3-mavzu: Yerning geografik qobig’i Reja: Geografik qobiqning chegaralari, xususiyatlari



Yüklə 1,5 Mb.
səhifə7/9
tarix18.04.2023
ölçüsü1,5 Mb.
#100037
1   2   3   4   5   6   7   8   9
3-Ma\'ruza. Geografik qobiq

Iqlim mintaqalari. Ekvatordan qutblarga tomon issiqlikning kamayishi hamda turli kengliklarda yil bo‘yi yoki fasllar bo‘yicha turli havo massalarining hukmronligi tufayli Yer yuzida 7 ta asosiy va 6 ta oraliq iqlim mintaqalari vujudga kelgan. Asosiy mintaqalarda yil bo‘yi nomlari tegishli havo tiði bilan bog‘liq bitta havo massasi hukmron. Oraliq mintaqalarda havo tiplari fasllar bo‘yicha almashib turadi (1- jadval).



1-jadval


6. Biosfera. Tirik organizmlarning Yer qobiqlariga ta’siri.


Sayyoramiz, ya’ni Yer taxminan 5 mlrd yildan beri mavjud. Yerning butun tarixi davomida litosfera, gidrosfera va atmosfera o‘zaro ta’sir etib turgan. Atmosferaning quyi – troposfera qatlami, butun gidrosfera va litosferaning yuqori 4 – 5 km li qatlamining o‘zaro ta’siri ayniqsa, kuchli bo‘lgan. Hayot ham xuddi shu joyda vujudga kelgan. Undagi eng dastlabki hayot belgilari paydo bo‘lganiga taxmi­nan 4 mlrd yil bo‘lgan. Bular ko‘zga ko‘rinmaydigan juda mayda organizmlar edi. Organizmlar faol bo‘lib, Yer yuzini egallay boshlaganiga esa 550 – 600 mln. yil bo‘ldi.
Organizmlar bir-biri bilan juda yaqin aloqada bo‘ladi va o‘zaro ta’sir etib turadi. Agar ular o‘zaro aloqada bo‘lmaganlarida allaqachon qirilib, yo‘q bo‘lib ketar edi. Masalan, o‘simliklar noorganik moddalardan organik moddalar hosil qiladi. Buning uchun ular suv va tuproqdan oziq moddalar (mineral va tuzlar), havodan karbonat angidrid gazini olib, Quyosh nuri ta’sirida organik moddalar tayyorlaydi. Hayvonlar esa organik modda tayyorlay olmaydi. Ular o‘simliklar tayyorlagan organik moddalarni yeydilar. Ular o‘txo‘rlar deyiladi. Ba’zi hayvonlar esa boshqa jonivorlarni yeb kun ko‘radi. Ularni go‘shtxo‘r hayvonlar deymiz.
Ko‘zga ko‘rinmaydigan mayda organizmlar, ya’ni mikroblar o‘simlik va hayvonlar qoldiqlarini chiritib, minerallarga aylantirib turadi.
Yerning organik hayot paydo bo‘lgan, yashaydigan va organizm­lar o‘zaro ta’sir etib turadigan qobig‘iga biosfera deyiladi (“bios” – hayot, “sphaira” – shar). Biosferaning qalinligi 30 – 40 kilometrga yetadi. Odam ham mana shu biosferada yashaydi.

Yüklə 1,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin