3-Mavzu: Iqlim hosil qiluvchi omillar va jarayonlar Reja



Yüklə 33,8 Kb.
səhifə3/6
tarix23.11.2022
ölçüsü33,8 Kb.
#70084
1   2   3   4   5   6
3-mavzu

Radiatsion omillar. Ularga yer sirti, atmosfera va umuman Yer sayyorasi radiatsion rejimini shakllantiruvchi omillar kiradi. Bular, birinchidan, quyidagi astronomik omillardir:

Ikkinchidan, unga quyidagi meteorologik omillar kiradi:

  • atmosfera tarkibi, undagi aerozollar va suv bug‘larining miqdori;

  • atmosfera tiniqligi, aerozollar va suv bug‘lari konsentratsiyasiga bog‘liq;

  • bulutlilik miqdori va turi;

  • yer sirti albedosi, yer sirtining tipi va holati bilan aniqlanadi;

  • yer sirti namligi va harorati.

Sanab o‘tilgan omillar yer sirti va atmosfera radiatsion balansi hamda uni tashkil etuvchilar (to‘g‘ri, sochilgan va yig‘indi radiatsiya, effektiv nurlanish)ning kunlik va yillik o‘zgarishlariga sabab bo‘ladi.
Geografik omillar. Ular quyidagi ko‘rsatkichlar bilan aniqlanadi:

Geografik kenglik iqlimning muhim omillaridan hisoblanadi. Iqlim elementlarining mintaqalar bo‘yicha taqsimlanishi, ya’ni zonalligi mana shu omil bilan bog‘liqdir.
Dengiz sathiga nisbatan balandlik ham iqlimning geografik omili hisoblanadi. Chunki balandlik bo‘yicha atmosfera bosimi kamaya boradi, Quyosh radiatsiyasi va effektiv nurlanish ortadi, harorat va uning kunlik amplitudasi kamayib boradi. Xuddi shu kabi havo namligi ham kamayib boradi, shamolning tezligi va yo‘nalishi esa ancha murakkab tarzda o‘zgaradi.Tog‘larda bulutlik va atmosfera yog‘inlarining o‘zgarishi ham o‘ziga xos tarzda kuzatiladi. Natijada tog‘larda iqlimning balandlik bo‘yicha zonalligi vujudga keladi.
Iqlimiy sharoitning balandlik bo‘yicha o‘zgarishining kenglikka bog‘liq holda gorizontal yo‘nalishda o‘zgarishiga nisbatan ancha tez sur’atlarda kechishini alohida ta’kidlamoq zarur.

Yüklə 33,8 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin