3. psixika va ongning taraqqiyoti



Yüklə 252,8 Kb.
səhifə5/16
tarix07.01.2024
ölçüsü252,8 Kb.
#206140
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
3. Psixika va ongning taraqqiyoti

Himoyalanish instinkti - hayvon o’z hayotini va omonligini saqlash harakatlarida ifodalanib, u ikki ko’rinishda sodir bo’ladi. Birinchisi dushmanga hujum qilish, ikkinchisi o’zini himoya qilishdir. har bir hayvon dushmandan himoya qilish uchun biror organidan shoxlari, tuyoqlari, tish-tirnoqlari, tikanlari kabi yoki zaharli-qidli suyuqlikdan foydalanadi. Masalan, Afrika kobrasi o’z zahrini 3,5 metr masofagacha ota oladi. Amerikada terisining usti qora jun bilan qoplangan uncha katta bo’lmagan bir yirtqich hayvon yashaydi. U amalda barcha turdagi yirtqich hayvonlarning hujumidan saqlangandir. hayvonlar uni orqasidagi uzun chiziqidan tanib oladi. Bu hayvon skuns deb ataladi. Tabiat skunsga bir bezni ato etganki, u benihoya zaharli, hidli suyuqlik tarqatadi. Salgina xavf tug’ilishi bilanoq, skuns dushmaniga orqasini o’girib, dumini ko’taradi va havoga suyuqlik purkaydi. Natijada eng katta yirtqichlar ham bir necha soat davomida "qushidan ketib qoladi". Amerika qit'asidagi barcha hayvonlar skunsni chetlab o’tishga harakat qiladilar. Bu hayvonni yangi iqlimga moslashtirishga qaror qilinib, yosh hayvonlarni oldiniga o’ralgan maydonda saqlashdi. Yirtqichlarni parvarish qilishda xizmatchilar qiynalmas-liklari uchun hayvonlardagi mumak bezlari olib tashlandi.
Erkinlikka qo’yib yuborilgan skunslar o’rmonlarda bemalol yurishardi. Skunslarga hujum qila boshlanganida, ular qochmasdan, orqalarini o’girib turishaverdi va dushmanlarining yengilgina o’ljasiga aylanishdi. Shundan keyin, skunslarning bezlari kesib tashlanmay, ularni boqishning boshqa usullari topildi.
Nasl qoldirish instinkti - bu ota-onalik instinkti sifatida ko’rinib, nasl - avlod uchun g’amxo’rlik qilish, uni ma'lum vaqtgacha ovqat bilan ta'min etish, xavf-xatardan saqlash o’z bolalarini parvarish qilish tug’ma mahoratiga ega bo’lib, o’z naslining kelajagi haqida g’amxo’rlik qiladi. Jumladan, o’rgimchakning ba'zi turlarida urg’ochilari o’z tuxumi uchun tolalardan pillalar yasaydi. Bu pillani urg’ochi o’rgimchak qo’riqlab va tez-tez ko’chirib yuradi, o’rgimchak bolalari paydo bo’lishi bilan urg’ochi o’rgimchak uyalarini yonidan siljimasdan qo’riqlab turadi. Nasli kattalashgani sari urg’ochi o’rgimchak ham ularga shuncha befarq bo’la boradi va so’ngra esa o’rgimchak bolalari mustaqil harakat qiladigan bo’lib, qolgandan keyin ularni tashlab ketadi.

Yüklə 252,8 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin