3 I bob. O‘quvchilarda ma’naviy tarbiya indikatorlarini shakllantirishning ilmiy pedagogik asoslari



Yüklə 1,07 Mb.
səhifə34/48
tarix15.04.2023
ölçüsü1,07 Mb.
#98268
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   48
Saidova Parvina

II bob yuzasidan xulosalar
O‘quvchilarda aynan ijtimoiy munosabatlarga kirishish uchun lozim bo‘lgan ma’naviy tarbiya indikatorlari ma’naviy tarbiya tizimi haqida bilim hosil qilish hamda ulardan amaliy faoliyatda foydalanish ko‘nikmalari takomillashtirilishi muhim o‘rin tutadi. Bu o‘rinda o‘qitiladigan ma’naviy tarbiyaga oid fanlarda ijtimoiy ongni shakllantirish metodlari (suhbat, bahs-munozara)dan unumli foydalanish maqsadga muvofiq. Ta’lim muassasalari o‘quvchi-yoshlarida ma’naviy tarbiya indikatorlarining shakllanganligini baholash yuqori, o‘rta, quyi mezonlar orqali aniqlab boriladi. Past ko‘rsatkich aniqlansa, korreksiyalash ishlari amalga oshiriladi, buning uchun yoshlar bilan individual-psixologik ishlar olib boriladi hamda natijaga erishish uchun harakat qilinadi. Bu esa, o‘z navbatida, ta’lim muassasalari o‘quvchilarni ma’naviy tarbiya indikatorlarini shakllantirishning mantiqiy-tuzilmaviy modelini yaratishga imkon beradi. Bunday zamonaviy ta’lim modeli o‘quvchilarni kasbiy faoliyatga tayyorlashda ma’naviy-axloqiy kompetensiyaviy yondashuv asosida ta’lim-tarbiya jarayonini amalga oshirish muhim hisoblanadi. Chunki o‘quvchilarda zarur kompetensiyalarni shakllantirish uchun, avvalo, pedagogning o‘zida kompenentlilik rivojlangan bo‘lishi lozim. Tayanch kompetensiyalar – inson kim va qanday kasb egasi bo‘lishidan qat’iy nazar, shaxs hayotida, kasbiy faoliyatida, ijtimoiy munosabatlarda muvaffaqiyatli bo‘lishi uchun egallashi lozim bo‘lgan layoqatlar, qobiliyatlar va hayotiy ko‘nikma va malakalar majmuidan iborat. Bunda har bir shaxs kommunikativ bo‘lishi, axborot bilan ishlay olishi, shaxs sifatida o‘zini rivojlantirishi, ijtimoiy faol fuqaro bo‘lishi, umummadaniy xislatlarga ega va fan-texnika yangiliklaridan xabardor bo‘lishi nazarda tutiladi.

III BOB. MA’NAVIY TARBIYA INDIKATORLARINI SHAKLLANTIRISH OMILLARINI ANIQLASHGA DOIR TAJRIBA-SINOV ISHLARI
3.1-§. Tajriba-sinov ishlari dasturi va mazmuni
Pedagogik hodisalarning murakkab tabiati ilmiy uslublarni belgilab berib, ular yordamida bu hodisalarni tadqiq etish mumkin. “Falsafa lug‘ati”da tajriba (eksperiment) bu biron-bir hodisalarni ularga tadqiqotning maqsadlariga mos bo‘lgan yangi sharoitlarni yaratish yordamida ularga faol ta’sir ko‘rsatish yo‘li bilan tadqiq etish” deb ta’rif berilgan. Tajriba, bir tomondan bilish manbai bo‘lsa, ikkinchi tomondan – gipoteza va nazariyalarninng haqiqiyligini aniqlash mezonidir”49 .
Umuman bir-biriga zid bo‘lmagan bir qator boshqa ta’riflar ham mavjud. Masalan, A.YA.Naynning fikricha, tajriba deb, tadqiqotning mavhumdan aniqqa tomon yo‘lini (gipoteza-dalillar) hisoblash mumkin, bu esa o‘quv-tarbiyaviy jarayonni takomillashtirish uchun hosil bo‘lgan o‘lchanadigan kattaliklar bilan muvoffaqiyatliroq amallar bajarishga imkon beradi50.
M.N.Skatkin, o‘z navbatida, tajribani “obyekt va buyumning faoliyat yuritishi va rivojlanish qonuniyatlari, xossalari, aloqalarini aniqlash uchun maxsus yaratilgan sharoitlarda tadqiq etilayotgan obyekt va buyumni o‘rganish bilan bog‘liq bilimlarga oid amallar tizimi” sifatida ta’riflaydi51.
Shuni ham qo‘shimcha qilish lozimki, “pedagogik eksperiment bitta yoki bir nechta o‘zgaruvchilar bilan rejali manipulyasiya qilish va o‘rganilayotgan obyekt yoki tizimning xulqidagi tegishli o‘zgarishlarni qayd etish hisobiga pedagogik omillar, sharoitlar, jarayonlar o‘rtasidagi sababli-oqibatli munosabatlar to‘g‘risida yangi bilimlar omilga imkon beradi”52
Tajriba-sinov dasturi quyidagi hujjatlar talabi asosida yaratilgan:

  • O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi;

  • O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g’risida”gi qonuni;

  • “Uzluksiz ma’naviy tarbiya” Konsepsiyasi;

Dasturning yangiligi (innovatsiyaligi): ushbu dastur “1-4-sinf o‘quvchilarida ma’naviy tarbiya indikatorlarini shakllantirish omillari”ni pedagogik rivojlantirish ishlarini o‘zida mujassamlashtirilgan bo‘lib, ushbu dastur asosida o‘qituvchi-tarbiyachilar uchun kichik metodik tavsiyalar (qo‘llanma) ishlab chiqishi rejalashtirilgan. Ushbu dasturning to‘laqonli ishtirokchisi sifatida o‘quvchi-yoshlarning sinf rahbarlari, ota-onasi ishtirok etadilar. Kompeksli pedagogik kuzatish doirasida ushbu dastur o‘zaro ishonchga asoslangan guruhiy shaklda va individual ko‘rinishda (pedagogik, o‘quvchilar vaqtini unumli tashkil etishda ota-onalarning ishtirokini aniqlash) olib borilib, bu yerda o‘quvchilaning ma’naviy tarbiya mezonlarini aniqlab borishga yordam beruvchi ijtimoiy malaka, me’yorlar va xulq-atvor qoidalari shakllanadi. Shuningdek, ushbu dastur o‘quvchilarning ma’naviy tarbiya mezonlarini shakllantirishga yordam beradi.
Dasturning maqsadi:

  • O‘quchilarning ma’naviy tarbiya indikatorlarini shakllantirshda ajdodlar ilmiy merosidan foydalanishda zamonaviy yondashuv mazmunini takomillashtiriishning metod va vositalarini ishlab chiqish va uning samaradorligini asoslash.

Dasturning vazifalari:

  • Tadqiqot mavzusiga oid ilmiy-pedagogik, falsafiy, psixologik manbalarni tahlil qilish orqali muammoning dolzarb ahamiyatga ega ekanligini asoslash.

  • Umumta’lim maktab rahbariyatlariga o‘quvchi-yoshlarning ota-onalari bilan ishlash borasidagi faoliyatini amalga oshirish uchun amaliy tavsiyalar ishlab chiqish.

  • Ota-oanlarning farzand tarbiyasi va kamoloti uchun mas’uliyati va javobgarligini osghirishning imkoniyatlarini aniqlash.

  • 1-4-sinf o‘quvchilarining ma’naviy tarbiya indikatorlarini shakllantirish modelini yaratish, mavjud holatning pedagogik nuqtai nazardan o‘rganish, tahlil qilish.

  • O‘quvchilarning ma’naviy tarbiya indikatorlarini shakllantirishning mazmuni, metodlari va vositalarini asoslash.

Dasturning tamoyillari:

  • Gumanizm va optimism – tadqiqotimiz davomida nafaqat o‘quvchilar ma’naviy tarbiya indikatorlarini shakllantirishni o‘rganish va tadqiq qilish, ularni rivojlantirishda zamonaviy tamoyillarga e’tibor qaratish, balki o‘quvchilarning o‘ziga va hayot tarziga ta’sir ko‘rsatishini hisobga olgan holda ma’naviy tarbiya indikatorlarining zaruriylik talablaridan kelib chiqqan holda tadqiqotimizni olib borish.

  • Onglilik va faoliyat birlligi tamoyili – onglilik o‘zuvchilaning ma’naviy salohiyatini rivojlantiradi. Shuning uchun ham tadqiqotimiz davomida o‘quvchilarning faoliyat yo‘nalishini o‘zgartirish orqali uning anglash darajasining yangi bosqichiga ko‘tarilishga erishimiz lozim.

  • Kompleksli yondashuv tamoyili – bir-biri bilan o‘zaro bog’langan va o‘zaro ta’sir doirasi bir-biriga o‘xshash metodlarni tanlab olishga va ushbu metodlarni qo‘llashga asoslanadi. Tanlangan har bir metod o‘quvchining real hayot faoliyatiga to‘g’ri kelishi va maqsadli yo‘nalishga ega bo‘lishi, hamda qayta tajriba o‘tkazganda o‘zining ishonchliligini tasdiqlashi lozim bo‘lgan metodlardir.

Dasturning funksiyalari:

  • Qayta tiklovchi – o‘quvchi-yoshlarda ma’naviy tarbiya indikatorlarini shakllantirishda oila tarbiyasi o‘rnining ijobiy sifatlarini qayta tiklash;

  • Kompensatorlik – o‘quvchi-yoshlarda ma’naviy tarbiya indikatorlarini shakllantirishda ularning xulqidagi nuqsonlarni oila va umumta’lim muassasalaridagi hamkorlik texnologiyasi orqali pedagogik muvaffaqiyatlariga almashtirish;

Dasturdan olinadigan natijalar bashorati: umumta’lim maktab boshlang’ich sinf o‘quvchilarida ma’naviy tarbiya indikatorlarini shakllantirish modelini yaratishda yuksak samaradorlikka erishish;
Pedagogik ko‘rsatkich – 1-4-sinf o‘quvchilarida ma’anviy tarbiya indikatorlarini shakllantirishda ta’lim muassasasi, o‘qituvchi va ota-onalar hamkorligini yanada takomillashtirish, bu orqali ularda o‘zlashtirish darajasini ko‘tarish, ta’lim olganlik, individual rivojlanish darajasini oshirish.
Tajriba sinov ishlarida kimlar ishtirok etdi?

  • o‘qituvchilar;

  • 1-4-sinf o‘quvchilari;

  • ota-onalar;

Tajriba-sinov ishining asosiy metod va vositalari: tadqiqot jarayonida ko‘zlangan maqsadlarga erishish va qo‘yiladigan vazifalar yechimini topish uchun quyidagi tadqiqot uslublari qo‘llaniladi:

  • ilmiy-uslubiy adabiyotlarini o‘rganish va tahlil qilish;

  • ilg’or amaliy tajribani tahlil qilish va umumlashtirish;

  • pedagogik kuzatuvlar;

  • pedagogik testlar;

  • matematik statistika;

  • anketa, savol-javob, suhbat, intervyu.

Tajriba sinov vaqti: tadqiqot ishlari ikki yil davomida 3 bosqichda amalga oshirildi.
Birinchi bosqichda (2020 yil): - mavzuga doir ilmiy-pedagogik, tarixiy, falsafiy, psixologik adabiyotlar, Sharqmutafakkirlarining barkamol shaxs tarbiyasi, ma’naviy tarbiya haqidagi ta’limotlari kreativ yondashuvlar asosida o‘rganildi;

  • 1-4-sinf o‘quvchilarida ma’naviy tarbiya indikatorlarini shakllantirishga oid nazariy qarashlar asoslandi;

  • tajriba maydonlari aniqlandi;

  • sinov ishlariga jalb etiluvchi respondentlar soni belgilandi:

  • ular asosida tajriba sinov va nazorat guruhlari shakllantirildi;

  • tajriba sinov ishlarining dasturi va rejasi ishlab chiqildi.

Ikkinchi bosqichda (2021 yil): - tajriba sinov ishlari amalga oshirildi;

  • ta’lim muassasasi faoliyatini doimiy tahlil qilish, tajriba ishlari respondentlarining faoliyatlarini bevosita va bilvosita kuzatish asosida ularda ma’naviy tarbiya indikatorlarini rivojlanganlik darajasi tahlil etildi;


Yüklə 1,07 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   48




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin