3-mavzu. Kasbiy ma’naviyatning o’ziga xos prinsiplari reja: Madaniyat va uning kasbiy faoliyatga ta’siri



Yüklə 0,55 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə26/29
tarix30.03.2023
ölçüsü0,55 Mb.
#91534
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   29
4-5-9-10-12

Pardoz. Azal

azaldan ayollar o’zlarining ko’rinishlaridan ham ko’rkamroq bo’lishga 
intilib kelganlar, Shunda ular bu maqsad yo’lida turli xil usullardan foydalanishni boshlaganlar. 
Hozirgi davrda turli kosmetik mahsulotlarning butun bir aslahalariga egamiz. Ammo ularni 
qo’llash zamonaviy ayol uchun birdan-bir maqsadga ega bo’lib qolmasligi, aksincha, uning 
uslubini ta’kidlovchi hamda individuallikni namoyon qiluvchi vosita sifatida ish ko’rsatishi 
lozim. Kosmetikadan foydalanish yuzni o’zgartirishni emas, balki uning ba’zi bir 


chiroyli jihatlarini ta’kidlashni taqozo etadi. Bo’yanishni ko’paytirish hoh u o’n besh yasharlik 
qiz bola, hoh o’ttiz yoshlardagi ayol bo’lsin – barchaning yoshini katta qilib ko’rsatadi. Ma’lum 
bir yoshga etgach ayollar pardozni kamaytirib, unchalik yorqin bo’lmagan ranglarga o’tishga 
harakat qilishlari maqsadga muvofiq.
Kunduzgi pardoz kechki pardozga nisbatan tussizroq bo’lishni yodda tutish kerak. 
Qo’llarga kelsak, ular – bizinng “tashrif qog’ozimiz”, desak mubolag’a bo’lmaydi Qo’llarni 
parvarishda nafaqat ayollar, balki erkaklar ham avvalo tozalik va ozodalik nuqtai nazardan 
diqqatlilik bilan munosabatda bo’lishlari kerak. Lakning rangi lab bo’yog’i bilan uyg’un 
bo’lmog’i lozim. Lak qoldiqlari bilan yurishga yo’l qo’ymaslik hamda tirnoq lakini tozalash 
vositalardan foydalanishni unutmaslik joiz. 
Tantanali kechalarda ayollar. Eng yaxshi tanlov – ko’ylak, kostyum, yoki 
yubka. U har qanday vaqtda, har qanday jamoatchilikka to’g’ri kelaveradi. Agar 
kostyum to’q tusda va hech bir koftasiz kiyilishi mumkin tarzda andozalangan bo’lsa, unga mos 
tarzda e’tiborni tortadigan zamonaviy taqinchoqlar bilan bezatilsa, unda bu libosni ko’ngilochar 
kechalarga ham kiysa bo’ladi. 
Kokteyl libosi nomli ko’ylaklarni bayram kechalarida kiyish mumkin. Uni kechqurun 
yoshlar kechalarida yoki restoranlar uchun kiyish mumkin. Kechki uzun ko’ylaklar faqat 
dabdabali vaziyatlar uchun mo’ljallangani durust. Nisbatan odmiroq bo’lgan kechki libos, o’ta 
diqqatni o’ziga jalb qiluvchi kiyimlardan yaxshiroqdir, ayniqsa, qiz bolalar uchun. 

Yüklə 0,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   29




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin