Islom ta’limoti. Islom dunyoda keng tarqalgan jahon dinlaridan biri. Arabiston yarim oroli, Iordaniya, Suriya, Falastin, Turkiya, Eron, Pokiston, Afrika qit’asidagi Marokash, Jazoir, Tunis, Liviya, Misr Arab Respublikasi, Sudan, Somali singari mamlakatlar xalqlari, O’rta Osiyo, Efiopiya, Bruney Sultonligi, Malayziya, Indoneziya hamda Livan, Hindiston, Xitoy hamda Filippin aholisining ma’lum bir qismi, Yevropa qit’asida esa Bolqon yarim oroli, Kavkazorti va Shimoliy Kavkaz, Volgabo’yi, Farbiy Sibir’da yashovchi xalqlarning bir bo’lagi islomga e’tiqod qiladi. Yer yuzida Islomga e’tiqod qiluvchilar, ya’ni musulmonlar qariyb 1,5 mlrd. ga yetadi va ular soni jihatidan xristianlardan so’ng ikkinchi o’rinda turadi. Islom so’zi arabcha «Ollohga o’zini topshirish», «itoat etish», «taslim bo’lish», «bo’ysunish» ma’nolarini beradi. Islomning asosiy manbasi bo’lmish Qur’oni Karim VII asrda nozil bo’lgan bo’lsa-da, islom ta’limotiga ko’ra bu din, yer yuzida insoniyat paydo bo’libdiki, barchalariga nozil qilingan. Muhammad s.a.v. avvalgi payg’ambarlar ishini davom ettirgan, ular dinini qayta tiklagan, qiyomat oldidan yuborilgan oxirgi payg’ambar - Nabiy va Rasul deb tan olinadi. Nabiy – payg’ambar, arab tilidan tarjimasi xabarchi, xabar yetkazuvchi ma’nolarini beradi. Payg’ambarlar orasida ularga Alloh tomonidan alohida kitob va shariat nozil qilinmagan va avvalgi payg’ambarning kitob va shariatini insonlarga targ’ib qilganlari nabiylar deb ataladi (Ismo’il, Is’hoq, Ya’qub, Zakariyo kabi). Rasul - payg’ambar, arab tilida elchi ma’nosini anglatadi. Alloh tomonidan alohida kitob va shariat berilgan payg’ambarlar rasullar darajasiga erishgan hisoblanadi (Ibrohim, Muso, ’Iso kabi). Makka davri. Muhammad ibn Abdulloh ibn Abd al-Muttalib Arabiston tarixida «fil voqeasi» nomi bilan mashhur jangdan 50 kun keyin tavallud topdilar. Misrlik munajjim Mahmud poshoning aniqlashicha Payg’ambarning tavallud topishlari milodiy sananing 571 yil 21 aprel’ kuniga to’g’ri keladi. Otalari Abdulloh Muhammad s.a.v. tug’ilmaslaridan oldin savdo ishi bilan Shomdan qaytayotib Yasrib(Madina)da vafot etdilar va o’sha yerga dafn etilganlar. Bola sog’lom va ziyrak bo’lib o’sishi uchun arablarda sahroyi ayollardan sut-ona topib emizish odati bor edi. Ana shu odatga ko’ra, Bakri qabilasidan bir guruh ayol go’dak izlab shaharga keladi. Muhammad s.a.v.ga sut-ona bo’lish Abu Zuaybning qizi Halimaga nasib etdi. Halimaning eri chorvador Abu Kabsha edi. Quraysh mushriklari Payg’ambar a.s.ni masxaralab kulganda u kishini Abu Kabshaga mansub qilib: «Bu Abu Kabshaning o’g’li nuqul osmondan gapiradi» deyishardi. Rasulullohni 4 yildan ortiq vaqt ichida emizgan Halimaning oilasiga baraka yog’ilib turdi. «Sharhi sadr» yoki «Shaqqi sadr» («Ko’krak yorish») voqeasi ana shu davrda yuz berdi (Qur’oni Karimning 94-surasi). Rivoyat qilinishicha, Rasululloh Halimaning qo’ylarini yaylovda boqib yurganlarida ikki oppoq kiyimli kishi kelib u kishining ko’kraklarini yorishadi-da, ichlaridan bir narsani olib tashlab, kesilgan joyni tikib qo’yishadi. Muhammad s.a.v.ni ikki oq kiyimli kishi olib ketishayotganini ko’rgan akalari o’z onalariga bu xabarni yetkazishganida bibi Halima voqea sodir bo’lgan joyga zudlik bilan yetib keladilar. Bu vaqtda kichkina Muhammad s.a.v. ranglari bir holatda turgan edilar. Keyin ularga bo’lgan voqeani o’z og’izlari bilan gapirib beradilar. Shundan so’ng birovning farzandiga biror shikast yetib qolishidan qo’rqqan Halima bolani o’z onalariga topshiradi. Ibn Kasirning «al-Bidoya va-nihoya» asarida keltirishicha, mazkur olib tashlangan narsa «inson qalbida mavjud bo’ladigan shayton nasibasi, ya’ni shaytoniy his-tuyg’ulardir». At-Tabariyga ko’ra, bu voqea Muhammad s.a.v. ning qalblaridan shayton nasibasini zam-zam suvi bilan pokiza qilib yuvib tashlashdir. 6 yoshlarida onalari Omina vafot etdilar. 8 yoshgacha bobolari Abdulmuttalib qo’llarida qolib, bobolari vafot etgach, amakilari Abu Tolib Muhammad s.a.v.ni o’z qarmog’iga oldi. Muhammad s.a.v. 25 yoshga to’lganlarida Asad jamoasidan bo’lgan boy ayol Xadicha bint Xuvaylid u kishidan o’zining savdo karvoni bilan birga Shomga safar qilishni so’radi. Bu savdodan katta foyda tushdi. Muhammad s.a.v.ning to’g’riso’zlik, halollik, sadoqatlilik kabi yuksak insoniy fazilatlarini ko’rgan Xadicha yoshlari ancha katta bo’lishiga qaramay, taomilga zid ravishda unga sovchi qo’ydi. Muhammad s.a.v. tomonidan amakilari Abu Tolib, Xadicha tomonidan amakivachchasi Varaqa rozilik berib, nikoh o’qildi. Muhammad s.a.v.ning shu xotinlari u kishining yetti farzandlaridan 6 tasining onasi bo’lgan. Ular, Zaynab, Ummu Kulsum, Ruqiya, Fotima, Qosim, Abdullohlardir. Moriya isli ayollaridan esa Ibrohim tug’ilgan. Muhammad s.a.v. 35 yoshga kirganlarida makkaliklar Ka’bani ta’mir etishadi. Uni qayta qurish jarayonida muqaddas sanalgan «Hajar al-asvad» (Qora tosh)ni kim o’rniga qo’yadi degan masalada tortishib qoladilar. Shunda ulardan biri - «ertalab Safo eshigidan kim birinchi kirib kelsa o’sha bizga hakamlik qilsin», deydi. Ertalab Safo tarafidan Muhammad s.a.v. kirib keladilar. Uni ko’rgan olamon «Muhammad al-Amin (ishonchli Muhammad) keldi» deb, xursand bo’lishadi. U zot choponlarini yechib, unga Qora toshni qo’yib, barcha qabila boshliqlarini choponni baravariga ko’tarishga buyuradilar va o’zilari Qora toshni joyiga qo’yadilar. Muhammad s.a.v. o’zlarining zukkoliklari bilan qabilalar o’rtasida chiqishi mumkin bo’lgan nizoning oldini oladilar. Muhammad s.a.v. 40 yoshga yetganlarida ko’proq yolg’izlikni qo’msaydigan bo’lib qoldilar. Makkadan 3 mil masofadagi Hiro tog’ida joylashgan g’orga ketar va Ramazon oyini u yerda kechirib, ibodat qilardilar. Famlagan ozuqalari tugagach bibi Xadicha oldiga qaytar, bu yerda bir oz qolib, yana o’sha g’orga ketar edilar. U yerda o’zlarini sukunatga berib, chuqur o’yga tolar edilar. Foyibdan quloqlariga «Sen Allohning elchisisan» degan tovushlar eshitilar edi. Milodning 610 yilida Ramazoni sharif oyida Payg’ambar a.s. odatga ko’ra, yana Hirodagi g’orga chiqdilar. Jamiyatda yuz berayotgan nohaqliklar, insoniyat jabr tortayotgan zalolatdan qutulish - oliy haqiqatga erishish haqida fikr yuritar edilar. Hiro tog’ida avvalgi o’tgan payg’ambarlardan Ibrohim, Muso, Iso kabi «tahannus» ibodati bilan mashg’ul bo’lardilar. Imom al-Buxoriy bu ibodatga shunday sharh beradilar: «Payg’ambarimizning qaysi shaklda ibodat qilganligi so’raladigan bo’lsa, buning tafakkur va ibratdan iborat bo’lganligini aytamiz». Payg’ambarlikning boshlanishi tushda ayon bo’la boshladi. Tushda ko’rilgan har bir narsa oydin bir subh kabi o’ngda yuz berardi. Kunlarning birida Hiro tog’idagi g’orda vahy keltirgan farishta Jabroil a.s. Payg’ambarga ko’rindi va:
O’qi, - dedi.
Payg’ambar:
Men o’qishni bilmayman, - dedilar.
Farishta yana amrini takrorladi. Payg’ambar yana:
Men o’qishni bilmayman, - javobini berdilar. So’ngra farishta u kishini boshdan oyoqqa qadar kuchlari qolmaguncha siqdi.
Shunda Payg’ambar:
Nimani o’qishim kerak? - deb so’radilar.
U zamon farishta ilohiy oyatlarni o’qiy boshladi:
«Yaratgan rabbing nomi bilan o’qi! U insonni lahta qondan yaratdi. O’qi! Karami keng bo’lgan Rabbing haqqi uchunki, U qalam bilan ta’lim berdi, insonga bilmaganlarini o’rgatdi».
«Alaq» surasining boshidagi bu oyatlar ilk kelgan vahydir. Payg’ambar a.s. bu oyatlarni qalbga joylab, farishtaning ketidan qaytardilar. Shundan so’ng bo’lib o’tgan voqeadan nihoyatda hayrat va qo’rquvga tushganlaridan darhol bibi Xadichaning huzurlariga qaytdilar va «Meni o’rab qo’ying, o’rab qo’ying», dedilar. O’ranganlaridan so’ng uzoq uyquga ketdilar. Uyg’ongach bo’lgan voqeani ayollariga so’zlab berdilar. Xadicha buni yaxshilikka yo’yib, Varaqa ibn Navfal nomli avvalgi samoviy kitoblardan boxabar bo’lgan qarindoshlarining huzuriga borib, bu voqeaning tafsilotini so’radilar. Varaqa bu ko’ringan farishta Muso va Iso payg’ambarlarga vahyni olib tushgan «Nomusi Akbar» - Jabroil ekanligini aytdi. U yana kelajakda Muhammad s.a.v. ummatga payg’ambar bo’lishlari, bu yo’lda ko’p aziyat chekishlari, o’z yurtlaridan chiqarilishlari haqidagi xabarlarni bildirdi. Rasululoh yashirin da’vatga o’tdilar. Birinchi bo’lib Xadicha bint Xuvaylid va amakivachchalari Ali ibn Abi Tolib imon keltirishdi. Keyin Zayd ibn Horisa, Abu Bakr imon keltirishdi. Birinchilardan bo’lib iymon keltirganlarni ko’radigan bo’lsak, ular ayollardan - Xadicha, erkaklardan - Abu Bakr, yosh bolalardan - Ali ibn Abi Tolib, qullardan - Zayd ibn Horisa bo’ldilar. Ular jamiyatning turli tabaqalaridan bo’lib, bu narsa islom hamma uchun ham munosib din ekanini ko’rsatardi. Vaqt o’tishi bilan jami musulmonlar 30 kishiga yetdi. Ular qurayshiylarning yangi dinga qarshi ekanliklarini bilganliklari uchun o’z dinlarini yashirin saqladilar. Bu holat uch yil davom etdi. Shundan so’ng islomga ochiq da’vat qilish vaqti yetganligini bildiruvchi quyidagi mazmundagi oyatlar nozil bo’ldi: «Yaqin qarindoshlaringni uyg’ot, mo’minlardan senga tobe’ bo’lganlarga rahmat va himoya qanotlarini tushir. Agar senga osiy bo’lib qarshi turaversalar, ularga: Men sizning amallaringizdan pokdurman (tamomila uzoqman), deb ayt» (Shuaro surasi, 214-216-oyatlar). «Sen o’zingga amr qilingan ishni (haq dinga da’vat qilishni) ochiqdan-ochiq yuzaga chiqar va mushriklardan yuz o’gir» (Hijr surasi, 94-oyat). Payg’ambar bu oyatga binoan Abdulmuttalib oilasini, amakilari Abu Tolib, Abbos, Hamza, Abu Lahablarni uylariga ziyofatga taklif etdilar. Ovqatdan so’ng Payg’ambar vahy qabul qilganlari, yangi din islomga da’vat etishga buyurilganlari haqida gapirdilar. Abu Lahab bu so’zlarni qat’iy inkor etib, yig’ilganlarni tarqatishga tushdi. Bir muddat o’tgach Payg’ambar da’vatni yanada kuchaytirdilar. Bir kuni Safo tepaligiga chiqib: «Ey Quraysh xalqi», - deya xitob qildilar. Bu xitobni eshitganlar Muhammad s.a.v.ning atrofiga to’plandilar. U kishi to’planganlarga qarata: Sizga shu tepaning orqasida bir dushman qo’shini borligi xabarini aytsam, menga ishonasizmi? - deya so’radilar. Ha, ishonamiz, chunki sening yolg’on so’zlaganingni hech eshitmadik,- dedilar. Payg’ambar ularga: U holda sizni ogoh etaman. Agar siz Allohga ishonmasangiz, buyuk bir azobga duchor bo’lasiz,- deb qabila nomlarini birma-bir sanab o’tdilar. So’ngra: Xabaringiz bo’lsinki, Alloh menga yaqin qabilamni ogoh etishimni amr etdi. Men siz uchun na dunyo manfaatini saqlamoqqa, na oxiratda topadigan nasibamizni hozirlashga qodir emasman. Bular sizning bir so’zingizga bog’liq. U ham bo’lsa, «La ilaha illalloh» («Allohdan boshqa iloh yo’qdir»), deyishingizdir,- dedilar. Tinglovchilar orasida bo’lgan Abu Lahab darhol o’rnidan turib: Kunimizni zahar qilding. Bizni bu yerga shuning uchun to’pladingmi?- dedi. Shu sabab bo’lib, bu yig’in ham bir natija bermadi. Ilk musulmon bo’lganlarning ichidan hech kimi va orqasida quvvatli suyanchig’i bo’lmaganlar mushriklarning ta’qibiga uchradilar. Makka mushriklari Abu Bakr, Usmon ibn Affon kabi obro’li va badavlat zotlarga bir narsa deya olmas edilar. Ammo zaif bo’lgan faqirlarni och va suvsiz tutishar, urar edilar. Ular orasida Bilol Habashiy, Ammor ibn Yosir, Suhayb Rumiy, Habbob ibn Arat, Abu Fakayha kabi qullar hamda Lubayna, Nahdiyya, Zinnira, Ummu Abis kabi joriyalar bor edilar. Mushriklar Usmon ibn Affon kabi musulmonlarga qo’llaridan kelgan azoblarni berishdan chekinmayotgan edilar. Payg’ambarga eng ko’p dushmanlik qilganlar quyidagilar edilar: Abu Lahab, Abu Jahl, Valid ibn Mug’ira, Abu Sufyon, Umayya ibn Xalaf, Os ibn Voil. Quraysh ulug’lari Muhammad s.a.v. ning Alloh elchisi bo’lganligini tan olgan edilar. Ammo hasad yuzasidan unga qarshi chiqar edilar. Buni Ahnas Abu Jahldan islom haqidagi fikrini so’raganida u bergan javobdan bilsa bo’ladi: «Biz bilan Hoshimiylar o’rtasida qadimdan raqobat bordir. Sharafni o’rtada bo’lisha olmaymiz. Ular ziyofat bersalar, biz ham beramiz. Ular xayr-saxovat ko’rsatsalar, biz ham ko’rsatamiz; ulardan orqada qolmaymiz. Shunday barobar ketayotgan paytimizda ulardan biri o’ziga ko’kdan vahy kelganini xabar beryapti. Biz bunga qanday qo’shila olamiz? Vallohi, biz ularning Payg’ambariga ishonmaymiz!..». Musulmon bo’lmagan makkaliklar ham Muhammad s.a.v.ning yuksak axloq egasi ekanliklarini tan olar edilar. Musulmonlar safi kengayib Payg’ambar amakilari - jasur Hamza undan so’ng Umar ibn al-Xattobning imon keltirishlaridan mushriklar sarosimaga tushib qoldilar. Ular musulmonlarga ozor berishni yanada kuchaytirib yubordilar. Bu aziyatlardan xoli bo’lishlari uchun Payg’ambar musulmonlarga Habashistonga hijrat qilishni buyurdilar. Habashistonga ketishni istagan 11 erkak va 4 ayoldan iborat bo’lgan birinchi guruh Makkadan yashirin ravishda chiqib, Qizil dengiz bo’ylab ketdi. Ularning ichida Usmon ibn Affon va xotini Ruqiya (Payg’ambarning qizlari), Abu Huzayfa va xotini, Zubayr ibn Avvom, Abdurrahmon ibn Avf, Abdulloh ibn Mas’ud bor edilar. Guruh boshlig’i Usmon ibn Maz’un edi. 15 kishi bir guruh holida vahyning 5-yili Habashistonga ketdilar. Ularni Habashistonda juda yaxshi kutib oldilar. U yerda yaxshi sokin hayot kechira boshladilar. Ularning bunday osoyishta hayot kechirayotganliklarini eshitgan boshqa musulmonlar ham bir yildan so’ng ikkinchi bir guruh holida u yerga hijrat etdilar. Bu guruhning boshida Ja’far ibn Abi Tolib bo’lib (Alining akasi), ular 80 kishi edilar. Habashiston xalqi va uning podshohi Najoshiy musulmonlar juda yaxshi munosabatda bo’ldilar. Makkaliklar Abdumanof urug’ini Abu Tolib darasiga qamal qildilar. Shundan so’ng ikki marta habashistonga hijrat qilindi. Qamaldan so’ng Xadicha vafot etdi. Payg’ambar Toifga hijrat qildilar. Makkada «Isro va Me’roj» voqeasi yuz berdi. Dushmanlar Rasulullohni o’ldirishga qaror qilishdi. 6.Islomda inson huquqlari himoyasi, tenglik, adolat va tolerantlik go’yalari. Ijtimoiy tenglik, adolat, tolerantlik, axloqiy qadriyatlar, do’stlik va o’zaro yordam, ma’rifat, tarbiya, axloq, din, munosabat, qadriyat, e’tiqod, bola tarbiyasi, ayol, erkak, ota, ona, farzand, burch, shariat, hadis, Qur’on, millat, elat, diniy bag’rikenglik, musulmonchilik, an’ana, rasm-rusumlar. Islom huquqi o’z zaminida normativ tizim sifatida VII-X asrlarda arab xalifaligida feodal jamiyat qaror topayotgan bir davrda shakllangan bo‘lib, islom diniga asoslangandir. Islom mavjud huquq Alloh tomonidan yuborilganligiga asoslanadi. Sarvari koinot tarixning muayyan bir davrida bashariyatga o'zining rasuli - Muhammad payg‘am bar (taxminan 570 - 632-yillar) orqali islom ta ’limotini ayon etdi. Alloh tomonidan in’om etilgan huquq insoniyatga bir yo‘la va abadul-abad berilgan. Shu bois, jamiyat bu huquqqa amal qilmog'i lozim. Islom huquqi nazariyasi ilohiy kashfiyot tushuntirish va sharhlashga muhtoj ekanligini e’tiro fetadi. Islom huquqshunoslarining necha asrlik sermashaqqat ishlari aynan ana shunga,ya’ni, tushuntirishva sharhlashga ketgan. Biroq, ularning bu sa’y-harakatlari yangi huquq yaratishga emas, balki, Alloh tomonidan nozil bo‘lgan huquqni faqatgina amaliy jihatdan foydalanish uchun moslashtirishga qaratilgan, xolos. Islom huquqida Rimning keyingi davriga oid bo'lgan huquqdagi, qolaversa, G‘arb huquqiga xos bo'lgan qonun tushunchasi yo‘q. Nazariy jihatdan yolg‘iz Alloh qonunchilik hokimiyatiga ega. Amalda esa, huquqshunos olimlaming asarlari Islom huquqining birdan-bir manbaidir. Islom huquqi mutaxassislar tomonidan yaratilgan va rivojlantirilgan. Davlat emas, balki, fiqh - huquq ilmi qonun chiqaruvchilik rolini o‘ynaydi1. Huquq muayyan normalaming majmui sifatida islom amal qila boshlagan dastlabki ikki asr mobaynida shakllandi. Keyingi asrlar amalda bu borada hech bir yangilik kiritmagan. Ana shu turg‘unlikni ijtihod eshiklarining yopilishi bilan bog‘laydilar. XIX asrga qadar Islom huquqiy ongining tadrijiy rivoji diniy- huquqiy sharhlar hamda fatvolar majmuida o‘z ifodasini topgan. Bu sharh va fatvolar esa, shariatning an ’anaviy qoidalari va tamoyillarini yangicha tarzda talqin etar ekan, hech qachon ularni ochiqdan-ochiq rad etmagan va ularning odatiy jarangini o’zgartirmagan. Islomda ham nasroniylikdagi kabi ruh abadiyligi g‘oyasiga e’tiqod qilinadi. Unda bani bashar Odam Atoning teng huquqli farzandlari sifatida qaraladi. Musulmonlar o‘z qavmlaridagi kofirlarga, bedinlarga hamisha sabr-murosa bilan munosabatda bo’lish, bag‘rikenglik fazilatini namoyon etib kelganlar. Nomusulmon jam oalarga, odatda, o’z ichki ishlarini boshqarish huquqi berilgan. Arablarning islomgacha bo‘lgan urf-odatlari va udumlariga nisbatan islomda qashshoqlar, yetim-yesirlar va ayollarga munosabatda anchagina ilg‘or tamoyillar k o’zga tashlanadi. Garchi, quldorlik saqlanib qolgan bo'lsada, qullarga huquqlar berilgan, ular, xususan, ishlab topgan m ablag'lari asosida haq to’lab, ozod bo'lish huquqini olganlar. Majburiy tusda bo’lmasa ham, harqalay qullaming ozod qilinishi din sharofati bilan sodir bo‘ladigan harakat sifatida qo‘llab-quw atlab kelingan. Ilgari keng tarqalgan qiz bolalami go’dakligidayoq nobud etish, yo‘q qilishdek vahshiy odat taqiqlangan. Qotillik uchun shaxsiy o’ch olganlik yoki boshqa jinoiy qilmishlar yuzasidan javobgarlik kuchaytirilgan. Odil sudlov din peshvolari tomonidan Q ur’on oyatlariga qat’iy muvofiq ravishda amalga oshirilgan. M uqaddas kitob - Qur’onda er-xotin ajralishi to‘g’risidagi normalar, nikoh bekor bo'lishi oqibatida bolalarga nisbatan keltirib chiqadigan qoidalar ham qamrab olingan. Shu sababli, E.Mayer ta’kidlab aytganidek, “Islom tafakkur olami inson huquqlarining rivojlangan nazariyasiga ega bo'lm aganligi fakti musulmon dunyosining an ’anaviy jam iyatlarida davlat repressiv namunada tuzilganligini anglatmaydi; aksincha, tarixan bunday jam iyatlarda ijtimoiy va madaniy masalalarga hukmdorlaming aralashmasligidek umumiy namuna mavjud bo'lgan. O 'tm ishda qaror topgan an’analar, urug'-aym oq vajam oalar singari nohukumat institutlari shaxs erkinligiga ta’sir etuvchi omillar sifatida hukmdorlarga nisbatan muhimroq rol o'ynagan. Davlat bilan shaxs huquqlari o'rtasida muttasil nizo va mojarolar keltirib chiqaradigan yoki islom mutafakkirlarini bunday erkinliklami hukmdorlar egallab olishidan himoya etish bilan, inson huquqlarining hozirgi normalari rivoji zamirida yotgan tashvish-anduhlar bilan bog'liq masalalar ustida ish olib borishga undaydigan shart-sharoitlaming o 'zi yo'q edi. Islomning bu muqaddas manbalarida insonning taqdiri va hayoti Alloh nomi bilan bog‘liq holda ifodalab beriladi. Bunda yer yuzidagi barcha insonlaming Alloh oldidagi tengligi g'oyasi, har bir insonga Alloh tomonidan berilgan ne’matlardan ularning baravar foydalanishi zamrligi g‘oyasi bilan chambarchas bog‘lanib ketganini ko'ramiz. Qur’oni Karim va Hadisi Shariflarda insonning Alloh va shariatdagi haq-huquqlari inson foydalanishi zarur bo‘lgan alohida huquqlar misolida ko‘rsatib berilgan. Masalan, Q ur’oni Karimning “Baqara surasi”dagi 220-oyatda yetimlaming haqlari to’g’risida, 223, 228-229, 230-oyatlarida erkak va ayolning nikohga kirishi yoki nikohdan chiqish huquqi, “Oli imron surasi”ning 20-oyatida islom diniga e ’tiqod qilish huquqi va insonning boshqa huquqlari shariat talablari asosida bayon qilingan. 256-oyatda islom dinining adolatliligi quyidagicha bayon etiladi: “Dinda zo‘rlash yo‘q, zero, to‘g’ri yo‘l yanglish y o’ldan ajrim bo‘ldi. Bas, kim shayton (yoxud butlar) ni inkor etib, Allohga imon keltirsa, demak, u mustahkam halqani ushlabdi. Inson huquqlarini shariat talablari asosida ko‘rsatib berishga doir bunday yondashish hadislarda ham o’zining aniq ifodasini topgan. Har bir hadisda jam iyat hayotining alohida bir masalasiga doir talablar ilgari surilganligi uchun ham, ularda insonning xilma-xil haq-huquqlari ularning alohida huquqlari misolida bayon qilib beriladi. Masalan, Imom Buxoriyning “Al-adab, al-mufirad” (Adab durdonalari) asarida ota-ona haqini ado qilish, farzandning ota-onasi oldidagi va ota-onaning farzandi oldidagi haq-huquqlari, ziyorat qilish, turar joyga ega bo'lish va boshqa shular singari haq-huquqlaming har biri alohida hadislarda berilganki, bunday holni hadislar to'g'risida yozilgan har bir asarda uchratish mumkin. Turli masalalardagi singari inson huquqlari masalasiga doir hadislarda ham inson huquqlari masalasi uning haq-huquqlari misolida beriladi. Bunda insonning kimningdir oldidagi haqi (Allohning, uning rasuli Muhammad Payg'am bam m g yoki jam iyatning) uning huquqi ekanligini ham anglatadi. Masalan, bordi-yu, bir kishi ikkinchi bir kishidan biror narsa bilan qarzdor bo'lib qolgan bo'lsa, bu qarzni qaytarib olish shariatda ikkinchi kishining huquqi hisoblanadi va shu ikkinchi kishi o'zining qarzini qaytarib olish huquqidan foydalanishi mumkin bo'ladi. Qarz olgan kishining uni qaytarib berishi esa, uning huquqi hisoblanmaydi. Shunga ko'ra, islomda va uning manbalarida insonning huquqlari uning haqi misolida berilganligini ko’ramiz. Jumladan, Imom Buxoriy farzandlar ota-onalarini rozi qilish huquqiga ega ekanligini quyidagi bir hadisda shunday bayon qiladi: “Kim ota-onasini rozi qilsa, unga tubo (jannat) nasib bo’lib, Alloh Taolo uning umrini ham ziyoda qiladi”. Bunda farzandning ota-onasini rozi qilishi kerakligi Alloh nomi bilan har bir insonning u foydalanishi mumkin bo‘lgan huquqi ekanligi nazarda tutilgan. Inson huquqlari va uni himoya qilish masalasi at-Termiziy qarashlarida ham o’zining chuqur ifodasini topganligini ko‘ramiz. Ulzot to‘plagan ko'pchilik hadislarda hamda Muhammad payg‘ambar alayhissalomning siyratlari madh etilgan asarlarida janob Rasulullohning inson huquqlarini himoya qilish borasida qilgan amallari va yo’l-yo‘riqlari to‘g’risida qimmatli fikrlar bayon qihnadi. Chunonchi, At-Termiziy tomonidan yozilgan “Ash-shamoyil an-nabaviya” (Payg‘ambaming alohida fazilatlari) asarida Rasulullohning inson huquqini himoya qilish borasidagi amallaridan biri quyidagicha ta’riflab beriladi: “Muhammad payg‘ambarimiz (s.a.v.)...qachon bir kishining haqiga tajovuz qilinsa, ul holda g'azablarini hech bir narsa bosolmas erdi. Andin intiqom olmay qo‘ymas erdilar”. Imom Buxoriy, at-Termiziy va boshqa ko‘plab hadis ilmining fidoyilari inson, uning sha’ni, obro‘ va martabasi muqaddas ekanligini, uning haq-huquqlari Alloh taolo va uning rasuli Muhammad payg‘ambar (s.a.v.) tomonidan shariat yo‘li bilan himoya qilinishi zarurligi haqida ta'lim berganlar. Bu mutafakkirlaming har biri o‘zlarining butun hayotini hadis ilmini o’rganishga bag‘ishlash bilan birga, m o'min musulmonlami birovga zulm o‘tkazmaslikka, birovning haqini yemaslikka, birovning haq-huquqlari poymol etilishiga yo’l qo‘ymaslikka undab keldilar.Hadisi Shariflarda insonning qadr-qimmatini kamsitishga y o i qo‘ymaslik, uning sha’ni va obro‘siga tajovuz qilmaslik, har kimning sir saqlashi, erkin fikr yuritishi, erkin so’zlashishi singari shaxsiy huquqlari bilan birga, uning mulkka ega bo'lishi, turar joyli bo'lishi va uning daxlsizligi singari turli xildagi ijtimoiy huquqlari ham shariat talablariga va qonunlariga muvofiq tarzda himoya qilinishi zarurligi o 'z ifodasini topgan. Masalan, insonning sir saqlash huquqidan foydalanishi mumkinligini Imom Buxoriy, Muhammad payg'am barning xotinlari Oysha ona qizlari Fotimadan “janob Rasululloh senga qanday sir aytdilar?” deb so'raganlarida Fotima “o 'z onalariga otalari aytgan gapni oshkor qilmasliklarini aytdilar”, degan hadisni keltiradi4.Imom Buxoriy, at-Termiziy, al-Mavraziy, al-Barakatiy, an-Nasafiy va boshqa ko'plab hadisnavis allomalar to'plagan hadislarda ham insonning huquqlari va ulami himoya qilishning zarurligi bilan bog'liq masalalar haqida muhim m a’lumotlar keltiriladi. Inson huquqlari masalasining hadislarda berilishi bejiz emas. Chunki, islom dinida insonning sha’ni, qadr-qimmati yuksak darajaga ko'tarilgan bo'lib, uni tahqirlashga qaratilgan har qanday urinish qoralanadi. Islomda barcha m o'm in-m usulm onlar Allohning bandalari ekanligi va ular Alloh taolo oldida teng huquqqa ega ekanligi, Alloh taolo o 'z bandalarini ularning qilmishlariga yarasha himoya qilib turishi to'g 'risid a muhim g'oyalar ilgari suriladi. Islomda Alloh taolo har bir m o'm inning haq-huquqini kamsitmaslik va uni oshirib ham yubormaslikni buyurishi haqida muhim ma’lumotlar beriladi. Ulamolaming ta’biriga qaraganda, islomda insonning haq-huquqlari o'nta bo'lib, ular: 1. Alloh taoloning haq-huquqlari; 2. Payg'am bar alayhissalomning haq-huquqlari; 3. Ota-onaning haq-huquqlari; 4. Farzandlaming ota-onalardagi haq-huquqlari; 5. Qarindosh-urug'laming haq-huquqlari; 6. Er-xotinning haq-huquqlari; 7. Hokimiyat va raiyatning haq-huquqlari; 8. Q o'shnining haq-huquqlari; 9. Musulmonlaming haq-huquqlari; 10. G 'ayridin xalqlaming haq-huquqlaridan iborat. Bu haq-huquqlarda insonning jam iyatdagi huquq va burchlari islom va shariat qonun-qoidalari asosida ko'rsatib beriladiki, ulardan foydalanishda har bir inson to 'la erkinlikka egadir. Bunday erkinlik insonlarga Alloh taolo tomonidan berilgan bo'lib, uni tahqirlashga qaratilgan har qanday urinish inson huquqlarini kamsitishdan boshqa narsa emas.Islom ulamolari tomonidan tasn if qilingan haq-huquqlar orasida eng muqaddasi - bu Alloh taoloning haq-huquqlaridir. Alloh taolo tomonidan insonlaming tinch va osoyishta hayot kechirishlari, ularning o'ziga va bir-birlariga yaxshi munosabatda bo'lishlari, hech kimning haq-huquqini kamsitish mumkin emasligi to'g'risidagi vahiylari Q ur’oni Karim oyatlari orqali nozil qilingan. Musulmonchilik haq-huquqlari orasida Payg'am bar alayhissalomning haq-huquqlari ham Alloh taolo haq-huquqlaridan keyingi oliy haq-huquq hisoblanadi. Chunki, payg‘ambarimizning barcha amallari va pand- nasihatlari, ul zotning yo'riqlari insonning haq-huquqlarini hurmat qilish va uni kamsitishga yo’l qo'ym aslikdan iborat. Inson huquqlari masalasi islomda shuhrat qozongan tasavvuf ilmining asosini tashkil etadi. limning bu turi Sharqda keng tarqalgan bo’lib, 0’rta Osiyoda uning vujudga kelishi va rivojlanishiga Ahmad Yassaviy, Abduxoliq G’ijduvoniy, Bahouddin Naqshband, X o‘ja Ahror singari buyuk siymolar katta hissa qo‘shdilar. Ulaming ta ’limoti islomda tariqat (Tariqat - islomda y o’l-yo‘riq, yo‘nalish degan m a’nolami anglatadi) deb atalib, bu tariqatlarda falsafiy, diniy-axloqiy, huquqiy masalalar to’g’risidagi muhim g’oyalar ilgari suriladi. Bu tariqatlardagi g'oyalar uzoq yillardan buyon insonning jamiyatdagi o 'z haq-huquqlarini anglab olishlarida va uni himoya qilishlarida muhim ahamiyat kasb etib kelmoqda. Yassaviy, G'ijduvoniy, Naqshbandiy tariqatlarida insonning shaxsiy va ijtimoiy huquqlari masalasi insonning Alloh taolo va uning rasuli Muhammad alayhissalom oldidagi tengligi misolida bayon qilinadi. Islom tariqatlarida har bir kishining dinga e ’tiqod qilishi, uning foydali mehnat bilan shug‘ullanishi, ilm olishi, aybsiz jazolanmasligi, qiynoqqa solinmasligi singari masalalar b o‘yicha ilgari surilgan g’oyalar muhim ahamiyatga egadir. Alisher Navoiy o'zining “Nasoyim ul-muhabbat” asarida m o'm in- m usulmonlaming dinga e ’tiqod qilish huquqiga ega ekanligi to’g’risida Naqshbandiya tariqatida berilgan fikrlarga yuqori baho beradi. Uning yozishicha, Bahouddin Naqshband islom shariatiga va uning talablariga rioya qilish ixtiyoriy ekanligini qayd qiladi va bu talablarning ijrosida insonning qadr-qimmati kamsitilishiga yo’l qo‘yib bo'lm asligi zarurligini ta ’kidlaydi. Tasavvuf ilmida bir qancha yo'nalish bo‘lib, ularning islomda birmuncha keng tarqalgan yo‘nalishlaridan biri Naqshbandiya tariqatidir. Unda ilgari surilgan “dil ba yom dast ba kor” (dil - Allohda, qo‘l - ishda) mavzusidagi g’oya insonni mehnat qilishga undash bilan birga, uning mehnat qilish huquqiga ega ekanligini ham bildiradi. Haqiqatan ham, Naqshbandiya ta’limotiga amal qilgan kishilar halol mehnat bilan kun kechirish, Allohning marhamatlaridan bahramand bo’lish, o’z oilasini obod qilish, savdo-sotiq bilan shug‘ullanish va boshqa shular singari shaxsiy va ijtimoiy huquqlardan foydalanishga harakat qilganlar. Tasavvuf ilmida musulmonlik haq-huquqlariga doir masalalar o'zining chuqur ifodasini topgan. Alloh oldida barchaning tengligi g’oyasi tasavvuf ilmining asosini tashkil qilganligi uchun ham unda Alloh taolo va uning rasuli Muhammad alayhissalomning haq-huquqlari juda keng va chuqur ifodalab berilgan. Ahmad Yassaviyning “Hikmatlar”, Abduxoliq G’ijduvoniyning “Vasiyatnoma”, Imom G’azzoliyning “Oxiratnoma” asarlarida inson zoti Alloh buyurgan amallami bajarish bilan uning oldidagi o’z haqini ado etishi, Alloh va uning payg‘ambari Muhammad alayhissalomning inobati bilan berilgan shariat huquqlaridan foydalanishi va shu yo’l bilan har bir m o‘min komil inson bo’lib hayot kechirishi mumkinligi to’g’risida qimmatli flkrlar yozilgan. Shuningdek, ulaming asarlarida ota-onalaming, farzandlaming, qarindosh-um g‘laming, em xotinning, davlat rahbarlari va raiyatning, qo'shnilarning haq-huquqlari o’zining aniq ifodasini topgan. Insonning erkin bo‘lishi g’oyasi Tasavvuf ilmining asosini tashkil etadi. Chunki, tasaw u fd a insonning xatti-harakatlari, uning jam iyatdagi mavqei qanday bo‘lishi mumkinligi Alloh taoloning irodasiga bog'liq ekanligi bilan asoslab beriladi. Har bir insonning Alloh taolo visoliga yetishi g'oyasi Tasavvuf ilmida uning insonga xos bo'lgan haq-huquqlaridan biri sifatida qaraladi. Bu huquq islomda shariat talablariga asoslangan bo'lib, unga to'sqinlik qilish Alloh taologa shak keltirish bilan barobardir. Shuning uchun ham, Tasavvuf ilmining namoyandalari o'zlarining asarlarida musulmonlik haq-huquqlari orasida insonning Alloh taologa iymon keltirishi zarurligini ta’kidlaydilar. Tasavvuf ilmining yetuk namoyandalaridan biri Ahmad Yassaviy o'zining “Hikmatlar” asarida har bir inson Alloh taoloning visoliga yetish huquqiga ega ekanligini ko'plab hayotiy misollar asosida tushuntirishga harakat qilgan. Shuning bilan birga, Yassaviyning Tasavvuf ilmidagi qarashlari uning har bir insonning kiyim-kechakka, uy-joy ga ega bo'lish singari huquqlarga ega ekanligi g'oyasi bilan ham chambarchas bog'lanib ketgan. Insonga zulm qilmaslik, tazyiqqa duchor etmaslik, shaxsiy hayotiga aralashmaslik singari insonparvarlik g'oyalari Yassaviy hikmatlarida o'zining chuqur ifodasini topgan.Sharq olamida mashhur bo'lgan “Fiqh” ilmi inson huquqlari va ulami himoya qilishni shariat qonunlari asosida yoritib berishdagi asosiy inanbalardan biri hisoblanadi. Fiqh ilmi o 'rta asrlarda sharq mamlakatlarida shariat m e’yorlari va tartib-qoidalarini qonuniy y o 'l bilan tartibga solib turish zarurati asosida vujudga kelgan.Fiqh ilmi islom olamida juda keng tarqalgan bo'lib, uning ijodkorlari Qur’oni Karim, Hadisi Shariflar, Ijmo hamda Qiyosdagi huquqiy ko'rsatm alar, yo’l-yo‘riqlar, qonun-qoidalami o'rganish va ularning mohiyatini ochib berish bilan shug'ullanganlar. Ular islom va uning qoidalarini mukammal o'rganganlar, bu qoidalar orasida huquqshunoslikka oidlarini tanlab olganlar va tartibga keltirganlar. Bu ish bilan shug'ullangan mutafakkirlar turli davrlarda va turli xil sharoitlarda yashaganlar. Bu hoi, shubhasiz, ularning masalaga turlicha yondashishlariga sabab bo'lgan. Ulaming ayrimlari boshqalarining ishlaridan xabardor bo’lganlari holda, b a ’zilari esa, mutlaqo bexabar holda ish olib borganlar. Shu bois, islom olamida fiqh ilmi bilan shug'ullanuvchi ko'plab mazhablar yuzaga kelgan. Bu mazhablar uning asoschilari nomi bilan atalib kelingan. Fiqhi Hanifiy, Fiqhi Molikiy, Fiqhi Shofiy, Fiqhi Xanbaliy singari mazhablar bulaming eng asosiylari bo'lgan. Islom huquqshunosligi qoidalari, Q ur’oni Karim va Hadisi Shariflarda berilgan ta ’limotlarga asoslanganligi uchun ham bu mazhablarda huquqiy masalalami tahlil qilishga yondashishlarda umumiy, o'xshash tomonlar ko'p bo'lg an. Islom olamida fiqh ilmi qozilar, mirshablar va ko'plab hukmdorlar uchun dasturilamal vazifasini bajargan. Ular jinoyat va jazoni tasnif qilishda, aybdorlami jazolash va begunohlami afv etishda fiqh ilmi va uning turli mazhablari tomonidan yaratilgan kitoblardan keng foydalanganlar.Sharqda fiqh ilmining yaratilishi va uning rivojiga Imom al-Buxoriy, Imom at-Termiziy, Burhoniddin M arg'inoniy, M oturidiy, Abu Hanifa, Imom Molik, Muhammad ibn Idris Shafoiy, Imom Ahmad ibn Xanbal singari huquqshunoslar katta hissa qo'shganlar. Bularning har biri islomni, uning qoidalarini, islom shariatida amalda bo'lgan huquqiy masalalami va bu haqda mavjud bo'lgan ta’limotlami juda yaxshi bilganlar. Ular Sharq olamida o'ziga xos maktab yaratib, bunda shariatda amalda bo'lgan qonun-qoidalami huquqiy jihatdan asoslab berishga harakat qilganlar. Ulaming bu sohada qilgan buyuk ishlari, yaratgan asarlaridan musulmon mamlakatlaridagi qozilar va huquqning boshqa himoyachilari hozirgi kungacha ham foydalanib kelmoqdalar. Inson huquqlari va ularga amal qilishning yo'llari hamda shart- sharoitlarini ko'rsatib berish borasida Sharq mutafakkir olimlari, davlat va jam oat arboblari tomonidan yaratilgan ta’limotlar o 'z davri uchun qanchalik muhim ahamiyatga ega bo'lsa, ular o'zining ahamiyatini bizning davrimizda ham yo'qotgani yo'q. Bu ta ’limotlar hozirgi kunda mamlakatimizda insonparvar, demokratik jam iyat qurish sharoitida yanada chuqur m a’no kasb etmoqda. Buning mohiyati O 'zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A. Karimov tomonidan juda aniq ta’riflab berilgan: “Buyuk davlat poydevorini qurish, dunyoda o’zimizga munosib o’rinni egallashda al-Beruniy, Ibn Sino, Muhammad Xorazmiy, Ahmad Farg‘oniy, al-Buxoriy, at-Termiziy, Amir Temur, Mirzo U lug'bek, Hoja Bahouddin Naqshbandiy, Alisher Navoiy, Bobur Mirzo kabi bobolarimizning bebaho merosi hamisha boshimizni baland, qaddimizni tik qiladi, xalqimizning kuchiga-kuch, g’ayratiga-g‘ayrat, ishonchiga-ishonch qo‘shadi”.
7.Diniy mutaassiblik va diniy ekstremizm, terrorizm va diniy fundamentializm tushunchalarini sharxlang.