3-mavzu: Gimnastika, voleybol va basketbolda tayyorgarlik turlarining o’rni


Egiluvchanlikni rivojlantirish uslublari



Yüklə 0,58 Mb.
səhifə7/16
tarix12.09.2023
ölçüsü0,58 Mb.
#142913
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   16
3-SEMENAR

Egiluvchanlikni rivojlantirish uslublari.
Egiluvchanlik mashqlarini bajarishdan oldin bir nechta tanish bo’lgan va qizdiruvchi mashqlarni takrorlash zarur. Egiluvchanlik mashqlaridan so’ng mushaklarni mustahkamlaydigan va bo’shashtiradigan mashqlar bajarish lozim.
Har qanday mashq ham kuchni va egiluvchanlikni rivojlantirish uchun to’g’ri kelavermaydi. Masalan: yarim cho’qqayib o’tirish mashqi to’rt boshli mushak qisqarishiga ta’sir qilib, kuchini oshirsa, to’liq cho’qqayib o’tirish esa shu mushakning egiluvchanligini oshiradi, ya’ni cho’zadi.
Egiluvchanlik mashqlarini sekin me’yorda uzoq vaqt bajarilsa yaxshi samara beradi. Egiluvchanlikni rivojlantirish uchun turli usullar qo’llaniladi:
1. Cho’zilish samarasini oshiruvchi prujinasimon harakatlarni takrorlash. Masalan: takroriy oldinga engashish.
2. Harakatlarni imkoni boricha katta ko’lamda bajarish. Masalan, oldinga va orqaga oxirigacha engashish.
3. Tana biror bir qismining harakati inertsiyasidan foydalanish. Masalan, harakat qo’llashni har gal oshirib, oyoqlarni oldinga va yon tomonga siltash.
4. +o’shimcha tashqi tayanchdan foydalanish; gimnastika devorining poyasidan ushlab, tana bir qismini ikkinchisiga tortib yaqinlashtirish.
5. SHerikning faol yordamidan foydalanish.
6. Oxirgi vaqtlarda qayishqoqlikni rivojlantirish uchun faol-kuch usuli qo’llanilmoqda. Uning asosini mushaklarni 30-60 soniya davomida faol zo’r berishdan so’ng shu bo’g’imni harakatga keltirish tashkil qiladi. Masalan, devor yonida turib qo’lni devorni itarmoqchi bo’lgandek 30-60 soniya harakatlantirgandan keyin orqaga ko’tarish va hokazo.
Bir oyoqqa amortizator ildirib 30-60 soniya oyoqni ko’tarish harakat qilishganida ham shunday voqea yuz beradi. SHu zo’r berishdan so’ng gimnastikachi oyog’ini oldingidan ancha balandroq ko’tarishga erishadi.
Faol-zo’r berish usuli orqali egiluvchanlikni rivojlantirganda harakat cheklangan qismida harakat ko’lami oshadi L.P.Orlov, A.V.Zinьkovskiy, 1971).
Ko’pgina bolalarning mushak kuchlarining yetarli bo’lmasligi natijasida bo’g’in harakatchanligidan yetarli darajada foydalana olmaydilar. CHunonchi, tik turgan holatdan oyoqni oldinga ko’tarish uchun oyoqning orqa yuzasidagi mushaklarning uzun va cho’ziluvchan bo’lishi kifoya qilmaydi, balki old yuzasidagi mushaklarning qisqarish kuchi ham yetarli bo’lishi talab etiladi. SHunday qilib, bo’g’inlarning harakatchanligi faqat mushak va paylarning egiluvchanligigi emas, balki antogonist mushaklarning qisqarishi kuchiga ham bog’liq bo’ladi.
            1. Egiluvchanlikni rivojlantirish uchun amaliy maslahatlar

1.Egiluvchanlikni rivojlantirish mashqlarini mukammal badan qizdirish (razminka)dan so’ng bajarish zarur.
2.Mashqlarni bajarganda mustaqil yoki yordam bilan mokisimon harakat ko’lamiga erishmoq kerak.
3.Egiluvchanlikni rivojlantirishda takroriy mashq qilish usuli asosiy hisoblanadi. Har bir mashq 10-20 marta takrorlanadi.
4.Mashqlarni mushak va paylarda og’riq hissi paydo bo’lganga qadar bajarmoq zarur.
5.Egiluvchanlikni rivojlantirishning aralash usuli yaxshi samara beradi (faol va passiv cho’zish).
6.Egiluvchanlikni rivojlantirish mashqlarini kuchni rivojlantirish va mushaklarni bo’shashtirish mashqlari bilan navbatlantirib bajarish kerak.
7.Mashqlarni har kuni bajarish yaxshi samara beradi (kuniga 2 marta). Erishilgan egiluvchanlikni ushlab turish uchun haftada 3-4 mashg’ulot kifoya qiladi.
8.Egiluvchanlikni rivojlantiruvchi mashqlarni mashg’ulotlarning tayyorgarlik, asosiy va yakunlovchi qismlarida ham qo’llash kerak.
            1. Egiluvchanlikni nazorat qilish usullari

Egiluvchanlikni o’lchash va baholash uchun egiluvchanlikni aniqlovchi harakat va sinov mashqlari (testlar) instrumental usullar qo’llaniladi.
Instrumental usullar-bu turli moslamalar (gontsiometr, rengenometr, surat, vidio o’lchovlari, tsirkullar, reykalar, lineykalar va h.k.) qo’llaniladi.
Egiluvchanlik chizma ifodada burchak graduslarida radionlarda va bolalarda o’lchanadi.
Maxsus adabiyotlarda qayishqoqlikni nazorat qilish va baholash masalasiga bag’ishlangan ko’pgina tavsiyalar mavjuddir (Ukran M.L., Menxin Yu.V., Rozin Ye.Yu., CHereshneva A.Ya., Rogachev O.N., Lebedev N.I. va boshqalar).
Bu maqolalarda quyidagi nazorat (sinov) mashqlari tavsiya etilgan:

  1. «Ko’prik»;

  2. SHpagat, chap, o’ng oyoqda shpagat;

  3. O’tirgan holatda oldinga engashish;

  4. Tik turib oldinga engashish;

  5. Oyoqlarni ko’tarish va ushlab turish (oldinga, yon tomonga, orqaga);

  6. Gimnastika tayoqchasini ushlab yelka bo’g’inidan orqaga va oldinga aylantirib o’tkazish.

Egiluvchanlik mashqlarini baholashda turli baholash jadvallari qo’llaniladi-ikki ballik (yaxshi-yomon), uch ballik (yaxshi, qoniqarli, yomon), to’rt ballik (a’lo, yaxshi, qoniqarli, yomon) va o’n ballik (0-10) va boshqalar.
Ma’lumki, yoshni va sport mahoratining oshishi bilan sinov mashqlarining mazmuni ham o’zgaradi (A.V.Menxin). chuqur ixtisoslashtirilgan va yuqori sport natijalari davrlarida egiluvchanlikni baholash uchun odatda 10 ballik jadval qo’llaniladi.



Yüklə 0,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin