3-ma’ruza minerallarning mo’rtligi, qayishqoqligi, mineral hosil qiluvchi jarayonlar. Reja



Yüklə 47,36 Kb.
səhifə7/9
tarix28.11.2023
ölçüsü47,36 Kb.
#169468
1   2   3   4   5   6   7   8   9
3-ma’ruza minerallarning mo’rtligi, qayishqoqligi, mineral hosil-fayllar.org (1)

Pegmatitlar hosil qiluvchi jarayonlar magmatik massivlarning ustki chekka qismlarida va shu massivlar juda katta chuqurliklarda (yer yuzidan bir necha kilometr pastda) avval kristallangan jinslar bilan reaksiyaga kirisha oladigan engil-uchuvchan komponentlarning magmada erigan holatda saqlanib qolishiga yordam beruvchi tashqi yuqori bosim sharoitlarida sodir bo‘ladi.
Pegmatitlar geologik jiom sifatida juda yirik kristallangen mineral agregatlari bilan xarakterlanadigan tomirlar yoki noto‘g‘ri shaklli uyumlar, ba’zan shtoklar bo‘lib topiladi. Tomirsimon jismlarning qalinligi ko‘piyacha bir necha metrgacha etadi, uzukligi esa o‘nlab, kamroq yuzlab metrgacha kuzatiladi. Qo‘p hollarda pegmatit jismlar ona intruziv jinslarning orasida, ba’zan esa tomirsymon jismlar bo‘lib intruziv massivlari atrofidagi jinslar orasida yotadi.
Pegmatitlar juda xilma-xil tarkibli o‘ta asos jinslardan boshlab, to nordon jinslargacha bo‘lgan intruziv jinslar orasida uchrashini ko‘rsatib o‘tish lozim. Lekin pegmatitlar nordon va ishqor jinslarda ko‘proq tarqalgan bo‘ladi. Asos jins pegmatitlari amaliy ahamiyatga ega emas.

9.1-rasm. Pegmatit tomirning tuzilishi. Murzika A.E. Fersman bo‘yicha: 1 – granit; 2 – aplit zonasi; 3 – yozuvli granit; 4 – dala shpati va kvarsning yirik kristallangan massasi; 5 – “Zonarish” (kristallar druzasi topiladigan bo‘shliq).
Pegmatitlar tarkibiga ko‘ra ona jinslardan uncha ko‘p farq qilmaydi - ularning ko‘pchiligi ham o‘sha jins tashkil etuvchi minerallardan iborat. Faqat ikkinchi darajali (miqdoriga ko‘ra) minerallar; tarkibida qimmatli nodir ximiyaviy elementlari bo‘lganligi uchun tarkibiga ko‘ra muhim farq qiladi; ko‘pincha tarkibida engil-uchuvchan komponentlari bor minerallar bilan bir assotsiatsiyada topiladi. Bu pegmatitlarning hamma tipida emas, albatta. Masalan, granit pegmatitlarda asosiy jins hosil qiluvchi minerallarga (dala shpatlari,kvars, slyudalarga) qo‘shimcha sifatida ftor va bor birikmalarya (topaz, turmalin), beriliy minerallari (berill), litiy minerallari (litiyli slyuda), ba’zan siyrak yer elementlari, niobiy, tantal, qalayi, volfram va boshqa elementlar minerallari shular qatoriga kiradi.
Juda ko‘p pegmatit jismlarda zonal (yo‘l-yo‘l) tuzilish bilan birga undagi minerallarning birmuncha qonuniy ravishda uchrashi kuzatiladi. Masalan, Uraldagi Murzinka rayoni peshatitlarida (9.1-rasm) granitlar bilan kontakti tomonidagi tashhi zona och rayagli mayda donador jinslardan (aplitdan) tashkil topgan. Tomirning markazga yaqin qismida ular «yozuvli granit» (bir-biri bilan donuniy o‘sishgan kvars va dala shpatlari) zonasi bilan almashinadi. Bundan keyin dala shpatlari bilan kvarsning yirik kristallangan massalaridan iborat zona keladi. Pegmatit tomirlarning markaz qismida bo‘shdiqlari («zanorishi» uyalar) bo‘lib, ularning devorlari tog‘ xrustali, topaz va boshqa qimmat baho toshlariing to‘g‘ri tuzilgan yirik kristallari druzalari bilan qoplangan bo‘ladi.
Pegmatitlar intruzivning yon atrofidagi, ayniqsa ishqorlarga (MgO, SaO) boy jinslarga kirib borgan paytlarda, ularning mineral tarkibi ona jinslar ichida yotgan pegmatitlar tarkibidan ancha farq qiladi. Minerallar paragenezisi bunday paytlarda yon jinslar bilan eritmalarning o‘zaro ta’siri natijasida yuz beradigan reaksiyalarning aktiv bo‘lishidan dalolat beradi. Minerallarning shunday assotsiatsiyalari borki, ularning tarkibida faqat magmaga xos elementlargina (Si, A1, ishqor va boshqa elementlar) emas, balki yon jinslar elementlari (MgO va CaO) ham ishtirak etadi. Yon jinslarining o‘zi ham pegmatitlar bilan bo‘lgan kontaktda butunlay o‘zgarib ketadi. Pegmatitlarning bunday turi A. E. Fersman klassifikatsiyasi bo‘yicha «chalkash chiziqli» pegmatitlar qatoriga kiradi va yuqorida ko‘rib o‘tilgan «toza chiziqli pegmatitlardan» farq qiladi.
Pegmatitlarning paydo bo‘lishi masalasini butunlay hal qilingan deb bo‘lmaydi. A. E. Fersman ularni engil-uchuvchan birikmalar bilan boyigan erib turgan qoldiq qotishmaning‘ kristallanish mahsuloti deb qaragan edi. Keyingi vaqtlarda A, N. Zavaritskiy fizik-ximiyaviy mulohazalarga asosan minerallarning yirik kristallari, magmalarning kristallanishi jarayonida hosil bo‘lib, magmatik qoldiqda to‘planayotgan gazlar ta’sirida ona jinslarning qayta kristallanishi yo‘li bilan yuzaga kelishi mumkin ekanligini ko‘rsatadi. Biroq pegmatitlar bunday hollarda haqiqiy magmatik jarayonning oxirlarida hosil bo‘lib, chuqurlik magmatik jinslari bilan gidrotermal ruda konlari orasidagi oraliq o‘rinni egallaydi.
Pnevmatolit — gidrotermal jarayonlar aslini olganda haqiqatan ham so‘nggi magmatik, ya’ni chuqurlik massivida magmaning asosiy kristallanish protsesoi tugaganidan so‘ng sodir bo‘ladigan jarayonlardir.

Yüklə 47,36 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin