3-mavzu. Rivojlanish falsafasi Reja


Qonuniyatlar – bu qonunlarning namoyon bo‘lishidir



Yüklə 0,71 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/35
tarix19.06.2023
ölçüsü0,71 Mb.
#132633
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   35
3-mavzu. Rivojlanish falsafasi Reja

Qonuniyatlar – bu qonunlarning namoyon bo‘lishidir. 
Falsafa qonunlari tabiat va jamiyatda insonningsh ongiga bog‘liq bo‘lmagan 
holda mavjud bo‘lgan biri ikkinchisini taqozo qiluvchi qonunlardir. Falsafa 
qonunlari tizimida dialektik ziddiyatlilik qonuni markaziy o‘rinni egallaydi. 
Qonunning muhim jihatlarini aniqlash uchun uning asosiy kategoriyalarini ko‘rib 
chiqish kerak. Tahlilni qarama-qarshilik tushunchasidan boshlaymiz. 
Qarama-qarshiliklar 
birligi 
qonuni. 
Qarama-qarshilik 
– narsalar va 
hodisalardagi bir-birini taqozo qiluvchi va bir-birini istisno etuvchi tomonlar
xossalar, 
tendensiyalar, 
jarayonlarni 
aks 
ettiruvchi 
falsafiy 
kategoriya 
(assimilyasiya – dissimilyasiya, o‘zgaruvchanlik – tug‘malik, ishlab chiqarish – 
iste’mol qilish, yaxshilik – yomonlik va sh.k.). Qarama-qarshiliklar – o‘zaro 
bog‘lanishli bo‘lgan tushunchalar. Turli jihatlardan olingan taqdirda, ular o‘zaro 
birlikni tashkil etmaydi va bir-biriga zid bo‘lmasligi mumkin.
Qarama-qarshiliklar o‘rtasida ikki xil munosabat mavjud: yagonalik munosabati 
va qarshi harakatga doir munosabat. (qonunning klassik ta’rifida «kurash» 
atamasi ishlatiladiki, u qonunning mohiyatini soddalashtiradi, chunki mazkur 
atama ko‘proq jamiyatga tegishlidir.) 
Qarama-qarshilik birligi nima? Birinchidan, qarama-qarshiliklar birligi – bu 
ularning uzviyligi. Har bir qarama-qarshilik boshqa bir qarama-qarshilikning 
mavjudlik sharti hisoblanadi. Ular alohida-alohida mavjud bo‘lishi mumkin emas 
(agar qarama-qarshiliklardan biri yo‘q bo‘lsa, ularning ikkinchisi ham yo‘q 
bo‘ladi). Ikkinchidan, qarama-qarshiliklar birligi ular bir-birini taqozo etgan va 
bir-biriga o‘tgan holdagina muayyan mazmun kasb etadi. Har qanday qarama-
qarshilik o‘zida mavjud bo‘lmagan, lekin boshqa qarama-qarshilikda mavjud 
bo‘lgan jihatga muhtoj bo‘ladi. Ular bir-biri bilan o‘zaro ta’sirga kirishadi. 
Qarama-qarshiliklar bir-biriga ta’sir ko‘rsatish orqali bir-biriga o‘tadi. Bu qarama-
qarshiliklar makonda bir-biridan ajratilgan, turli jinsli hodisalar sifatida mavjud 
bo‘lmasligini, ularning har biri o‘zida boshqasining muayyan jihatini 
mujassamlashtirishini anglatadi (masalan, o‘quv jarayoni o‘qituvchi va talablar 
mavjudligini nazarda tutadi).


Qarama-qarshiliklarning qarshi harakat («kurash»)ga doir munosabati nima? 
Qarama-qarshiliklar bir-birini taqozo etar va rivojlanar ekan, biri boshqasiga 
«beparvo» bo‘lmaydi, balki bir-biriga o‘zaro ta’sir ko‘rsatadi. Ularning o‘rtasida 
qarshi harakat, kurash boradi. Uning mohiyati yagonalikka barham berishdan 
iborat. Qarama-qarshiliklarning har biri ikkinchisini o‘zidan itarib chiqaradi, undan 
xalos bo‘lishga harakat qiladi. Shunday qilib, qarama-qarshiliklar kurashi 
qarama-qarshiliklar bir-birini inkor etgan, bir-birini istisno qilgan holda yuz 
beradi.
Qarama-qarshiliklar birligi narsaning barqarorligini aks ettiradi va nisbiy
o‘tkinchi hisoblanadi. Qarama-qarshiliklarning kurashi mutlaq xususiyat kasb 
etadi, u hech qachon to‘xtamaydi. 

Yüklə 0,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   35




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin