3-Modul. Boshlangʻich ta’limda tarbiya nazariyasi


Ishonch bilan talab qilish



Yüklə 0,91 Mb.
səhifə8/44
tarix14.12.2023
ölçüsü0,91 Mb.
#177988
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   44
3-Modul. Boshlangʻich ta’limda tarbiya nazariyasi-fayllar.org

Ishonch bilan talab qilish – eng kuchli tarbiyaviy vositadir. U inson faoliyatining qudratli omillarini harakatga keltiradi: oʻzining boshqa kishilar uchun foydali ekanligini his qilish, oʻrtoqlari ishonchini oqlash istagini paydo qiladi. Koʻpincha bu - ancha murakkab va mas’uliyatli ba’zan faxrli topshiriq boʻladi.

Talab ma’qullash muayyan sifatda bolalar faoliyatining kuchli omiliga aylantiradi. Ba’zan tarbiyalanuvchi alohida murakkab vazifalarni hal qilishda qoʻllab-quvvatlashga muhtoj boʻladi, pedagogning ma’qullashi dastlabki qadamlardayoq uning muvaffaqiyatini ta’minlaganday tuyuladi, oʻz kuchiga ishonch uygʻotib, bundan keyingi intilishlar manbai boʻlib xizmat qiladi. Talab-maslahat-iltimos kabi, maslahatni ham majbur qilib, tiqishtirmaydilar, tanlash huquqi bolaning oʻzida qoladi. Bu shakl ishga ongli munosabatni rivojlantiradi, pedagogni katta yoshdagi oʻrtoq deb bilishga oʻrgatadi. Uning obroʻsi keng bilimlarda, katta hayotiy tajribada, mahoratda yashirinib yotganligiga asosalanadi. Shu bilan birga maslahat – bu hamma narsani ipidan ignasigacha tasvirlab beradigan yoʻl-yoʻriq emas, balki koʻpincha yechimlarni mustaqil izlashga undashdan iboratdir.
Vositasiz talabning bu shakli yana shunisi bilan foydaliki, u bolalarni muayyan vaziyatlarda, ayniqsa qiyinchiliklarda oʻquvchilar bilan maslahatlashishga oʻrgatadi. Oʻz navbatida pedagoglar oʻzlariga bolalar maslahat uchun murojaat qilishini qadrlashishini, oʻzaro aloqani kuchaytirishga xizmat qiladi.


Talab-sha’ma – bolalarni muayyan xatti-harakatlarga ragʻbatlantirishning yashirin shaklidir. Sha’ma ilgari ishlatilgan, yaxshi tanish boʻlgan talablarni, ma’nosi ochib berilmaydigan talablarni oʻziga xos shartli qisqartirishidir. Muayyan sharoitda sha’ma talabning «yashirin»shakli boʻlib, u faqat ikki kishiga ayon boʻladi xolos. Boshqalarning diqqatini jalb qilmaydi.
Tarbiya jarayonida maqsadni amalga oshirish uchun foydalanadigan asosiy pedagogik talablarni shakli ana shulardaniborat u yoki bu talabning tanlash pedagogning oʻzboshimchalik bilan ish koʻrishga bogʻliq boʻlmay, balki, pedagogik vaziyatni qanday sodir boʻlishiga bogʻliqdir.
Tarbiya-ma’naviy manbalar va hozirgi zamon talablari va ehtiyojlarini nazarda tutgan xolda, oʻqituvchining oʻquvchi bilan aniq bir maqsadga qaratilgan oʻzaro amaliy va nazariy mulokotdir. Tarbiya jarayoning jamiyat taraqqiyotidagi roli nihoyatda beqiyosdir. Insonni tarbiyalash, uni bilim olishga, mehnat qilishga undash va bu xatti-xarakatni sekin-asta koʻnikmaga aylantirib borish lozim. Insonning mushoxada qilish qobiliyatini tarbiyalaydi va mushoxada qilish aqlni peshlaydi. Aqlni ongni saklaydi. Bola oʻqishni, tarbiya olishni istaydi, katta boʻlib jamiyat hayotida faol ishtirok etishni xohlaydi. Pedagog uni qay usulda, qanday munosabatlar sharoitida, qanday pedagogik jarayonda tarbiyalashi lozimligini bilishi kerak. Shu bilan birga bola oʻzini oʻzgartirishda faol ishtirokchi ekanligini ham unutmaslik lozim.
Oʻqituvchi-doʻst, murabbiy, yoʻl boshlovchi boʻlgandagina oʻquvchilar oʻzlarining ichki olamlarini ochib koʻrsatadilar.
Yuqorida aytganimizdek, tarbiya tarbiyachi va tarbiyalanuvchi faoliyatlarini oʻz ichiga olgan ikki yoqlama jarayon. Tarbiyachilar bilim va tarbiyaga ega boʻlgan kishilar, tarbiyalanuvchilar - bilim va tajriba oʻrganuvchi yoshlardir. Ammo tarbiyalanuvchilar muayyan darajada faol faoliyat koʻrsatmasalar, tajriba va bilim oʻrgana olmaydilar.
Demak, tarbiya metodi tarbiyachi va tarbiyalanuvchilarning hamkorlikdagi faoliyat va oʻzaro ta’sir koʻrsatish usullaridir. Shaxsni shakllantirish maqsadida, bolaning ongi, his-tuygʻulari, irodasi, xulq-atvori va munosabatlari tizimiga ta’sir koʻrsatish uchun tarbiya metodlari ishlatiladi. Ilmiy adabiyotlarda tarbiya metodlari tarbiya usullari, deb ham yuritiladi.



Yüklə 0,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   44




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin