3-Mavzu: Iqlim hosil qiluvchi omillar va jarayonlar Reja


Atmosfera harakati markazlari (AHM)



Yüklə 33,8 Kb.
səhifə5/6
tarix23.11.2022
ölçüsü33,8 Kb.
#70084
1   2   3   4   5   6
3-mavzu

Atmosfera harakati markazlari (AHM) iqlimshunoslik nuqtai – nazaridan past (siklon) yoki yuqori (antisiklon) bosimli oblastlarni ifodalaydi. Ular mavjud bo‘lgan rayonlarda statistik natija sifatida bir xil belgili barik sistema ustuvor bo‘ladi. Ushbu markazlarning taqsimlanishi, berilgan sathda atmosfera umumiy sirkulyatsiyasi oqimlarining o‘rtacha taqsimlanishini belgilab beradi.
O‘rta Osiyo ob-havosi va iqlimiga yilning issiq davrida eng ko‘p ta’sirni Azor antisikloni va Osiyo termik depressiyasi, sovuq yarim yillikda esa Sibir sovuq antisikloni ko‘rsatadi. AHMning o‘zaro ta’sirlashuvi yirik kvazizonal iqlimiy mintaqalar yoki zonalarning hosil bo‘lishiga olib keladi.
Iqlimiy mintaqa – Yer sharini ma’lum kenglikda o‘rab turgan va ma’lum iqlimiy ko‘rsatkichlar bilan xarakterlanadigan oblastdir. Atmosfera umumiy sirkulyatsiyasi shart – sharoitlariga mos ravishda quyidagi iqlim mintaqalari farqlanadi:

  1. Past bosimli ekvatorial zona (ekvatorial botiq): yil davomida termik ekvatorning ko‘chishiga mos ravishda siljiydi, bu mintaqa yog‘ingarchilikning ko‘pligi bilan ajralib turadi va unda quruq davrlar deyarli kuzatilmaydi;

  2. Yuqori bosimli ikki subtropik zona: ulardan ekvator tomon passat shamollar esib turadi va quruq, ya’ni yog‘ingarchilik kam bo‘lgan davrlarning ustunligi bilan xarakterlanadi;

  3. Mo‘tadil kengliklardagi past bosimli ikkita zona: siklonlar takrorlanuvchanligining kattaligi, troposferaning o‘rta va yuqori qatlamlarida g‘arbiy oqimlarning ustuvorligi hamda atmosferaga materiklar va okeanlar ta’sirining mavsumlar bo‘yicha o‘zgaruvchanligi bilan ajralib turadi. Ular bir-biridan keskin farq qiladigan iqlimiy mavsumlarning almashinishi, iqlimning kontinentallik darajasining turli – tumanligi va atmosfera yog‘inlarining nisbatan ko‘pligi bilan farqlanadi;

  4. Ikkita qutbli oblast: yer sirtida yuqori bosimli, o‘rta va yuqori troposferada esa siklonlar mavjud bo‘ladi. Ular iqlimining o‘ta keskinligi va yog‘in miqdorining kamligi bilan ajralib turadi.

Yuqorida qayd etilgan asosiy zonalardan tashqari quyidagi oraliq zonalar ham mavjud:

  1. Ikkita subekvatorial mintaqa yoki ekvatorial mussonlar mintaqasi: ular ba’zan past bosimli ekvatorial zona ta’sirida, ba’zan esa passatlar ta’sirida bo‘ladi. Bu mintaqalar bir yoki ikki juftlikdagi ancha nam va juda quruq mavsumlari bilan xarakterlanadi.

  2. Ikkita subtropik iqlim mintaqalari, ular yozda subtropik antisiklonlar ta’sirida bo‘lsa, qishda esa mo‘tadil kengliklardagi siklonlar ta’sirida bo‘ladi.


Yüklə 33,8 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin