A. Smit uslubi, uning o’ziga xos xususiyatlari Jamiyatning iqtisodiy rivojlanishi va uning moddiy-turmush darajasini oshirish muammolari A.Smit tadqiqotining predmetini tashkil etadi. Qanday shart-sharoitlar va qanday qilib insonlar yuqoriroq moddiy turmush darajasiga erisha oladilar degan fikr asarning asosiy g’oyasini aks ettiradi.
Iqtisodiyot rivojlanishi bilan sanoat tovarlarni narxi pasayishi, qishloq xo’jaligi mahsulotlari narxi esa o’sish tendensiyasiga ega deb hisoblaydi. Demak, shunday hulosa qilish mumkinki, agrar soha ustun (bu xato).
Metodologik jihatdan bu tadqiqot iqtisodiy liberalizm konsepsiyasiga, ya’ni fiziokratlarning tabiiy tartibi, yanada aniqroq bozor iqtisodiyoti munosabatlariga asoslanadi.
Olim o’z asarlari va tadqiqotlarida odamlar ba’zi bir shunday tabiiy hususiyatlarga egaki, ular ijtimoiy tuzumga bog’liq emas, degan hulosaga asoslanadi. Ana shunday hususiyatlardan biri - egoizm (xudbinlik) bo’lib, odamlar o’z xo’jalik faoliyatlarida unga amal qiladilar. Ammo ayrim shahsninggina manfaatlari jamiyat manfaatlariga mos tushadi, deb uqtiradi u. Har bir odam o’z shahsiy manfaatini ko’zda to’tadi, ammo bu holatda ko’p boshqa holatlardagi kabi, u «ko’rinmas qo’l» tomonidan uning niyatida ham bo’lmagan maqsad sari yunaltiriladi...
Hozirgi davrda barchaga yaxshi ma’lum bo’lgan «ko’rinmas qo’l» iborasi bilan birga «iqtisodiy odam»tushunchasi ham kiritildi. Unga ko’ra, shahsiy manfaatlar tufayli savdo va almashuv jarayoni amalga oshadi. «Menga kerak bo’lgan narsani bersang, men senga kerak bo’lgan narsani beraman», qabilida, ya’ni shahsiy manfaatlarning talabini qondirish yo’li tutiladi, ya’ni gap kimningdir sahiyligida emas.
Iqtisodiy rivojlanishning shahsiy manfaat va stixiyali qonunlarning o’zaro nihoyatda samarali harakati sharoitlarini A.Smit «tabiiy tartib» deb atagan. A.Smit va uning izdoshlari bu tushuncha bir tomondan iqtisodiy siyosatning tamoyili va maqsadi bo’lsa, ikkinchi tomondan bu iqtisodiy harakatni o’rganish uchun nazariy konstruksiya yoki modeldir. Demak, jamiyatga naf keltiruvchi faoliyatni biror harakat bilan cheklamaslik kerak, degan xulosa chiqariladi. Bu tamoyilga ko’ra quyidagilar taklif etiladi:
Ishchi kuchining erkin harakati;
Savdoda (yer savdosida ham) to’la erkinlik;
Sanoat va ichki savdoni xukumat tomonidan reglamentasiya qilishga qat’iy qarshilik;
Erkin tashqi savdo (proteksionizmga qarshi).
Olimning bu g’oyalari keyinchalik to’la amalga oshdi.
A.Smit kapitalistik jamiyatni tabiiy tuzum bilan bir deb tushungan, shuning uchun kapitalistik munosabatlar abadiy, kapitalistik xo’jalik namoyandalarining xususiyatlari odamning tabiiy xususiyatlari kabidir, deb izohlaydi (bu fikrning qanchalik to’g’riligini tarix ko’rsatadi). A.Smitning tushunchasi bo’yicha iqtisodiy hayot shunday jarayonki, u ayrim kishilarning hohishiga bog’liq bo’lmagan obyektiv qonunlarga bo’ysunadi. Bu qonunlar tabiiydir, insonning tabiatidan kelib chiqqan xo’jalikning «tabiiy» qonunlarini ochishga intilgan olim amalda kapitalistik ishlab chiqarishni tadqiq etdi.
A.Smit iqtisodiy haqiqatga oid faktlarni qanday bo’lsa shunday holda, bevosita ko’zatuvchiga qanday ko’rinsa shunday o’rganish bilan cheklanmasdan, «tabiiy baho», «tabiiy norma», ish haqi va boshqalarning nimaga bog’liq ekanligini aniqlashga o’rindi. Buning uchun u mantiqiy abstraksiya yordamiga tayanib ish yuritdi. U tasodifiy voqyealardan holi ravishda kapitalistik xo’jalikning ayrim xususiyatlari to’g’risida qator muhim xulosalar chiqardi. Shu bilan birga u boshqa vazifa - aniq iqtisodiy hayotni izohlashni ham o’z oldiga maqsad qilib qo’ydi. U shu maqsadda shundoqqina ko’rinib turgan kapitalistik xo’jalik voqyealarini izohladi va ma’lum sistemaga soldi.
A.Smit abstraksiya usulidan foydalanib qator chuqur ilmiy xulosalarga keldi, hodisalarning ichki bog’lanishi masalalariga kirib bordi. Shunga parallel ravishda u boshqa yo’ldan ham bordi, kapitalistik xaqiqat to’g’risidagi bevosita ko’zatish natijalarini umumlashtirdi. Birinchi metod izoterik, ikkinchisi - ekzoterik usullar deb ataladi.