3-mavzu: Tarbiya usullari va shakllari I. Reja



Yüklə 323,96 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/9
tarix04.07.2023
ölçüsü323,96 Kb.
#135647
1   2   3   4   5   6   7   8   9
3-mavzu Tarbiyaning umumiy metodlari

2. Tarbiya mazmuni.
Unutmaslik kerakki, aynan bitta vazifa turli xil
fikrlar bilan to‘ldirilgan bo‘lishi mumkin. SHuning uchun metodlarni umuman
mazmun bilan emas, balki aniq fikr bilan bog‘lash g‘oyat muhimdir.
3. Tarbiyalanuvchilarning yosh xususiyatlarini hisobga olish.
 
U yoki
shunga o‘xshash vazifalar tarbiyalanuvchilarning yoshi bilan bog‘liqlikda hal
qilinadi. Yosh bu oddiygina qancha yashaganligi son ko‘rsatkichi emas. Unda
egallangan ijtimoiy tajriba, psixologik va ahloqiy sifatlarning rivojlanganlik
darajasi o‘z aksini topadi. Aytaylik, mas’uliyat tuyg‘usini boshlang‘ich ta’lim,
o‘rta ta’lim va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarida ta’lim
olayotgan o‘quvchilarda ham shakllantirish mumkin. Biroq har bir bosqichda
mazkur sifatni shakllantirish borasida turli metodlar qo‘llaniladi.


26.06.2023, 08:26
3-mavzu: Tarbiyaning umumiy metodlari
https://tarbiyaviy.uz/asos/mavzular/m3/m3.htm#r1
3/13
4.
Jamoaning shakllanganlik darajasi.
O‘zini o‘zi boshqarishning
jamoa shaklining rivojlanishi bilan bog‘liqlikda pedagogik ta’sir ko‘rsatish
metodlari ham o‘zgarmasdan qolmaydi. Bizga ma’lumki boshqaruvning
moslashuvchanligi tarbiyachining tarbiyalanuvchilar bilan muvafaqqiyatli
hamkorligining zaruriy sharti.
5. Tarbiyalanuvchilarning individual o‘ziga xosliklari.
Umumiy
metodlar, umumiy dasturlarning o‘zi tarbiyaviy o‘zaro ta’sir etishning asosi
bo‘la olmaydi. Ularni indivudual va shaxsiy tuzatish zarur. Insonparvar
pedagog har bir shaxs o‘ziga xosligini rivojlanishiga, o‘ziga xosligini
saqlashga, o‘zining «Men»ini amalga oshirishiga imkon beradigan metodlarni
qo‘llashga harakat qiladi.
6. Tarbiyaviy shart-sharoitlar.
Unga moddiy, psixofiziologik, sanitar-
gigienikdan tashqari sinfda yuzaga keladigan munosabatlar: jamoadagi iqlim,
pedagogik rahbarlik usuli va boshqalar tegishlidir.Ma’lumki, mavhum shart-
sharoitlar bo‘lmaydi, ular hamisha aniq. Ularni birlashuvi aniq holatlarda
ko‘rinadi. Tarbiya amalag oshadigan sharoit pedagogik vaziyatlar nomini oldi.

Yüklə 323,96 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin