3-mavzu. Kasbiy ma’naviyatning o’ziga xos prinsiplari reja: Madaniyat va uning kasbiy faoliyatga ta’siri


Bir qancha tajribadan o’tgan maslahatlar



Yüklə 0,55 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə24/29
tarix30.03.2023
ölçüsü0,55 Mb.
#91534
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   29
4-5-9-10-12

Bir qancha tajribadan o’tgan maslahatlar. O’zimizga kiyim tanlar ekanmiz 
dugonalarni emas, o’z didimizga tayanib ish tutganimiz ma’qul. Libosning ranginafaqat 
zamonaviy tusda, balki o’ziga tushadigan rang bo’lishi lozim. To’q rangdagi kiyimlarni afzal 
ko’rarkansiz, och rangdagilarda ham, to’qda ham kirlik bir xil hajmga ega ekanligini yodda 
tutish lozim. Uning farqi faqat och rangdagi yubka ko’zga tezroq tashlanishidadir. Kiyim 
tanlashda ansamblni ushlashga (birining ikkinchiga mosligi, monandligi) harakat qilish kerak. 
Kiyimni rangiga mos keluvchi jihatlar: sumka, tufli, kamar va b. ni tanlashda o’ta ideallikka 
erishishga harakat qilmagan ma’qul. Faqatgina bitta kiyim uchun qo’shimcha narsa olish – 
isrofgarchilik hisoblanadi. 
Libosni yanada ko’rkam qilib ko’rsatuvchi mayda narsalar: sharf, bijuteriya va boshqa 
narsalar muhim hisoblanadi. Aynan libos bilan bir xil tusda bo’lishi shart emas, bu bachkanalikni 
ham paydo qilish mumkin. Asosiy gap ranglarning uyg’unligi, andozalarning mutanosibligida. 
Barcha davrlarda erkaklarning kiyimidan farqli o’laroq ayollarning liboslarida odmi va jiddiylik 
kamroq, ularda o’z kamchiliklarini berkitgan holda hamda o’z afzallik jihatlarini alohida 
ta’kidlagan holda, o’z didini yanada yorqinroq ifodalash mumkin. Va shu bilan bir qatorda 
ayollarga ozodalik va pardozning qoidalari erkaklarga nisbatan qat’iyroq qo’yiladi. 
Jozibadorlikning yana bir siri – kostyumning qulayligidir, unda u o’zini erkin va o’ziga 
nisbatan ishonch va tabiiylikni his qilish imkoniyatiga egadir. Libos tanlayotganingizda 
yoningizda sizni kuzatib yuruvchi erkakning ham kiyimini inobatga olgan yaxshi. 
Yodda saqlash lozim bo’lgan bazi jihatlar: tashqi ko’rinishda mayda

chuyda narsalar 
bo’lmaydi. Ularning hammasi ahamiyatga ega. Ziynatlar haqida bir necha so’z. Afsuski, hamma 
ham kostyumini bezashda doimo taqinchoqlardan to’g’ri foydalana olmaydi. Ba’zilar haddan 
tashqari zeb-ziynatlarga ko’milsa, ba’zilari esa o’ta oddiylashib ketadilar. Avalambor hech qaysi 
ayol bu borada tejamasligi lozim, ammo ularni ko’z

ko’z qilish uchun chegaradan chiqib kyetish 
ham – «me’yordan chiqish» kabi didsizlikdir. 
Did bilan kiyinish kishining o’ziga tanqid bilan qaray olishini ham ifodalaydi. Inson o’z 
tabiiy nuqsonlarini sezib, uni boshqalarga sezilmaydigan qilib kiyinmog’i kerak. Kiyim 
tanlanayotganda yoshni ham unutmaslik kerak. Yoshlar sport kiyimi bichig’ida kiyinadilar. 
Ochiq rangli, guldor kiyimlar ularga ko’proq yarashadi. O’ttiz yoshdagi ayollar (shartli ravishda) 
didi modaga asos deb qabul qilingan. Bu yoshda ayol o’z qiyofasini yaxshi bilmog’i, husniga 
xusn qo’shiladigan kiyimlarni tanlay olmog’i lozim.
Qirq yoshdan keyin o’tgan yillar oqibatida vujudga keladigan ayrim nuqsonlarni kiyim va 
pardoz bilan yashirish kerakligini unutmaslik lozim. To’liqqina yosh ayollar juda ham odmi 


kiyimlar bilan kifoyalanmasliklari kerak, chunki odmi kiyim semizlikbilan birga yoshlikni ham, 
latofatlikni ham yashirishi mumkin. Muhimi kiyimning shakli va rangi me’yorida bo’lsin. 
Atir bo’yi ayol kishiga alohida bir latofatni beradi, uning chiroyini qandaydir 
sirli qadimgi ayollik nazokati bilan o’raydi. Ammo... Hamma joyda kabi bu yerda 
ham oshirib yubormaslik muhim. Kerak bo’lmagan joyda atirdan foydalanmaslik 
maqsadga muvofiq: transportga chiqqanda (agar siz u yerda tiqilinchda uzoq qolishingizni 
bilsangiz). Ba’zi bir iforlar kattalarda, ayniqsa, bolalarda allergiyani qo’zg’atishi mumkin. Buni 
yoddan chiqarmaslik lozim. 

Yüklə 0,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   29




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin