3-ma’ruza minerallarning mo’rtligi, qayishqoqligi, mineral hosil-fayllar.org (1)
Mineral hosil qiluvchi endogen jarayonlar. Mineral hosil diluvchi endogen prodesslar haqidagi bilimlarimiz er qobig‘ining ichki qismlarida joylashgan magmatik ochaglar faoliyati haqidagi tushunchalarimizga asoslaiadi. Bunday jarayonlar biz kuzata olmaydigan darajada katta chuqurliklarda sodir bo‘ladi. Bu chuqurlik jarayonlari haqida mulohazalar yuritish uchun imkon beradigan ba’zi bir ma’lumotlarni faqat vulkanlar yer yuziga chiqib turgan rayonlardan olishimiz mumkin. Boshdacha hollarda turli magmatik jinslarning va ular bilan joylanishi bog‘liq bo‘lgan foydali qazilma konlarning o‘zaro munosabatlarini, ularning tarkibi, strukturasini va joylashish sharoitlarini tekshirishdan olingan ma’lumotlar hamda mineral hosil qiluvchi endogen jarayonlarga xos qonuniyatlar haqida (fizik-ximiyaviy qonunlarga muvofiq) ba’zi tushunchalarni olishga imkon beradi.
Bu tushunchalarga muvofiq magmalar, tarkibiga ko‘ra silikatli qaynoq — erib turgan xamirsimon qotishma bo‘lib, ular tarkibida yongil-uchuvchan moddalar ham ixptirok etadi.
Magnit ko‘pchiligi ma’lum vositalar natijasida yer yuziga chiqmasdan, yer qobig‘ining ustki qismlariga ko‘tarilib kelayotgan paytlarda ular katta bosim ostida asta-sekinlik bilan soviydi va differensiyalanish yuz berib, u tarkibiy qismlarga ajraladi magmaning mahsulotlari uning kristallanishi natijasida xilma-xil magmatik silikatli jinslarni hosil qiladi. Shu bilan birga magmaning tarkibida juda oz miqdorda uchraydigan og‘ir metallar (Sn, W, Mo, Au, Ag, Pb, Zn, Cu va h. k.) eigil uchuvchan komponentlar (N2O, S, F, Cl, V va h. k.) bilan engil eruvchan birikmalar hosil qiladi va magma kristallana borgan sari ular magmatik ochaglarning ustki qismlarida to‘plana boradi. Ba’zan ularning yordamida qoldiq silikat eritmalar hosil bo‘lib, ularning kristallanishidan pegmatitlar deb ataluvchi tarkibida F, V, Be, Li, Zr, ba’zan esa minerallarda siyrak er va boshqa elementlar ishtirok etuvchi jinslar yuzaga keladi. Boshqa bir hollarda esa ular gazsimon mahsulotlar shaklida magmatik ochaglardan uzoqlashib, yon atrof jinslar bilan ximiyaviy reaksiyalarga kirishadi va ularga o‘zining kuchli kontakt ta’sirini ko‘rsatadi. Nihoyat suvli eritmalar — gidroterm sifatida darzlar bo‘ylab magmatik massivlarning usti tomoniga ko‘tariladi va ko‘pincha metall foydali qazilmalarga boy bo‘lgan konlarni hosil qiladi.
Ayrim og‘ir metallargina magmada saqlanib qoladi va uning dif- ferendiyalanish jarayonida magmatik massivlarning ichidagi ba’zi tog‘ jinslarda to‘planadi.
Magma yer yuzasiga chiqib lava shaklida qo‘yilgan paytlarda undan .ajralib chiqqan engil-uchuvchan kompog‘yuntlar atmosferaga ko‘tariladi.
Magmatik diklning yuqorida ko‘rsatib o‘tilganidek tartib bilan birin-ketin taraqqiy etishiga qarab mineral hosil qiluvchi endogen jarayonlar quyidagicha etaplarga bo‘linadi: 1) magmatik (tub ma’nosi), 2) pegmatit va 3) pnevmatolit — gidrotermal.
1. Magmatik jarayonlar geologik davrlarning hammasida sodir bo‘lgan va katta-katta magmatik tog‘ jins massalarni hosil bo‘lishga olib kelgan edi.
Bu jinslar hosil bo‘lish sharoitlariga ko‘ra avvalo ikkita asosiy gruppaga bo‘linadi: a) effuziv (ekstruziv), ya’ni lavalar shaklida yer yuziga qo‘yilgan yoki yer yuziga juda yaqin joylarda tashqi bosim past bo‘lgan sharoitlarda tez qotib qolgan jinslar va b) intruziv, juda yuqori bosim ta’siri ostida chuqurliklarda katta-katta qo‘ziqorinsimon, qatlamsimon va noto‘g‘ri massivlar shaklida dotib qolgan jinslardir. Effuziv jinslar tez sovish natijasida to‘liq kristallanib ulgurmaydi va shuning uchun ham ularning ichida ma’lum miqdorda vulkan shishasi va ko‘pincha juda ko‘p dum-dumaloq bo‘shliqlari (ko‘pik lavada) bo‘lib, ular tashqi bosimning keskin kamayib ketganligi natijasida gazsimon mahsulotlar ajralib chiqqanligidan dalolat beradi. Intruziv jinslar, aksincha, to‘liq kristallangan jynslardan iborat bo‘ladi.
Yuqorida ko‘rsatib o‘tilganidek, magmalarning differensiyasi ximiyaviy va mineral tarkibi hamda solishtirma og‘irligiga ko‘ra xilma-xil tog‘ jinslarining hosil bo‘lishiga olib keladi.
Granitlar, shuningdek fonolitlar, leysitofirlar va boshqa effuziv komplekslarga qaraganda A12O3 va ishqorlarga ancha boyroq bo‘lgan kvarsi yo‘q nefelinli sienitlar (SiO2 55% ga yaqin) bulardan boshqacharoq o‘rin tutadi.
Magmaning differensiyalanishi ancha mukammal bo‘lgan bir qator intruziv massivlarda nordon jinslar uning yuqori qismida, solishtirma og‘irligi katta bo‘lgan asos va o‘ta asos jinslar esa quyi qismlarida, ya’ni massivlarning ostki chegarasi yaqinida joylashadilar.
Magmatik yo‘l bilan paydo bo‘lgan ruda konlari faqat ultra asos va asos magmatik intruziv jinslarda topiladi. Bular qatoriga Cr, Pt ,va platina gruppasidagi boshqa metallar, shuningdek Cu, Ni, Co, Fe, Ti va boshqa metall konlari kiradi.
Ishqorlarga boy intruziv jinslarda (nefelinli sienitlarda) siyrak yer zlementlari - niobiy, tantal, titan, sirkonit konlari va metallmas foydali qazilmalar - fosfor (apatit), glinozem xom ashyosi (nefelin) v. k. uchraydi.