3 I bob. O‘quvchilarda ma’naviy tarbiya indikatorlarini shakllantirishning ilmiy pedagogik asoslari


-§. 1-4-sinf o‘quvchilarida ma’naviy tarbiya indikatorlarini shakllantirish modeli



Yüklə 1,07 Mb.
səhifə32/48
tarix15.04.2023
ölçüsü1,07 Mb.
#98268
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   48
Saidova Parvina

2.3-§. 1-4-sinf o‘quvchilarida ma’naviy tarbiya indikatorlarini shakllantirish modeli
Bugungi kunga kelib biz ta’lim-tarbiyaga yangicha tizimli yondashuv asosida e’tibor qaratmoqdamiz. Ushbu yondashuv asosida o‘quvchilarda ma’anviy tarbiyani shakllantirish omillarini aniqlash ularni o‘quvchilar ongigia singdirish uchun barcha sa’y-harakatlar amalga oshirilmoqda. Umumta’lim muassasalarida o‘quvchilarda bosqichma-bosqich ma’naviy tarbiya indikatorlari singdirilib borish oldimizda turgan eng katta vazifalarimizdan biri hisoblanadi. Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 28 yanvardagi PF-80-son 2022-2026-yillarga mo‘ljallangan “Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g’risida”48gi Farmoni qabul qilindi. Ushbu Farmon keng jamoatchilik muhokamasi natijasida “Harakatlar strategiyasidan - Taraqqiyot strategiyasi sari” tamoyiliga asosan ishlab chiqilgan yettita ustuvor yo‘nalishning beshinchisi – “Ma’naviy taraqqiyotni ta’minlash va sohani yangi bosqichga olib chiqish” deb nomlangan bo‘lib, bu bo‘g’in tarkibi 71-78-maqsadlarni o‘z ichiga qamrab olgan. Ushbu maqsadlar qatorida jamiyatda sog’lom dunyoqarash va bunyodkorlikni umummilliy harakatga aylantirish sohasida bir necha quyidagi vazifalar ham belgilangan:

  • “Yangi O‘zbekiston – ma’rifatli jamiyat” konsepsiyasini amalga oshirish;

  • Oila, ta’lim tashkilotlari va mahallalarda ma’naviy tarbiyaning uzviyligini ta’minlash;

  • Maktablarni chinakam ma’naviyat va ma’rifat, madaniyat o‘chog’iga aylantirish;

  • Milliy qadriyatlar va ma’naviy merosni asrab-avaylash, keng ommalashtirish;

  • Ma’naviy tarbiyani baholashning ilmiy asosolahangan indikatorlarini sihlab chiqish va h.k.lar.

Belgilangan vazifalar tarkibida ma’naviy tarbiya indikatorlarini ishlab chiqish aynan biz tadqiq qilayotgan mavzu yuzasidan bevosita bog’langan. Ushbu jihatlarni nazarda tutgan holda, biz 1-4-sinf o‘quvchilarida ma’naviy tarbiya indikatorlairni shakllantirish modeli yaratdik.
Ma’naviy tarbiya indikatorlarini shakllantirish modeli maqsadi: ajdodlarning boy ma’naviy merosidan foydalangan holda, 1-4-sinf o‘quvchilarida ma’naviy tarbiya indikatorlarini, ma’naviy-axloqiy fazilat (kompetensiya)larni shakllantirish.
Ma’naviy tarbiya indikatorlarini shakllantirish modeli vazifasi: mutafakkirlar merosining pedagogik ahamiyatini o‘rganish, zamonaviy talablar doirasida ma’naviy tarbiya indikatorlarini aniqlash, o‘quvchilar ongiga ma’naviy tarbiya mezonlarini singdirishda axloqiy kompetensiyalarning o‘rnini aniqlash.
1-4-sinf o‘quvchilarida ma’naviy tarbiya indikatorlarini, ma’naviy-axloqiy kompetensiyalarni shakllantirishni amalga oshirish bo‘yicha olib borilgan tahlillar, bu jarayonning mutlaqo yangi modelini yaratishga asos bo‘ldi. Jamiyatning bir qismi bo‘lgan ta’lim tizimi va jamiyatning a’zosi bo‘lgan shaxslar ta’limning mazmunini anglash, uning mukammalligini va undan qanoatlanishni his etish vositasi ham bo‘lishi kerak.
Modellashtirish, tizimli tahlil va xulosa qilish bilan birga, ilmiy tadqiqotning yetakchi metodlaridan biri hisoblanadi. Faraz qilinayotgan model, modellashtirish vositasiga oid turlardan biri hisoblanadi. Modellashtirish – obyektlarda ijtimoiy reallikning muayyan qismlarini tadqiq etish uslubi hamda predmetlar va hodisalarning real mavjud bo‘lgan hamda quriladigan modellarini o‘rganish va ishlab chiqishdir.
1-4-sinf o‘quvchilarida ma’naviy tarbiya indikatorlarini shakllantirishning modeli umumta’lim muassasalarida boshlang’ich sinf o‘quvchilarning ma’naviy yetuklik qiyofasini namoyon etishga psixologik-pedagogik tayyorligini ta’minlovchi, o‘zaro bog‘liq va o‘zaro aloqaga ega: maqsad va vazifani belgilash, mazmun, texnologik va nazorat-tahlil komponentlardan iborat majmuini tushuniladi.
Maqsad va vazifani belgilash komponenti quyidagi kompleks vazifalarni amalga oshirishni nazarda tutadi, unda o‘quvchilar:

  • ma’naviy tarbiya indikatorlarning o‘ziga xos xususiyatlari haqida tasavvurlarini shakllantirish;

  • 1-4-sinf o‘quvchilarida ma’naviy tarbiya mezonlarini singdirishda axloqiy kompetensiyalarning o‘rnini aniqlash

  • zamonaviy talablar doirasida ma’naviy tarbiya indikatorlarini aniqlash

  • ma’naviy tarbiya indikatorlarini mustaqil egallash ko‘nikmlarini o‘zlashtirishga ko‘maklashish;

Modelning mazmun komponenti zaruriy bilim, ko‘nikma, malaka va ma’naviy-axloqiy kompetensiyalarni o‘z ichiga oladi. Mazmun komponenti o‘z strukturasiga ko‘ra tamoyillar va mazmunlardan iborat. 1-4-sinf o‘quvchilarida ma’naviy tarbiya indikatorlarini shakllantirish, rivojlantirish insonparvarlik, uzviylikka asoslanganlik, tizimlilik, izchillik va faoliyatlilik tamoyillariga tayanadi.
Insonparvarlik tamoyili, ma’naviy tarbiya indikatorlarini shakllantirishga yo‘naltirish o‘quvchilarning hayot faoliyatida muvaffaqiyatli bo‘lishida g‘amxo‘rlik qilish ekanligini nazarda tutadi.
Tizimlilik tamoyili ma’naviy tarbiya indikatorlarini shakllantirishning elementlarning aloqasini, ularning o‘zaro ta’sirlashuvini nazarda tutadi hamda ma’naviy tarbiyaga yo‘naltirish ishlarini ta’lim jarayonining bir qismi sifatida qabul qiladi.
Izchillik tamoyili ma’naviy tarbiya indikatorlarini shakllanatrish jarayonini tavsiflaydi, uning har bir bosqichi yangilikni anglash uchun imkoniyatlar ochib beradi. Ma’naviy tarbiya indikatorlarining shakllanishi onaning homila davridan boshlanib ta’lim tashkilotlarida bosqichma-bosqich bevosita uzluksiz davom etuvchi jarayon hisoblanadi.
Faoliyatlilik tamoyili – ma’naviy tarbiya indikatorlarini shakllantirishga yo‘naltirish jarayoni rivojlantirish xususiyatini nazarda tutadi. Faoliyatdan tashqarida ma’naviy tarbiyaning imkoniyatlari, talablari va mohiyatini to‘liq tushunish, mustaqil loyihalash bilan birga uni amalga oshirish alohida ahamiyatga ega bo‘ladi.
Modelning texnologik komponenti o‘quvchilarni ma’naviy tarbiya indikatorlarini shakllantirishda ularga ta’sir ko‘rsatuvchi shakllar, metodlar, vosita va pedagogik shart-sharoitlarni tanlab olishni, shuningdek ma’naviy-axloqiy kompetensiyalarni shakllantirish shartlarini belgilaydi.
Maqbul tizim sifatida quyidagi metodlar tanlab olindi:

  1. izohli-ko‘rgazmali (ma’ruzalar) – ma’naviy tarbiya haqidagi axborotning asosiy hajmini uzatish uchun;

  2. o‘quvchilarga mustaqil ravishda, lekin o‘qituvchining nazorati ostida o‘zini tashxislash metodikalari hamda ular bilan tanishish uchun birgalikdagi faoliyat (muhokama qilish, bahs-munozarali vaziyatlarga baho berish) metodlari;

  3. ma’naviy tarbiya vazifalarni modellashtiruvchi va faoliyat davomida anglashi zarur bo‘lgan kompetensiyalarning keng ko‘lamini o‘rganishga imkon beruvchi o‘qitish (o‘quv loyihalari, kasbiy o‘yinlar va treninglar) metodlari;

  4. reproduktiv metod (test sinovlari, topshiriqlarni himoya qilish) – axloqiy muhim bilimlarni o‘zlashtirish, ko‘nikmalar va kompetensiyalarni shakllantirish jarayonini nazorat qiladi.

Nazorat-tahlil komponenti ma’naviy tarbiya indikatorlarini 1-4-sinf o‘quvchilarida shakllantirish jarayonining natijasini tavsiflaydi. Ma’naviy tarbiya indikatorlarining shakllanganligi, o‘quvchilarning ma’naviy fazilatlarni egallashga tayyorligida aniqlanadi. Pedagogik tayyorlikning tuzilmasi o‘zida, miqdoriy ifodaga ega ko‘rsatgichlarni, shuningdek o‘quvchilarning ma’naviy fazilatlarni egallashini anglatuvchi kompleks tashxis qo‘yishni nazarda tutuvchi turli xil darajalarni birlashtiradi.
Bilim ko‘rsatgichi ma’naviy tarbiya indikatorlarini o‘quvchilarida shakllantirish uchun zarur bo‘lgan, shaxsiy faoliyatining o‘ziga xos xususiyati haqidagi, faoliyatni muvaffaqiyatli bajarish shaxsiy sifatlari haqidagi, o‘zining bu sifatlarini tashxis qilish imkoniyatlari haqidagi hamda ma’naviy tarbiya indikatorlarini shakllantirish imkoniyatlari haqidagi bilimlar to‘plamlarni ifodalaydi.
Ko‘nikma ko‘rsatgichi o‘quvchilardagi ma’naviy-axloqiy fazilat (kompetensiya)larni tanlab tahlil qilish, o‘zining shaxsiy sifatlariga tashxis qo‘yish va muhim sifatlar bilan o‘zining shaxsiy sifatlarini taqqoslash imkoniyatlarini ifodalaydi.
Malaka ko‘rsatgichi o‘quvchining xohish va imkoniyatlarini jamiyatning ma’naviy tarbiyaga bo‘lgan ehtiyojlari bilan taqqoslab ma’naviy tarbiyani shakllantirish masalasini ijobiy hal qilish o‘quvchining ko‘nikmasini namoyon etadi, ongli, ijtimoiy-foydali tanlovni amalga oshiradi.
Past daraja. Agar o‘quvchilar ma’naviy tarbiya indikatorlari haqida tasavvurga ega bo‘lsa va ma’naviy tarbiyani egallash uchun orzu-havasdek bo‘lib hisoblansa, u holda past darajaga tashxis qo‘yiladi. Ma’naviy tarbiya indikatorlarini shakllantirish past yoki ma’naviy-axloqiy sifatlar yo‘q bo‘lsa, o‘quvchilarda ma’naviy tarbiya indikatorlarini shakllantirish darajasi past deb baholanadi.
O‘rtacha daraja. Agar o‘quvchilar ma’naviy tarbiya indikatorlari haqida tasavvurga ega bo‘lsa, ma’naviy-axloqiy fazilatlarning muhim sifatlari haqida bilsa lekin o‘zining shaxsiy sifatlarini (yoki shaxsiy sifatlarini umumiy ma’noda bilsa, tashxislay olmasa) bilmasa, qiziqishlari barqaror bo‘lmasa, u holda o‘rtacha darajaga tashxis qo‘yiladi. Ma’naviy tarbiya indikatorlarini shakllantirishga qiziqish mavjud bo‘lib, o‘zining shaxsiy sifatlarini axloqiy muhim sifatlar bilan taqqoslay olmasa, o‘quvchilarda ma’naviy tarbiya indikatorlarini shakllantirish darajasi o‘rtacha deb baholanadi.
Yuqori daraja. Agar o‘quvchilar ma’naviy tarbiya indikatorlari haqida tasavvurga ega bo‘lsa, diagnostik metodikalar haqida tushunchalarga ega bo‘lsa, ma’naviy tarbiya indikatorlarining muhim sifatlarini o‘zining shaxsiy sifatlari bilan taqqoslay olsa, shuningdek ma’naviy tarbiya indikatorlarini shakllantirishda o‘zini jamiyatning ma’naviyt yetuk insonlar guruhiga kiritsa u holda yuqori darajaga tashxis qo‘yiladi.




Yüklə 1,07 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   48




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin