3 I bob. O‘quvchilarda ma’naviy tarbiya indikatorlarini shakllantirishning ilmiy pedagogik asoslari


-rasm. O‘quvchilarda ma’naviy-axloqiy kompetensiyalarini rivojlantirish bosqichlari



Yüklə 1,07 Mb.
səhifə29/48
tarix15.04.2023
ölçüsü1,07 Mb.
#98268
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   48
Saidova Parvina

2.2. 1-rasm. O‘quvchilarda ma’naviy-axloqiy kompetensiyalarini rivojlantirish bosqichlari.
O‘quvchilarda ma’naviy-axloqiy kompetensiyalarini rivojlantirish o‘ziga xos bosqichlarda amalga oshirilishi maqsadga muvofiq. Bunda, avvalo, ma’naviy- tarbiyaning maqsad hamda vazifalarini to‘g‘ri yo‘lga qo‘ya bilish, ish mazmunini aniqlash, maqsadga erishish uchun tizimli yondashuvni tashkil etish zarur. Ma’naviy tarbiyaning maqsadi quyidagicha belgilandi: ta’lim muassasalarida izchillik asosida olib boriladigan ta’lim-tarbiya natijasida ma’naviy-axloqiy sifatlarga ega bo‘lgan kasbiy kompetentli mutaxassis tayyorlash. O‘quvchilarning ma’naviy-axloqiy kompetentligini rivojlantirishda quyidagi vazifalar nazarda tutiladi:
– uzluksiz ta’lim-tarbiyaning har bir bo‘g‘inida ma’naviy tarbiya maqsadiga erishish yo‘llarini izlab topish;
– ta’lim-tarbiya jarayonida turli ta’sir vositalari orqali o‘quvchilarni ma’naviy-axloqiy tarbiyalash;
– ma’naviy tarbiyada shaxsga yo‘naltirilgan metod va vositalar, zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalanish;
– yoshlarning ma’naviy-axloqiy jihatdan tarbiyalanganlik darajasini aniqlash maqsadida anketa so‘rovlarini o‘tkazib, natijalarini qayd etib borish;
– ma’naviy-axloqiy sifat (kompetensiya)larga ega bo‘lgan, o‘quvchilarni kompetentli ijtimoiy faol mutaxassis sifatida tayyorlashga erishish.
Ta’lim muassasalarida o‘qitiladigan tarbiyaga xos fanlarni o‘qitish jarayonida shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim-tarbiya texnologiyalari hamda hamkorlik ta’limini amalga oshirish muhim sanaladi. Mazkur ta’lim-tarbiya texnologiyalari orqali talaba shaxsini ijtimoiylashtirishga erishish imkoniyati yaratiladi.
Olib borilga tadqiqotimiz davomida tahlillarga tayanib o‘quvchi-yoshlarning ijtimoiy faolligi va tashabbuskorligi asosida ma’naviy tarbiya indikatorlarini shakllantirish va rivojlantirishda ma’naviy-axloqiy bilimlar, ma’naviy-axloqiy qadriyatlar, ma’naviy-axloqiy fazilatlar, ma’naviy faoliyat kabi komponentlarni o‘z ichiga olishi aniqlandi (2-rasm): 2.2. 2-rasm. Ma’naviy tarbiya indikatorlarini shakllantirish komponentlari.
Ma’naviy tarbiyaning tarkibi sifatida ma’naviy-axloqiy bilimlarning shakllanishi natijasida o‘quvchi-yoshlarda baxt, vijdon, burch, adolat, or-nomus, muhabbat, ezgulik, shon-sharaf, e’tiqod, sadoqat kabi bir qancha axloqiy kategoriyalar shakllanadi. Ma’naviy-axloqiy bilimlarni o‘zlashtirgan o‘quvchi-yoshlarda tashabbuskorlik, ijtimoiy faollik, vatanparvarlik, halollik, mehnatsevarlik, kamtarlik, fidoyilik kabi fazilatlar qaror topa boshlaydi. Ushbu fazilatlarga ega yoshlar axloqiy me’yorlar talablarini ongli bajaradi, milliy va umuminsoniy qadriyatlar sanalmish ma’naviy meros, urf-odat va an’analarga nisbatan hurmatda bo‘ladi. Ammo ma’naviy-axloqiy me’yorlar haqida bilimga ega bo‘lish, uni tushunish, ezgu fazilatlarni tarkib toptirish hali yoshlarning ma’naviy-axloqiy jihatdan tarbiyalanganini anglatmaydi. Insoniylik fazilatlari qachonki hayotiy tajribalarda aks etib, shaxsning munosabatlarga kirishish faoliyatida yorqin namoyon bo‘lsa, bu uning tarbiyalanganlik darajasini belgilaydi.
Jamiyat taraqqiyoti uchun, avvalo, ma’naviy-axloqiy kompetentli, ijtimoiy faol shaxsni tarbiyalash, shuningdek, asosiy e’tiborni o‘quvchi-yoshlarning tarbiyalanganlik darajasini oshirish masalasiga qaratish zarur. Negaki ma’naviy-axloqiy jihatdan tarbiyalangan shaxslarsiz jamiyat taraqqiyotini tasavvur etib bo‘lmaydi. Yoshlarni ma’naviy-axloqiy tarbiyalashda, eng avvalo, millatimiz tarixi va ma’naviyati ildizlariga e’tibor qaratish taqozo etiladi. Turonzaminda azal-azaldan inson ma’naviy kamoloti, axloqiy fazilatlar tarbiyasi ajdodlarimiz diqqat markazida bo‘lib kelganini yoshlarning tafakkuriga singdirishga erishish zarur.



Yüklə 1,07 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   48




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin