3-Mavzu: Iqlim hosil qiluvchi omillar va jarayonlar Reja


Materiklar va okeanlarning geografik taqsimlanishi



Yüklə 33,8 Kb.
səhifə4/6
tarix23.11.2022
ölçüsü33,8 Kb.
#70084
1   2   3   4   5   6
3-mavzu

Materiklar va okeanlarning geografik taqsimlanishi iqlimning asosiy omillaridandir. Iqlimning dengiz va quruqlik tiplariga bo‘linishi xuddi mana shu omillar bilan bog‘liqdir.
Yer sirti orografiyasi (relef shakllari) ham iqlimga o‘ziga xos ta’sir ko‘rsatadi. Tog‘lardagi iqlimiy sharoit nafaqat joyning dengiz sathiga nisbatan balandligiga, balki relef shakllariga, xususan tog‘ tizmalarining balandligi va yo‘nalishiga, yonbag‘irlarning Quyosh nurlariga nisbatan ekspozitsiyasiga, mahalliy shamollarning yo‘nalishiga, vodiylarning kengligi va yonbag‘irlarning qiyaligi va boshqalarga ham bog‘liqdir.
Okean oqimlari dengizlar yuzalarida harorat rejimining keskin farqlanishiga sabab bo‘ladi va shu yo‘sinda harorat va havo namligining taqsimlanishiga hamda atmosfera sirkulyatsiyasiga ta’sir ko‘rsatadi.
O‘simlik, qor va muzlik qoplami. Yetarli darajada zich bo‘lgan o‘simlik qoplami tuproq harorati kunlik amplitudasini kamaytiradi va uning o‘rtacha haroratini pasaytiradi. Aniqki o‘simlik qoplami havo haroratining kunlik amplitudasini ham kamaytiradi. O‘rmonlar esa iqlim sharoitiga ancha sezilarli, o‘ziga xos va murakkab ta’sir ko‘rsatadi. Ta’kidlash lozimki, o‘simlik qoplamining ta’siri asosan mikroiqlimiy ahamiyat kasb etadi. Qor va muzlik qoplami tuproqdan issiqlik yo‘qotilishini va tuproq haroratining tebranish amplitudasini kamaytiradi. Lekin qor va muzlik qoplami yuzasi kunduzi Quyosh radiatsiyasini kuchli darajada qaytaradi, tungi soatlarda esa nurlanish natijasida keskin soviydi.
Sirkulyatsion omillar o‘rta va yuqori troposferada yirik miqyosdagi oqimlar tizimining shakllanishiga sabab bo‘ladi va ularni atmosferaning umumiy sirkulyatsiyasi (AUS) deb atash qabul qilingan. Planetar miqyosdagi baland frontal zonalar va iqlimiy frontlar mazkur sirkulyatsiyaning asosiy komponentlaridandir. Iqlimiy frontlar asosiy havo massalarini bir-biridan ajratib turadi. AUSning asosiy sabablari quyidagi omillardir:

  • qutblarda va ekvatorial kengliklarda yer sirti va havoning bir xil isimasligi;

  • materiklar va okeanlarning taqsimlanishi;

  • okean oqimlari;

  • Yerning o‘z o‘qi atrofida aylanishi natijasida vujudga keladigan markazdan qochma kuch (Koriolis kuchi);

  • yirik tog‘ massivlari ko‘rinishidagi orografik sharoit.

Sanab o‘tilgan sabablar ta’sirida troposferada atmosfera harakati markazlari (AHM) shakllanadi.

Yüklə 33,8 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin