4- mavzu: O‘rta osiyodagi temuriylar davrigacha



Yüklə 1,52 Mb.
səhifə12/14
tarix14.09.2023
ölçüsü1,52 Mb.
#143402
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
2 мавзу

5.3. ALISHER NAVOIY IQTISODIY TA’LIMOTI

Alisher Navoiy (1441–1501) buyuk shoir
va davlat arbobi. U o‘z davrining siyosiy va
iqtisodiy ahvolini yaxshilash, mamlakatning
iqtisodiy qudratini barqarorlashtirish uchun
kishilarda vatanparvarlik his-tuyg‘usini
uyg‘otish zarurligini yaxshi tushungan.

Alisher Navoiy (1441–1501)
Navoiyning dastlabki ijtimoiy-iqtisodiy
fikrlari shakllangan asari «Hiloliya»
hisoblanadi. U shaxsning tarixdagi o‘rniga
katta e’tibor berib, mamlakatning iqtisodiy
ahvoli mamlakat xukmdorining aql-idroki va
qobiliyatiga bog‘liqligini aytadi. “Agar mamlakat hukmdori fanlarni, ayniqsa iqtisodiyot, tarix, falsafa va siyosiy fanlarni mukammal bilsa, o‘zi boshqarayotgan mamlakat obod va badavlat bo‘ladi, agar aksi bo‘lsa, mamlakat qashshoq va xarob bo‘ladi”, – deydi Navoiy. Keyinchalik jamiyatning rivojlanishida iqtisodchilarning va davlat arboblarining ahamiyati katta ekanligini ingliz olimi J.M. Keyns ham qayd qilib o‘tadi.
Navoiy mamlakat iqtisodiyotini yuksaltirishda qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishiga alohida e’tibor berdi. Uning fikricha, Markaziy Osiyo sharoitida irrigatsiya inshootlarini kengaytirish – dehqonchilikni rivojlantirishga olib keluvchi muhim omillardan hisoblanadi. Shu bois, juda ko‘p kanal va ariqlar qazildi. Asosiy ishlab chiqarish vositasi bo‘lgan yerni kengaytirishga, uning unumdorligini oshirishga katta e’tibor berildi.
Navoiy boylikni ikki yo‘l bilan topish mumkinligini ta’kidlaydi. Birinchi yo‘l bu – o‘z mehnati bilan boylik to‘plash, yig‘ish va o‘ziga to‘q yashash. Bunday boylikni u qo‘llab-quvvatlagan. Navoiy olingan boylikni uch qismga bo‘lib, ya’ni birinchi qismini ketgan xarajatlarga, ikkinchi qismini o‘zining va oilasining ehtiyojlariga, uchinchi qismini esa aholining ijtimoiy manfaatlariga sarflashni tavsiya etgan. Navoiy ko‘pgina madrasa, shifoxona, hammom, ko‘prik va boshqalarni o‘z hisobidan qurdirgan. Boylik topishning ikkinchi yo‘li bu – o‘g‘irlik, ta‘magirlik va zo‘rlik hisobiga boylik orttirishdir. Navoiy bunday boylik orttirish nomaqbul usulligini qayd qiladi.
117

Navoiy o‘zining «Mahbub-ul-qulub» (1500.) asarida mamla- katdagi ijtimoiy guruhlarning jamiyatda tutgan o‘rnini ko‘rsatib berishga harakat qiladi. Uning fikricha, dehqonlar, hunarmandlar va chet el bilan aloqasi bor savdogarlar jamiyatda moddiy boylik yetishtirishda, yaratishda va mamlakatning boyligini ko‘paytirishda muhim o‘rin tutadi. Navoiy dehqon va uning ishlab chiqarishdagi ahamiyati to‘g‘risida quyidagi fikrlarni bildiradi: «Don sochuvchi dehqon yerni yorish bilan rizq yo‘lini ochuvchidi. Shu bilan birga, u dehqon mehnatini ulug‘lab, uning moddiy boylik yaratishdagi xatti- harakatini quyidagicha tasvirlab berdi:


Har ne qilsalar harakat,
Xalqqa ham yetar ovqat ham barakat.
Navoiy ijtimoiy hayotga odamlarning birgalikdagi faoliyati
sifatida qaraydi. Uning fikriga ko‘ra, kishi yakka holda hech narsa ishlab chiqara olmaydi. U biron narsani ishlab chiqarish uchun boshqa ishlab chiqaruvchilar bilan munosabatda bo‘lishi kerak. Masalan, dehqonga mehnat qurollari zarur bo‘lsa, hunarmandlarga non kerak; dehqonga ham, chorvadorga ham hunarmandchilik va attorlik mahsulotlari zarur. Dehqon mehnatining mahsulini novvoy, unfurush, qo‘shchi va o‘roqchi, mashoqchi va boshqalar orziqib kutadi. Shu bilan birga, dehqon ham hunarmandning, chorvadorning va boshqalarning mehnat mahsulotiga muhtoj. Ularsiz u hech narsa ishlab chiqara olmaydi. Navoiy fikricha, dehqon o‘z mehnati bilan o‘z ehtiyoji uchun zarur bo‘lgan mahsulot miqdoridan ko‘ra ko‘proq ishlab chiqarib, jamiyat va uning ishlab chiqarishda ishtirok etmaydigan boshqa qismlarini ham moddiy ne’matlar bilan ta’minlaydi. Uning mana shu fikri fiziokratlarning “qo‘shimcha mahsulot faqat qishloq xo‘jaligida yaratiladi” degan fikriga mos tushadi. Navoiy “qishloq xo‘jaligining rivojlanishi mamlakat qudratini oshirishda katta ahamiyat kasb etadi” degan ilg‘or fikrni ilgari suradi. Bu fikr o‘sha davr, ya’ni feodalizm rivojlangan, uning negizini dehqonchilik tashkil qilgan bir davrda to‘g‘ri fikr bo‘lib qolmaygina, balki tarixiy haqiqat hamdir.
Navoiy jamiyatda muhim tabaqa hisoblangan savdogarlarning o‘zini ham ikki guruhga bo‘ladi. Birinchi guruh chet el bilan savdo aloqalarini olib boruvchi savdogarlar. Ikkinchi guruh mamlakat
118

ichkarisidagi olib sotarlar. Olib sotarlarga nisbatan salbiy munosabatda bo‘lgan. Uning fikricha, olib sotarlar «o‘ziga foyda va boshqalarga qaxat istovchi ... arzon olib qimmat sotish», ya’ni xalqning zarari hisobiga foyda ko‘ruvchilardir.


Savdogarning asosiy maqsadi foyda olishdir. Biri yuz, bo‘zi shoyi bo‘lishga intiladi. Bu yerda savdogar Navoiyning “Xotami Toyiy” asaridagi o‘tin teruvchi cholga qarama-qarshidir. Chol kuni bilan mehnat qilib, o‘tin teradi va uni bozorga olib borib, sotadi. Bu joyda “tovar-pul-tovar” jarayoni kechadi. O‘tinchi cholning ayriboshlashdan ko‘zlangan maqsadi iste’mol qiymatidir. Bundan tashqari, ayriboshlash qiymati ham mavjud. Navoiyning nazarida, savdogarning molni sotib olishdan maqsadi uni yanada qimmatroq sotishdir. Demak, shoirning fikricha, kapitalning dastlabki shakllaridan biri mavjud bo‘lgan.
Agar klassik maktab vakillari muomala sohasida boylik yaratilmaydi, deb hisoblagan bo‘lsalar, mutafakkir Navoiy fikricha, muomala, ya’ni odilona savdo sohasida ham o‘zaro foydali faoliyat ro‘y beradi91.
Navoiy intellektual mehnatni, ya’ni olimlar va boshqa shu kabilarning mehnatini jamiyat uchun zarur deb ko‘rsatib berdi va ularni o‘z mas’uliyat va burchlarini sezishga chaqirdi.
Alisher Navoiy o‘z asarlarida iqtisodiyotning ravnaqi inson ma’naviyatining kamoloti bilan uyg‘unligini takror-takror qayd etganlar. Jumladan, mamlakat obodligi va el farovonligini yuksak ma’naviyat bilan quyidagicha bog‘lagan:
To hirs-u havas xirmoni barbod o‘lmas,
To nafs-u havo qasri baraftod o‘lmas,
To jabr-zulm jonga bedod o‘lmas,
El shod o‘lmas, mamlakat obod o‘lmas92.
91 A.Razzoqov. Iqtisodiy tafakkur sarchashmalari. –T.: “O‘zbekiston” NMIU, 2011, 154–155-betlar 92 А.Раззоқов, Ш.Тaшматов, Н.Ўрмонов. Иқтисодий таълимотлар тарихи.Т.: “IQTISOD-
MOLIYA” 2007, 51-б.
119



Yüklə 1,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin