intellektual bosqich – predmet- lararo aloqalarni aks ettiradi.
III Perseptiv bosqich – predmetni idrok etish bilan bog’liq.
II Sensor bosqich– elementar sezuvchanlik bilan belgilanadi
I 25
Elementar(sodda)sensorpsixikabosqichi - A.N.Leontev ta'rificha, tashqi muhit ob'ektning u yoki bu sifatiga qarab javob beraveradi. Bu oddiy sezish bosqichidir. K.E.Fabri fikricha, oddiy sensor psixikaning ikki-past va yuqori darajasiga ajratiladi. Ko’pgina bir hujayralilar hamda ayrim ko’p hujayralilarda psixik rivojlanishning past darajasi kuzatiladi. Bunda psixik faollikning oddiy turlari namoyon bo’ladi. Elementar psixikaning yuqori bosqichida ko’p hujayrali umurtqasizlarda namoyon bo’ladi. Bu hayvonot evolyusiyasining zarur davridir. Nerv tizimi diffuz, to’rsimon ganglioz yoki zanjirsimon bo’lib, ular alohida predmetlarning sifatlarinigina aks eta oladilar. hayvonlar uchun ushbu bosqichda predmet olami mavjud bo’lmaydi, ular ob'ektni idrok eta olmaydilar. Ular psixik aks ettirishi oddiy sezgi tarzida bo’ladi.
Perseptivbosqich bo’lib, u tashqi, ob'ektiv voqelikni yaxlit aks etishi bilan xarakterlanib, alohida oddiy sezish turi emas. K.E.Fabrining fikricha, perseptiv psixikani ham ikki darajasi mavjud. Past darajaga yuqori darajali umurtqasizlar kiradi. Perseptiv psixikaning quyi bosqichida mavjud bo’lgan hayvonlar uchun ijobiy ta'sir etuvchilarni faol izlash xususiyati xosdir.
Predmetni idrok etish-perseptiv psixikaning yuqori darajasidir. Ushbu daraja rivojlangan nerv tizimiga ega umurtqalilarga xosdir.
Intellektual bosqich- yuksak darajada rivojlangan nerv tizimiga ega bo’lganlar, ya'ni odamsimon maymunlarga xosdir.