3-mavzu: Gimnastika, voleybol va basketbolda tayyorgarlik turlarining o’rni



Yüklə 0,58 Mb.
səhifə8/16
tarix12.09.2023
ölçüsü0,58 Mb.
#142913
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   16
3-SEMENAR

Chaqqonlikni rivojlantirish.
Chaqqonlikni o’lchovi hisolanadi:
1.Harakat aniqligi (koordinatsiya) bo’yicha murakkab topshiriqlar;
2.Uning aniq bajarilishi;
3.Bajarish vaqti.
Yangi harakat faoliyatini tez egallash, boshqa harakat faoliyatini bajarishga tayyorligi orqali chaqqonlikni aniqlash mumkin. Bundan tashqari, chaqqonlik ko’rsatkichlaridan biri talablar sharoitini o’zgarishidan qat’iy nazar harakat faoliyatini bajarishga tez moslasha olish qobiliyati hisoblanadi.


Chaqqonlikni rivojlantirish uslublari.
Ko’pgina sport turlari singari gimnastikada chaqqonlikni kuch, egiluvchanlik, tezkorlik bo’yicha ko’rsatgan natijalar orqali aniqlanadi, bu uni tabiiy asosidir. Chaqqonlikni rivojlantirishda bosh uslubiy yo’nalish bo’lib quyidagilar hisoblanadi:
1.Oddiy harakatlarni fazoda takomillashtirish;
2.Harakat apparatining turli qismlarini birgalikda harakatlanishini rivojlantirish;
3.Tibbiy harakat qismlarini takomillashtirish;
4.Harakatning bilim va ko’nikmalari zahirasini kengaytirish;
5.O’zlashtirilgan harakat ko’nikmalardan turli holatda foydalanishni shakllantirish.


Chaqqonlikni rivojlantirish bo’yicha nazorat o’rnatish.
Xususiyati bo’yicha mutaxassisligiga yaqin bo’lgan harakat faoliyatini nazorat topshiriqlari asosida qo’llash bilan chaqqonlik rivoji darajasini aniqlash maqsadga muvofiqdir. SHuning uchun oldindan mukammal, yaxshi o’rganilgan yoki oddiy harakatlardan tuzilgan, mashqlar majmuasini qo’llash qulay. Misol uchun: oldinga o’mboloq oshish bilan burilib, asosiy yo’nalishga yonlama harakatlanish – yonga o’mboloq oshish bilan burilish, orqalab-orqaga o’mboloq oshish bilan asosiy yo’nalishga qarab qolish-sakrab 360 ga burilish va topshiriq bo’yicha ko’rsatilgan nuqtaga qo’nish.


Chidamlilikni rivojlantirish.
Chidamlilik-bu biror faoliyatni uzoq vaqt davomida samarasini pasaytirmasdan bajara olish qobiliyatidir. Ayrim vaqtlarda chidamlilikni charchashga qarshi tura oladigan qobiliyat deb yuritish mumkin. Gimnastikachilarda chidamlilikni uchta turga bo’lish mumkin: umumiy, kuch va maxsus.
Kuch chidamliligi, maxsus chidamlilikni asosi bo’lib, uning shakllanishi har bir kuch sifati bilan bog’liq bo’lib, maxsus chidamlilik asosini tashkil etadi.



Yüklə 0,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin