3-mavzu: Gimnastika, voleybol va basketbolda tayyorgarlik turlarining o’rni


Egiluvchanlik to’g’risida umumiy tushuncha



Yüklə 0,58 Mb.
səhifə6/16
tarix12.09.2023
ölçüsü0,58 Mb.
#142913
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
3-SEMENAR

Egiluvchanlik to’g’risida umumiy tushuncha
Maxsus adabiyotlarni tahlil qilish egiluvchanlikni rivojlantirish to’g’risida yetarli ma’lumotlar borligi ma’lum bo’ldi.
Egiluvchanlikni ta’riflashda nisbatan har xil yo’nalishlar bo’lsa ham, aksariyat bir xil ma’noda yoritilgan. Masalan, V.M.Zatsiorskiy (1967) quyidagicha ta’riflagan: «Egiluvchanlik deganda, bo’g’inlarning harakatchanligini belgilovchi tayanch-harakat apparatining morfa-funktsional xususiyatini tushunamiz». Egiluvchanlikning o’lchovi bo’lib, harakatlarning maksimal ko’lami xizmat qiladi.
Gimnastika darsligida (1971) egiluvchanli-harakatlarni katta ko’lamda bajarish qobiliyatidir,-deb ta’riflangan. Orlov L.P. «Egiluvchanlik-bu kishining harakatni bajarishda bir necha suyaklarni birlashtiruvchi bo’g’inlarning anatomik harakatchanlik imkonyatidan foydalana olish qobiliyati»,-deb ta’riflaydi.
«Badiiy gimnastika» darsligida «Egiluvchanlik-harakatlarni maksimal anatomik mumkin bo’lgan ko’lamda bajarishni ta’minlovchi harakat fazilatidir», deb ifodalangan.
Egiluvchanlik aktiv (o’z mushaklarining kuchi hisobiga erishiladigan) va passiv (tashqi kuch ta’sirida erishilgan) egiluvchanlikka bo’linadi.
Egiluvchanlik mushaklar va bo’g’in paylarining cho’ziluvchanligiga bog’liq bo’ladi. Mushaklarning cho’ziluvchanliu xususiyatlari markaziy nerv sistemasining ta’sirida o’zgarishi mumkin (masalan, musobaqalarda ko’tarinki xissiyot ta’sirida egiluvchanlik ortadi).
Harakatchanlikning kamayishida cho’ziluvchi mushaklarning qo’zg’aluvchanligi ham muhim ahamiyatga ega, bunga sabab ularning himoyalanish xususiyatidir. Mushaklarni ortiqcha cho’zish natizasida mushaklar ortiqcha qo’zg’aluvchanlik holatiga keladi va natijada ularning faolligi pasayadi, egiluvchanligi kamayadi (E.P.Vasilьev, 1981).
Egiluvchanlik darajasi tashqi harakatga ham bog’liq bo’ladi: harorat ko’tarilganda egiluvchanlik ortadi. Kunning vaqti boshqa sifatlarga nisbatan egiluvchanlikka ko’proq ta’sir qiladi. CHunonchi, ertalabki soatlarida egiluvchanlik ancha kam bo’ladi. Kun davomida uning o’zgarishini mashg’ulotlar o’tganla hisobga olmoh zarur. Egiluvchanlikka salbiy ta’sir qiluvchi omillarning oldini olish uchun badan qizdirish orqali ijobiy holatga erishish mumkin. CHarchash ta’sirida ham egiluvchanlik sezilarli darajada o’zgaradi, bunda aktiv egiluvchanlik sustlashadi, passiv egiluvchanlik esa ortadi. (E.P.Vasilev, 1967)
V.M.Zatsiorskiy egiluvchanlikni rivojlantirishda yoshga nisbati bo’lmog’i lozim. Bo’g’inni o’rab turgan mushaklar yetarli darajada rivojlanmagan bo’lsa, bu bo’g’in ortiqcha harakatchanlikka ega bo’lib, odam tanasining to’g’ri tik turishi, gavda tuzilishiga salbiy ta’sir qilishi mumkin.
Anatomik va amaliy nuqtai nazardan tos-son bo’g’inining katta harakatchanligini talab etiladi.
Gimnastika mashqlarini o’zlashtirishda egiluvchanlikning yetarli emasligi ma’lum bo’ladi. Egiluvchanlikni bolalik va o’smirlik davridan rivojlantirgan ma’qul, chunki katta yoshdagi kishining egiluvchanligini oshirish juda murkkab bo’ladi yoki erishilganda ham ko’p mashq qilish talab etiladi.



Yüklə 0,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin