3. psixika va ongning taraqqiyoti


Seskanuvchanlik va tropizm



Yüklə 252,8 Kb.
səhifə3/16
tarix07.01.2024
ölçüsü252,8 Kb.
#206140
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
3. Psixika va ongning taraqqiyoti

Seskanuvchanlik va tropizm


Hamma tirik organizmlar o’simliklardan tortib, hayvonlargacha aks ettirishning biologik shakli seskanuvchanlik xususiyatiga egadir.
Seskanuvchanlik - tirik organizmning biologik ahamiyatiga ega bo’lgan ta'sirlariga javob qaytarish qobiliyatidir. Biotik, ya'ni biologik ahamiyatga ega bo’lgan omillariga maxsus harakatlar bilan reaksiya qilish usullariga tropizm yoki taksislar deyiladi.


Tropizm turlari quyidagi jadvalda yaqqol aks ettirilga:



Gidrotropizm





      1. Fototropizm - bu tirik organizmning yorug’lik ta'sirida harakatga kelishidir. Masalan, yoz kuni tungi chiroq yorug’ligiga mayda chivinlarning uchib kelishi.

      2. Termotropizm - tirik organizmning issiqlik ta'siri ostida harakat qilishga moyilligidir. Masalan, bahor kelishi bilan qashoratlarning jonlanib harakatga kelishi.

      3. Xemotropizm - tirik organizmning fizik-ximiyaviy muhitni tanlab olishga bo’lgan moyilligidir. Masalan, achigan, qatiq, mevalarga mayda chivinlarning yig’ilishi.

      4. Topotropizm - tirik organizmlarning mexanik qo’zg’atuvchilar ta'siri ostida harakat qilishiga moyiligidir. Masalan, chirigan olmaga tegilsa, unga yig’ilgan mayda hashoratlarning hammasi uchib ketadi. Mimoza o’simligiga tegilsa, u darhol yaproqini yopib oladi.

      5. Gemotropizm - tirik organizmning quyosh nuri ta'siri ostida harakat qilishga moyilligidir. Masalan, kungaboqar o’simligining quyosh nuri tomon harakatlanishi.

      6. Barotropizm - tirik organizmning havo bosimi ostida harakat qilishga moyilligidir. Masalan, havo bulut bo’lganida, havoda uchib yurgan hashoratlar yerga pastga qarab uchadilar.

      7. Gidrotropizm - tirik organizmning namlik suv ta'siri ostida harakat qilishiga moyilligidir.

O’simliklarda aks ettirishning biologik shakli faqatgina tropizmlardan iborat bo’lib, bu harakatlar o’simliklarga o’z-o’zini boshqarishiga yordam beradi, ya'ni ular o’zlari uchun foydali bo’lgan manbaga qarab intiladi yoki o’zini himoya qilishga doir boshqacha harakat qiladi. Masalan, nomozshomgul kechki payt ochilib, kunduzi yoruqlikdan yopiladi.
Hayvonlarda aks ettirishning yangi turi - sezuvchanlik yuzaga keladi. Sezuvchanlik qobiliyati tufayli, hayvonlar, o’simliklarga nisbatan ancha ko’p ta'sirotlarni aks ettirish imkoniyatiga ega bo’ladi. hayvon nerv tizimi va miyasi qanchalik yuksak darajada taraqqiy etgan bo’lsa, uning psixikasi ham shunchalik yuqori bosqichga ko’tarilgan bo’ladi. Odamda psixikaning rivojlanishi eng yuqori bo’lib, ong darajasiga ega.

Yüklə 252,8 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin