Pedagogning talablari vositali talablar boʻladi, bunda oʻqituvchi oʻz talablari bilan bolalarda oʻz doʻstalriga nisbatan navbatdagi talablarni keltirib chiqaradi. Talablarning asosiy shakllari, bu usulning u yoki bu shaklini tanlash pedagogik vaziyatni ikkita asosiy shartdan, ikki omilda vujudga keladi.
Birinchi omil – kimdan talab qilinsa, oʻshaning talab qiluvchiga munosabatidir.
Ikkinchi omil – bu tarbiyalanuvchining pedagog ragʻbatlantiradigan faoliyatiga munosabatidir. Umuman olganda, bu munosabatlarni biz ijobiy, betaraf va salbiy munosabatlar deb ta’riflaymiz, holbuki amalda bu munosabatlarning juda koʻpdan-koʻp koʻrinishlari ham boʻlishi mumkin.
Endi talab shakllariga toʻxtalib oʻtamiz. Talab toʻppa-toʻgʻri boʻlishi mumkin, bunda oʻqituvchining murojaati qat’iy, dadil ohangda ifodalangan aniq koʻrsatmaga ega boʻlishi mumkin.
Toʻppa-toʻgʻri talab oʻquvchilar bilan ishlashning birinchi kunlarida ayniqsa ta’sirchan boʻladi. Samimiy, oshkora, ishonarli, qizgʻin va qat’iy talab boʻlmasa, tarbiyaviy jarayonni boshlab boʻlmaydi, binobarin, kimda-kim ikkilanuvchilardan berilgan va’dani shuvab ketuvchilardan ish boshlashni oʻylasa, u xato qilgan boʻladi. Shuni ham aytib oʻtamizki, toʻppa-toʻgʻri talab koʻpincha oʻquvchining pedagogga yoki u boshlagan faoliyatga betaraf munosabatda boʻlishi sharoitida ishlatiladi. Bunday vaziyatda toʻppa-toʻgʻri, vositasiz talabning quyidagi qoidalariga rioya qilish ayniqsa muhimdir.
Birinchi qoida: odatda talab, ijobiy boʻlishi, ya’ni mutlaqo muayyan xatti-harakatni keltirib chiqarish, bolalarning u yoki bu harakalarini shunchaki ta’qiqlamasligi, toʻxtatmasligi lozim. Albatta, oʻqituvchining ta’qiqlashlaridan ayniqsa oʻquvchilar belgilangan xulq-atvor qoidalarini har xil tarzda buzgan hollarda foydalaniladi. Biroq pedagoglar talablarning asosiy mazmunini ta’qiqlashlar tashkil etmaydi.
Ikkinchi qoida: toʻppa-toʻgʻri talab yoʻl-yoʻriq tarzida, ya’ni bir xil ma’noli, aniq va tushinarli boʻlishi lozim. Dastlabki paytlarda oʻquvchilarning yangi harakatlarini ragʻbatlantirganda talab yoʻl-yoʻriq berish bilan qoʻshilib ketganday boʻladi, ularni aniq ta’riflab beradi.