3-mavzu: Gimnastika, voleybol va basketbolda tayyorgarlik turlarining o’rni



Yüklə 0,58 Mb.
səhifə5/16
tarix12.09.2023
ölçüsü0,58 Mb.
#142913
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
3-SEMENAR

Statik zo’r berish usuli


Kuchni rivojlantirish uchun yuqoridagilar bilan yana statik kuch mashqlari ham ishlatiladi. Dinamik kuchlanishdan statik kuchlanishning farqi shundaki, statik kuchlanish ko’p vaqt zo’riqish bilan boradi. Statik mashqlar yordamida hohlagan guruh mushaklariga ta’sir ko’rsatish mumkin, statik mashqlarning qimmatligi shundaki, harakat amplitudasi uchun joy kamligida qulaylik keltiradi. O’tkazilgan tajribalarga asoslanib shunday qarorga kelishgan: statik mashqlar mashg’ulotga unchalik ta’sir ko’rstmaydi, shuning uchun mashg’ulotda dinamik kuchlanish mashqlari o’z o’rnini topgan.
      1. O’yin shaklida kuchni rivojlantirish


L.P.Semenov yosh gimnastlarni tarbiyalashda o’yin shaklidagi kuchni rivojlantirishga katta ahamiyat beradi. Ko’pdan ko’p kuzatishlar natijasi shuni ko’rsatadiki, jismoniy sifatlarni rivojlantirishga yo’naltirilgan mashqlar o’yin holatida va musiqa hamrohligida o’tkazilsa muvaffaqiyatliroq bo’ladi. Masalan, bolalarning arqonga tirmashib chiqish o’yinini estafeta usulida guruhlarga bo’lib o’tkazish mumkin. Bu gimnastlarning kuchini va vaqtini, oldinga qo’yilgan vazifalarni yechishda tejab tergab foydalanishga imkon beradi.
      1. Kuchni rivojlantirish vositalari

  1. To’g’ri taqsimlangan kuch mashqlari kuch rivojlanishining garovi hisoblanadi. Agar markaziy asab tuzilishining qo’zg’aluvchanligi past bo’lganda, ya’ni unga qandaydir ish qo’shilsa, bunda shartli reflektor faoliyati va kuch rivojlanishi susayadi. Hozirgi vaqtda mashg’ulotni ilmiy asoslangan usullari yuqori natijalarga erishishga olib keladi. Shu vazifalarga asoslanib kuch mashqlarini taqsimlash kerak. Agar kuchni rivojlantirish vazifasi qo’yilgan bo’lsa, mashg’ulot boshida kuch mashqlari qo’yilgan bo’ladi. Agar tezkorlikni rivojlantirish vazifasi bo’lsa, unda birinchi galda tezkor bajariladi.


Zamonaviy uslubiyatlar har bir urinishlar orasidagi dam olishlarni vaqti ko’pligi bilan ajralib turadi. Bu ko’p marta urinishni ish qobiliyatini tushirmasdan bajarishni ta’minlaydi. SHu bilan birga markaziy asab faoliyatining qo’zg’aluvi bo’lmaydi.
Gimnastikachilarning mashg’ulotining bir yillik bo’limida kuchni rivojlantirish o’zining alohida xususiyatiga ega. tayyorgarlik davrida qayta kuchlanish usuli maqsadga muvofiq. Musobaqalar yaqinlashgan sari mushak kuchlanishining maksimal usulidan foydalanish foydaliroq bo’ladi va nihoyat mushak kuchlanishining statik usuli kuchni ushlab turish mashqlarida qo’l keladi.
Kuchni rivojlantirish uchun quyidagi qonuniyatlar mavjud. Katta og’irliklar bilan sekin bajarish shunday natija beradi:
A) mushaklarning qalinlashuvi;
B) sportchining absolyut kuchini oshiradi.
M.L.Ukran shuni tavsiya etadi: jismoniy tayyorgarlikka yil davomida diqqatni qaratish kerak. Tayyorgarlik va o’tish davrida ko’proq e’tibor, umumiy musobaqalar davrida esa maxsus jismoniy vositalarga ahamiyat berish kerak bo’ladi. Jismoniy tayyorgarlikni bosqichlarga taqsimlaganda to’g’ri bo’lishi uchun M.L.Ukran shunday hisoblaydi: tayyorgarlik bosqichida kuchni, harakatchanlikni, chaqqonlikni, chidamlilikni va boshqa jismoniy sifatlarni rovjlantirish uchun asosiy qismning oxirida shug’ullanish lozim. Jismoniy tayyorgarlik uchun xaftaning 1-2-kunida shug’ullanishi kerak. Musobaqa bosqichida va mashg’ulotning asosiy qismining oxirida harakat sifatlariga mashq ishlatish kerak. Albatta, bu o’zining tuzilishi jihatidan musobaqa dasturi mashqlariga o’xshash bo’lishi kerak. Haftaning bir kunini butunligicha jismoniy tayyorgarlikka bag’ishlash mumkin. Tayyorgarlik bosqichiga qaraganda musobaqa davrida qoidaga binoan kuchga ishlash kamroq bo’ladi. Buning o’rniga boshqa sifatlarni shakllantirishga ko’p vaqt sarflanadi. O’tish davrida esa tanlangan mashg’ulot turi bo’yicha asosan gigiena va umumiy jismoniy rivojlanishga qaratilgan bo’ladi.
V.I.Filipovich jismoniy tayyorgarlik haqida yozarkan, shuni tavsiya qiladi: haraatchanlikni rivojlantirish va mukammallashtirish uchun mashg’ulot paytida maxsus yo’naltirilgan har turli mashqlar o’tkazilishi kerak. SHuni aytish kerak fiziologlarning o’tkazgan tekshirishlari natijasi shunday xulosaga olib keladi: har gal bir mashqlar qaytarilaversa, oxir-oqibat keyingi organizm ish faoliyatining rivojlanishini va mukammallashuvini to’xtatib qo’yadi. Yuqori malakali gimnastikachilar siltanish mashqlarini bajarayotganda, ular o’zlarining organizmini iqtisod qilib tashqi kuchlardan foydalanadilar.
M.L.Ukran gimnastikachilar uslubiyatidan shuni aniqladi: eng ko’p kuchlanish gimnastikachilar harakatining asosiy fazasida bajariladi. O’z vaqtida ishga kirishgan mushak guruhlari mashqlarining buzilishiga olib keladi. SHulardan kelib chiqqan holda u shunday xulosa qiladi: gimnastikachi kuchlanishni eng qisqa vaqt ichida bajarishi kerak, aniq olingan elementga qarab kuch va tezkor sifatlarini namoyon qilishi kerak. Bularning gimnastikachilar tayyorgarligida e’tiborni tezkor kuchlanishga qaratish zarur. Agar jismoniy tayyorgarlikni bosqichlarga bo’lganda tayyorgarlik bosqichini mashg’ulot vositasi quyidagi ketma-ketlikda qo’yiladi: tezlikni rivojlantirish mashqlari, harakatchanlikni oshirish mashqlari, kuchlanish mashqlari, chidamlilik mashqlari. Bularning hammasini sekin-asta oshirib borish yo’li bilan bajariladi. Musobaqa davrida esa kuch mashqlari halqada, bruslarda statik chidamlilikni rivojlantirish yo’li bilan olib boriladi. Asboblarda o’rtacha og’irlikdagi yuk bilan qaytarilish usulini qo’llab mashq bajarish bilan yuzaga keltiriladi. O’tish bosqichida esa jismoniy tayyorgarlik organizmni o’z holiga keltirish uchun xizmat qiladi. O’smirlik yoshida og’irliklarni ko’proq ishlatish maqsadga muvofiq bo’ladi. Yaxshi tayyorlangan o’smirlar uchun samarali kuch mashqlari bo’lib 6-10 marta qaytarish mumkin bo’lgan mashqlar tanlanadi. Og’irliklarni darajalashda shug’ulanuvchilarning tayyorgarligini inobatga olish kerak. Tayyorgarligi sust sportchilarda odatda bir marta ko’tara olish mumkin bo’lgan og’irlik yetadi. Keyinchalik tayyorgarligi oshishi bilan mashg’ulot paytida 2-3 marta bir marta ko’tarish mumkin bo’lgan og’irlikni ko’tarish maqsadga muvofiq bo’ladi.
Ma’lumki, o’smirlik yoshi judayam bir biriga qaraganda har xil kechadi. Shuning uchun har bosqichda mashg’ulot o’tkazayotganda bu holni esdan chiqarmaslik kerak. Yoshi, jismoniy tayyorgarligi 14-15 yoshda kuch rivojlanganligi orqada qoladi (panja diametri 12-13 yoshda 25,2 mm, 14-15 yoshda 28 mm, 16-17 yoshda 35,1 mm). Gimnastikachida yuqoridagi ko’rsatkichlarga erishish uchun muhim vazifani bajaradi. SHuning uchun uni joyida ishlata bilish zarur.



Yüklə 0,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin