D
)
R
A
+T
(
P2 P2
P1 P1
P1 (–TR)
Q2 Q1 Q Q2 Q1 Q
elastik talab b) noelastik talab
5.6-rasm. Talab chizig`i elastik (a) va noelastik (b) holatda narxni oshirishning sotuvchi daromadiga ta′siri
Endi yuqoridagi holatga mutlaqo teskari bo`lgan holat, ya′ni talab elastikligiga qarab narxni pasaytirishning sotuvchi daromadiga ta′sirini qaraymiz (5.7-rasm).
P P
D
)
–
(
P1 P1
A TR
B
P2 P2
P1 (+TR
Q1 Q2 Q
Q1 Q2 Q
elastik talab b) noelastik talab
5.7-rasm. Talab chizig`i elastik (a) va noelastik (b) holatda narxni tushirishning sotuvchi daromadiga ta′siri
Mahsulotga talab elastik bo`lganda (5.7-a-rasm), narxni P1 dan P2 ga tushirish natijasida ko`riladigan A yuzaga teng zararga (–TR) nisbatan, talabning Q1 dan Q2 ga oshishi natijasida olinadigan B yuzaga teng qo`shimcha daromad (+TR) ko`pligidan sotuvchining yalpi daromadi oshadi.
Mahsulotga talab noelastik bo`lganda esa (5.7-b-rasm) narxni P1 dan P2 ga tushirish natijasida ko`riladigan A yuzaga teng zarar (–TR), talabning Q1 dan Q2 ga oshishi natijasida olinadigan B yuzaga teng qo`shimcha daromadga (+TR) nisbatan ko`pligidan sotuvchining yalpi daromadi qisqaradi. Masalan, yil yaxshi kelib, fermerlar yuqori hosil olganda, narx pasayib ketishidan ularning daromadi kamayib ketadi. Chunki, qishloq xo`jaligi mahsulotlariga bo`lgan talab elastikligi ancha past.
Talab elastikligining bu xususiyatlarini bilish sotuvchilarga narxni o`zgartirish orqali daromadlarni oshirish imkoniyatini beradi. Bunda daromadning o`zgarishi narxning o`zgarishiga teskari bo`lganligidan, sotuvchilar talab elastikligi yuqori bo`lgan mahsulotlarning narxini pasaytirish orqaligina sotuvlar hajmini va daromadini oshirishlari mumkin. Talab noelastik bo`lgan holatda esa, narxni oshirish talab hajmini keskin qisqarishiga olib kelmaydi. Chunki, ko`pincha iste′molchilar uchun birlamchi ehtiyoj sanaladigan ne′matlarga talab noelastik hisoblanadi.
Bunday sharoitda sotuvchilar daromadni oshirish uchun narxni ko`tarishlari mumkin.
Ko`pchilik mamlakatlarda davlat talab elastikligi past (noelastik) bo`lgan tovar va xizmatlar narxini cheklab turadi. Aks holda elastiklik qonuniyatlaridan unumli foydalanib, sotuvchilar daromadlarini oshirish maqsadida noelastik talabga ega tovarlar narxini oshirib yuborishlari mumkin.
Misol. Faraz qilaylik, bug`doyga bo`lgan talab funksiyasi quyidagi
ko`rinishda berilgan bo`lsin:
QD 4000 250 P ,
Bu yerda P - bir pud bug`doy narxi; QD
- talab hajmi, mln. pud.
Sotuvchi daromadini maksimallashtiruvchi bug`doy hajmi (Q) aniqlansin.
Yechish: Masalani yechish uchun teskari talab funksiyasini
aniqlaymiz:
P 16 Q
1
250 .
Sotuvchining daromad funksiyasini tuzamiz:
TR P Q 16 Q 1 Q 16 Q Q2
250 250 .
Daromad funksiyasidan Q bo`yicha hosila olib, natijani nolga
tenglashtirib yechamiz:
TR 16 2Q
0 .
Qe 4000 : 2 2000
mln. pud.
Q 250
Demak, sotuvchi daromadini maksimallashtiruvchi sotiladigan
bug`doy hajmi
Qe 2000
mln. pudga teng ekan. Bir pud bug`doy narxi:
P 16 8 8
pul birligi.
pul birligiga teng. Umumiy daromad
TR 20008 16000
Faraz qilaylik, sotuvchi sotiladigan bug`doy hajmini 250 mln. pudga oshirdi. Uning daromadi qanday bo`lishini hisoblaymiz. Sotiladigan bug`doy hajmi 2250 mln. pud. U holda bir pud bug`doy narxi
P 16 2250 7
250
pul birligiga teng.
Umumiy daromad
TR 2250 7 15750
pul birligiga teng.
Ko`rinib turibdiki, sotuvchi sotiladigan bug`doy hajmini optimal hajmdan oshirsa, uning daromadi maksimal daromaddan past bo`ladi.
Xuddiy shunday, sotuvchi optimal hajmdan kamroq hajmda bug`doy sotsa ham, uning umumiy daromadi kamayadi.
Soliq yukini iste′molchi va ishlab chiqaruvchi o`rtasida taqsimlanishini tovar elastikligiga ko`ra tahlili
Elastiklik nazariyasi firmalar va davlatning iqtisodiy siyosatini belgilashda muhim qurol bo`lib hisoblanadi. Ma′lumki, talab va taklif chiziqlarining yotiqligi, ularning elastiklik koeffitsiyentlari miqdorining qzgarishiga ko`ra o`zgaradi. Talab va taklifning elastik yoki elastik bo`lmasligi soliq yukining iste′molchi va ishlab chiqaruvchilar o`rtasida qanday gaqsimlanishini, ya′ni soliqning qancha qismini iste′molchi va qancha qismini ishlab chiqaruvchi to`lashini aniqlab beradi.
Faraz qilaylik, davlat bir birlik tovarga t miqdorda (o`zgarmas) soliq belgilasin. Bu o`z navbatida taklif chizig`ini S holatdan yuqoriga Ś – holatga siljitadi (5.8-rasm) .
Umumiy soliq iste′molchi va ishlab chiqaruvchi o`rtasida taqsimlanib, o`z ichiga soliq yuki ortiqchaligini oladi. Ushbu soliq yuki ortiqchaligi ―o`lik yuk‖ bo`lib, jamiyat uchun sof yo`qotish hisoblanadi.
P Ś
Iste′molchi D S
to`laydigan E1
qism P1
Ishlab P0 E0
chiqaruvchi
to`laydigan P2
qism
P1
M Soliq yuki ortiqchaligi
Dostları ilə paylaş: |