5.8-rasm. Soliq yukini ishlab chiqaruvchi va iste′molchi o`rtasida
taqsimlanishi
Talab elastikligi qancha yuqori bo`lsa (ED>1), uning chizig`i shuncha yotiq bo`ladi va soliqning katta qismi ishlab chiqaruvchilar zimmasiga tushadi (5.9-rasm).
P D Iste′molchi to`laydigan
qism P1 Ishlab P0chiqaruvchi to`laydigan P2 qism
P1
Ś=S+t
Yuqoridagi rasmdan ma′lumki, ishlab chiqaruvchi to`laydigan soliqni ko`rsatuvchi P2MBP0to`rtburchak yuzasi iste′molchi to`laydigan soliqni ifodalovchi P0BE1P1to`rtburchak yuzidan katta. Chunki, talab elastikligi yuqori bo`lganda (ED>1) soliq kiritilishi tufayli narx oshganda, iste′molchilar bunga talabni qisqartirish bilan javob qaytaradilar. Buning natijasida sotuvchilar daromadi sezilarli darajada pasayib kertishi mumkin. Shu sababli sotuvchilar soliq yukining katta qismini o`z zimmalariga olish orqali talab qisqarishini kamaytirishga urinadilar.
Talab qancha noelastik bo`lsa (ED<1) uning chizig`i shuncha tik va soliqning ko`p qismi iste′molchilar zimmasiga tushadi (5.10-rasm).