kategoriyalari
ma’lum darajada umumiy bo‘lsa-da, borliqning ayrim
sohalaridagina qo‘llaniladi va mazkur sohalarga xos bo‘lgan aloqalar va
munosabatlarni aks ettiradi
Xususiy
ilmiy
kategoriyalar
alohida
olingan
xususiy
ilmiy
fanlarda
qo‘llaniladigan, mohiyat nuqtai nazaridan boshqa fanlarda qo‘llanilishi mumkin
bo‘lmagan kategoriyalardir
. Masalan, fizika, kimyo geologiya, geografiya fanlari
kategoriyalari xususiy xarakterga ega
Falsafiy kategoriyalar – borliqning umumiy, muhim tomonlari, xossalari,
aloqalari va munosabatlari haqida fikrlash uchun qo‘llaniladigan o‘ta keng
tushunchalar majmuidir
.
Ayni shu sababli falsafiy
kategoriyalar hech qachon
hajman cheklangan tabiiy til tushunchalari darajasida soddalashtirilishi mumkin
emas.
Tushunchalar sifatida kategoriyalar fikrlashning zaruriy shakllari hisoblanadi.
O‘ta keng tushunchalar sifatida ular universal qo‘llanish va butun olamni
tavsiflashga da’vogar bo‘lishi mumkin. Shu boisdan falsafiy kategoriyalar
dunyoning manzarasini yaratish vositasi bo‘lib xizmat qiladiki, bu, umuman
olganda, falsafaning bosh vazifasi hisoblanadi. Har qanday tushunchalar kabi,
kategoriyalar instrumental funksiyani bajaradi, fikrlash omili va vositasi sifatida
amal qiladi. Shuningdek
falsafiy kategoriyalar insonning turli hodisalarni bilish va
o‘zlashtirish usuli sifatida ham instrumental funksiyani bajaradi.
Falsafiy
kategoriyalar ilmiy bilishning muayyan metodologiyasini, umuman borliqni,
ayniqsa inson borlig‘ini tushunish me’yorlarini yaratish orqali normativ
funksiyani ham bajaradi.
Kategoriyalarning ahamiyati va universalligi shu bilan
belgilanadiki, bilish natijalari muqarrar tarzda kategoriyalarda qayd etiladi,
kategoriyalar shakl-shamoyilini kasb etadi. Ular fan tarkibining zaruriy qismi
hisoblanadi. Zero fan ob’ekti faqat kategoriyalar yordamida fikrlanishi va
tushunilishi mumkin.
Falsafaning vujudga kelishi va rivojlanishi jarayonida falsafiy bilish predmetining
o‘ziga xosligini va falsafiy tafakkur xususiyatlarini aks ettiruvchi kategoriyalar
tizimi mavjud. Ularni mazmunan talqin qilish dunyoqarashning shakllanish
jarayoni bilan uzviy bog‘liq bo‘lib, fan, falsafa va umuman ma’naviy
madaniyatning rivojlanishiga qarab o‘zgarib boradi. Falsafiy kategoriyalar tarkibi
ham kengayadi. Fanning aksariyat kategoriyalari falsafiy maqom kasb etadi. Ilgari
mavjud bo‘lmagan yangi jarayonlar va hodisalar vujudga kelishi bilan bog‘liq
ijtimoiy rivojlanish tegishli tarzda
falsafiy idrok etiladiki, bu falsafaning
tushunchalar apparatini yanada boyitadi. Falsafiy tushunchalar va kategoriyalar
bilan ish ko‘rish mahoratini o‘zlashtirish talabaning falsafiy madaniyatini, umuman
fikrlash madaniyatini shakllantirishning muhim shartlaridan biri hisoblanadi.
Falsafiy kategoriyalar tizimida shartli ravishda uch muhim guruhni farqlash
mumkin.
1.
Falsafiy kategoriyalarning birinchi va eng muhim guruhi – har qanday falsafiy
muammolarni tahlil qilishda qo‘llaniladigan umumiy kategoriyalar, ya’ni borliq
kategoriyalaridir
(falsafiy
adabiyotlarda
bu
kategoriyalarni
dialektika
kategoriyalari deb nomlash odat tusini olgan).
2.
Ikkinchi guruhni falsafaning turli bo‘limlariga tegishli bo‘lgan maxsus
kategoriyalar tashkil etadi
. Masalan, ontologiya, borliq va yo‘qlik, substansiya,
dunyoning birligi, materiya, ong, makon, vaqt,
harakat kabi kategoriyalar
mazmunini aniqlaydi va muayyan tarzda talqin qiladi. Naturfalsafa, gnoseologiya,
antropologiya, praksiologiya, ijtimoiy falsafa, globallashuv falsafasi ham o‘z
kategoriyalar apparatiga egadir.
3.
Uchinchi guruhni maxsus falsafiy fanlar: mantiq, axloq (etika), estetika
kategoriyalari tashkil etadi.
Masalan, axloq fanida falsafiy bilimning ayni shu
sohasi va falsafaning axloq bilan turdosh bo‘limlari – antropologiya, ijtimoiy
falsafa, aksiologiyaga xos bo‘lgan kategoriyalar tizimi (yaxshilik va yomonlik,
sha’n va qadr-qimmat, hayot ma’nosi, baxt va boshqalar) vujudga kelgan.
Tushunchalar,
mulohazalar, mushohadalar, dalillash va hokazolar mantiq
kategoriyalari hisoblanadi. Estetikada go‘zallik va xunuklik, fojeaviylik va
kulgililik, ulug‘vorlik va tubanlik kabi kategoriyalar qo‘llaniladi. Biz esa
falsafaning umumiy kategoriyalarini ko‘rib chiqamiz.
Falsafa kategoriyalari muayyan fanlarning kategoriyalaridan ancha farq qiladi. Bu
farq shundan iboratki, dialektika kategoriyalari ob’ektiv dunyo hodisalari
turkumlarining muhim xossalari va aloqalarinigina emas,
balki barcha moddiy
jarayonlarga xos bo‘lgan eng umumiy xossalar va aloqalarni aks ettiradi. Shunday
qilib, dialektika kategoriyalari ob’ektiv dunyoni ideal aks ettirishning o‘ta keng
shakllari bo‘lib, ular voqelikni bilish va ma’naviy-amaliy o‘zgartirishning asosiy
tamoyillari bo‘lib xizmat qiladi.
Ba’zi hollarda
umumiy kategoriyalar, ya’ni borliq kategoriyalari
dialektika
kategoriyalari deb ham nomlanadi.
Dialektika kategoriyalarini ikki turga ajratish
mumkin: substansion kategoriyalar va munosabatdosh kategoriyalar
. Substansion
kategoriyalar – bu boshqa kategoriyalardan qat’iy nazar, alohida-alohida
qo‘llaniladigan kategoriyalar. Bunday kategoriyalar qatoriga «borliq», «materiya»,
«harakat», «rivojlanish», «makon», «vaqt », «ziddiyat» va hokazolar kiradi. Ular
ob’ektiv voqelikning muayyan umumiy xossalarini qayd etadi, lekin bu
kategoriyalarning boshqa kategoriyalar bilan aloqalari
haqida bevosita tasavvur
hosil qilish imkonini bermaydi.
Munosabatdosh kategoriyalar biri ikkinchisi bilan uyg‘un bog‘liq bo‘lib, bilish
jarayonida biri ikkinchisini nazarda tutadi
; ularning biri haqida tasavvur hosil
qilganda boshqasini hisobga olmaslik mumkin emas. Bunday kategoriyalar
qatoriga quyidagilar kiradi: yakkalik va umumiylik; hodisa va mohiyat; shakl va
mazmun; qism va butun; sabab va oqibat;
tasodif va zaruriyat; imkoniyat va
voqelik.
Biz munosabatdosh kategoriyalarni batafsilroq ko‘rib chiqamiz.
Dostları ilə paylaş: