Kuch yetarli og’irliklar bilan ishlash bo kuni ishlatib va bir muncha og’irroq yuk bilan ishlashdan o’zini fiziologik mexanizmi bilan farqlanadi. CHarchash boshlanishi bilan qaysidir harakat birligining zo’riqishi pastga tushadi. Ko’tarilishlar soni ko’payishi bilan harakat birliklarining ishga kirishish soni ortib boradi, oxirgi ko’paytirishlarda esa ularning soni maksimumga yetadi. Boshida yengil ko’tarilayotgan og’irlik oxirgi ko’paytirishlarga kelib bor kuch bilan yoki bor kuch oldi holatida ishlashni taqozo etadi va o’z navbatida katta kuchni fiziologik qo’zg’atuvchi bo’lib hisoblanadi. Natijada fiziologik ko’rinish bor kuchni sarf qilib ko’tariladigan ko’rinishga o’xshash bo’lib qoladi. Ammo, bu qayta-qayta kuchlanish usulining o’ziga xos salbiy tomonlari ham bor. Masalan, bu usul maksimal kuchlanish usuliga qaraganda ko’p sig’imli ish bajaradi va bunday katta ish sig’imini bajarish hozirgi qiyin mashg’ulotlar bilan shug’ullanish davomida ortiqcha kuch yo’qotish maqsadga muvofiq kelmaydi. Ko’p energiya ketganligi uchun ham bunday katta sig’imli ish samarali hisoblanmaydi. Oxirgi urinishlar juda foydali, lekin ular yuqori qo’zg’alish davomida sodir bo’ladi. U esa markaziy nerv tizimining charchashiga olib keladi. I.P.Pavlovning ta’kidlashicha, shartli reflektor faoliyati markaziy nerv tizimining optimal sharoitida yaxshi kechadi, ammo charchash sharoitida bo’lsa kuchning o’sishi uchun foyda keltiruvchi o’sha nozik shartli reflektor bog’lanishlar bo’lishi qiyinlashadi. Hozirgi davrda sportchilar asosan maksimal usuldan foydalanishmoqda. Qayta kuchlanish usuliniesa samarasizroq deb hisoblamoqdalar. Bu usulning o’ziga xos ustunligi ham bor. Masalan, u mushaklarning qotishini kamaytiradi. Bu ham maksimal kuchlanishga uchraydi va salbiy ta’sir qiladi.yana bir ustunliklardan biri boshlang’ich sportchilarda, hattoki yuqori razryadli sportchilarda ham harakat malakasini oshirishda qo’l keladi.