdek, ularning faoliyati profili bo’yicha tovarlar (ishlar, xizmatlar) realizatsiyasidan tushadigan daromadlar monitoringini yuritish;
tuman (shahar) maktabgacha ta’lim bo’limi va markazlashtirilgan buxgalteriya tomonidan xizmat ko’rsatiladigan tashkilotlar shtat jadvallarini va harajatlar smetalarini byudjetdan ajratiladigan mablag’lar doirasida va qonun hujjatlariga muvofiq shakllantirish va tasdiqlash uchun maktabgacha ta’lim bo’limi mudiriga kiritish hamda ro’yxatdan o’tkazish uchun xududiy moliya organiga taqdim qilish;
byudjetdan tashqari mablag’lar bo’yicha daromadlar va harajatlar smetasini shakllantirish va tasdiqlash;
shtat jadvallari va harajatlar smetalarini, shuningdek, daromadlar va harajatlar smetalarini avtomatlashtirilgan “UzASBO” dasturiy majmuasiga har bir tashkilot kesimida kiritish, elektron jamlash;
harajatlar smetalarida nazarda tutilgan byudjetdan ajratiladigan mablag’larni, shuningdek, byudjetdan tashqari mablag’larni muljallangan maqsadga muvofiq; tasarruf etish;
byudjetdan ajratiladigan mablag’lar doirasida tovarlar (ishlar, xizmatlar) etkazib beruvchilar bilan shartnomalar tuzish, har bir tashkilotning ehtiyoji (talabi)dan kelib chiqib, harajatlar smetasida ko’zda tutilgan mablag’lar doirasida tovar (ish, xizmat)lar haridini amalga oshirish;
byudjetdan ajratiladigan va byudjetdan tashqari mablag’lar doirasida qabul qilingan yuridik va moliyaviy majburiyatlar ijrosini ta’minlash maqsadida g’aznachilik bo’linmalariga ro’yxatdan o’tkazish uchun kiritish;
tasdiqlangan harajatlar smetalariga byudjet to’g’risidagi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda o’zgartirishlar kiritish. Bunda, kiritilayotgan o’zgartirishlarning asoslari (bir tashkilotdan boshqa tashkilotga yoki bir harajat turidan boshqa harajat turiga utkazilayotgan mablag’lar uchun hisob-kitoblar) ilova qilingan holda moliya organlariga takdimnoma kiritilishi talab qilinadi;
belgilangan tartibda shtat jadvallariga o’zgartirishlar kiritish; byudjetdan ajratiladigan mablag’lar, byudjetdan tashqari mablag’lar, shu jumladan, ularning faoliyat yo’nalishi bo’yicha tovarlar (ishlar, xizmatlar) sotishdan tushadigan daromadlar tushumi va ularning sarflanishi bo’yicha byudjet hisobi va hisobotini yuritish;
byudjet hisobi “O’zbekistan Respublikasi byudjet hisobi standarta (1-sonli B\S) “Hisob siyosati” (ro’yxat raqami 2853, 2016 yil 27 dekabr) talablari doirasida yuritilishini ta’minlash;
tegishli davr uchun moliyaviy hisobotlarni tuzish, tasdiqlash va moliyaviy hisobotlarni tegishli xududiy moliya organiga taqdim etish;
normativ-huquqiy hujjatlarga amal qilgan holda yuritish, shuningdek, hisob ishlarini zamonaviy texnik vositalar va axborot texnologiyalaridan foydalangan holdahar bir tashkilot kesimida yuritilishini tashkil etish;
buxgalteriya hujjatlari o’z vaqtida va to’gri rasmiylashtirilishini hamda amalga oshirilayotgan operatsiyalarning qonuniyligini nazorat qilish;
har bir tashkilotning pul mablag’lari, hisob-kitob va moddiy qiymatliklar, shuningdek, boshqa aktivlar va majburiyatlar inventarizatsiyasini o’tkazish, inventarizatsiya natijalari to’gri rasmiylashtirilishi hamdaularning buxgalteriya hisobida aks ettirilishini ta’minlash;
pul mablag’lari va moddiy qiymatliklarning saqlanishini nazorat qilish;
har bir tashkilotda mavjud moddiy qiymatliklarning saqlanishi va ishlatilishi bo’yicha mas’ul etib belgilangan shaxslarga, ular javobgarligida bo’lgan inventarlar hisobi hamda saqlanishi yuzasidan zarur ko’rsatmalar berish;
moddiy qiymatliklarni olish uchun berilgan ishonchnomalar hisobini yuritish va ulardan to’gri foydalanilishini nazorat qilish;
buxgalteriya hujjatlari, hisob registrlari, harajatlar smetasi va ularning ilovalari, shuningdek, byudjet tashkilotlari moliyaviy faoliyatiga oid boshqa hujjatlar hisobini har bir davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti kesimida alohida yuritish va saqlanishini ta’minlash;
muddati o’tgan debitorlik va kreditorlik qarzlarga yo’l qo’ymaslik maqsadida tegishli hujjatlarni sudlarga, g’aznachilik bo’linmalariga o’z vaqtida taqdim etish, shuningdek, shartnomaviy majburiyatlarning bajarilishini ta’minlash;
byudjet ijrosi jarayonida bo’shab qolgan byudjet mablag’larini maqbullashtirish bo’yicha maktabgacha ta’lim bo’lim mudiri va Markazlashtirilgan moliya-buxgalteriya xizmati boshlig’iga takliflar kiritish;
qonun hujjatlariga muvifiq byudjet soxasida boshqa vazifa va funksiyalarni ham bajarishi mumkin.
byudjet jarayonini tartibga soluvchi hamda hisob-moliyaviy munosabatlarni vujudga kelishiga olib keluvchi normativ-huquqiy hujjatlarni o’z vaqtida maktabgacha ta’lim, moliya, g’aznachilik va boshqa organlardan olish;
xisob-moliyaviy hujjatlarni shakllantirishga asos bo’luvchi ma’lumotlarni xizmat ko’rsatuvchi byudjet tashkilotlaridan talab qilish, mazkur hujjatlar muddatida taqdim etilmasa, tegishli byudjet tashkilotini bu haqida ogohlantirgan holda ularga nisbatan vakolati doirasida qonun hujjatlarida belgilangan choralarni qo’llash bo’yicha taklif kiritish;
xududiy davlat va xo’jalik boshqaruv organlari hamda tashkilotlardan byudjet so’rovini shakllantirish uchun zarur buladigan ma’lumotlarni va materiallarni olish;
byudjet to’g’risidagi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda maktabgacha ta’lim tashkilotining byudjetdan tashqari rivojlantirish jamg’armasini shakllantirish;
davlat haridlarini amalga oshirish jarayonida mavjud bozor infratuzilmasi ob’ektlaridan qonun hujjatlariga muvofiq foydalanish;
byudjet hisobi va xisoboti noto’g’ri yuritilib, natijada tartibsiz holatga kelib qolishi, moliyaviy xisobotlar buzilishini oldini olish (noto’gri tuzilishi);
kasbiy odob-axloq qoidalari, sanitariya-gigiena talablari, mehnatni muxofaza qilish, texnika va yong’in xavfsizligi qoidalari talablariga rioya qilish.
2. Bilishi lozim:
pul mablag’lari, tovar-moddiy va boshqa qiymatliklarni kirim qilish, saqlash va sarflash yuzasidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibga zid operatsiyalar bo’yicha hujjatlar rasmiylashtirilishi va ijroga qabul qilinishini;
g’azna hisob varaqlaridagi pul mablag’lari bo’yicha operatsiyalar bajarilishi uchun asos bo’lib xizmat qiluvchi hujjatlarning kechiktirib taqdim etilishi, shuningdek tovar (ish, xizmat) etkazib beruvchilar bilan xisob-kitoblar kechiqib yoki noto’gri amalga oshirilishi xisobiga muddati o’tgan debitor va kreditor qarzlar yuzaga kelishini;
aniqlangan kamomadlarni, muddati o’tgan debitorlik qarzlarni va boshqa yo’qotishlarni buxgalteriya hisobidan asossiz chiqarilishini;
buxgalteriya hisobini tashkil etishga doyr boshqa normativ-huquqiy hujjatlar talablari buzilishni;
moliya va moliyalashtirishga qaratilgan huquqlarini tartibga soluvchi normativ- huquqiy hujjatlarini;
mutaxassisligi bo’yicha yangiliklarni va uni xayotga tatbiq etish yo’llarini;
moliya yo’nalishi bo’yicha metodik ishlarni tashkil etish va samaradorligini oshirish usullarini;
sanitariya-gigiena talablari, mehnatni muxofaza qilish, texnika va yong’in xavfsizligi qoidalarini.
3. Malaka talablari:
O’z yo’nalishi bo’yicha kamida bakalavr darajasidagi iktisodiy ma’lumot;
xorijiy tillardan birining boshlang’ich bosqichini va axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanishni bilishi;
uch yildan kam bo’lmagan ish staji.

Tanishdim: J.Saidg’aniyev


Maktabgacha ta’lim bo’limining
2020 yil 21 dekabrdagi
86 -son buyrug’iga
Ilova

Yüklə 255,81 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin