4-mavzu. Audit o’tkazish jarayonida malumotlarni yig’ish va umumlashtirish bo’yicha xalqaro audit standartlari reja


Mijoz korxona rahbariyati uchun ma’lumotnoma



Yüklə 103,02 Kb.
səhifə3/8
tarix24.12.2023
ölçüsü103,02 Kb.
#193432
1   2   3   4   5   6   7   8
4-mavzu. Audit o’tkazish jarayonida malumotlarni yig’ish va umum-fayllar.org

4.3. Mijoz korxona rahbariyati uchun ma’lumotnoma
Tekshirilayotgan korxona rahbariyati uchun ma’lumotnoma – bu auditorning mijoz korxona rahbariyatiga xat ko’rinishida tuzilgan hisoboti bo’lib, unda hisob yozuvlarida, buxgalteriya hisobi hamda ichki nazorat tizimida yo’l qo’yilgan kamchiliklar haqidagi ma’lumotlar, bunday kamchiliklar mavjud bo’lganda auditor tomonidan qo’llaniladigan chora hamda bunday kamchiliklarni bartaraf etish bo’yicha tavsiyalar bayon etiladi.
Mijoz korxona rahbariyatiga beriladigan ma’lumotnomada barcha kamchiliklar keltirilmasligi mumkin. Bu hujjatda asosane auditorlik tekshiruvi davomida mavjud bo’lgan kamchiliklar keltirib o’tiladi. Ma’lumotnomani korxona rahbariyatiga berish majburiy emas, ammo bu hujjatni taqdim qilish orqali auditor korxona rahbariyatiga buxgalteriya hisobi va ichki nazorat tizimi, moliyaviy hisobotlarda yuz beradigan o’zgarishlarni o’z vaqtida tuzatish imkoniyatini beradi. Ma’lumotnomada keltirib o’tilgan kamchilik mamlakatning amaldagi qonunchiligiga to’g’ri kelmasligi hamda ushbu kamchiliklarni bartaraf etish yo’llari qayd etiladi. Tavsiyalarning berilishi auditorlik hisoboti va auditorlik xulosasining mundarijasini o’zgartirmaydi.
Rahbariyat uchun beriladigan ma’lumotnoma qisqa, aniq hamda tushunarli bo’lishi lozim.
Agarda ma’lumotlar alohida bo’limlar yoki hisob ob’ektlari bo’-yicha ekspert hisoboti ko’rinishida bo’lsa, unda auditorning imzosi qo’yilmaydi. Agarda aniqlangan ba’zi-bir kamchilik va nuqsonlar moliyaviy hisobot bo’yicha ijobiy xulosa berishda ikkilanish holati yuzaga kelsa, bunday vaziyatda auditor ma’lumotnomaga imzo chekadi. Bu axborot maxfiy hisoblanib, faqatgina korxona rahbariyatining muayyan guruhiga taqdim etiladi.


4.4. Maxsus o’tkaziladigan auditga oid kelishuvlar bo’yicha auditorlik hisoboti
Maxsus audit o’tkazish bo’yicha kelishuvlar quyidagilar quyidagi hisobotlarga qo’llaniladi:
- buxgalteriya hisobining xalqaro standartlari yoki milliy standartlardan farqli buxgalteriya hisobining keng qamrovchi asosiga muvofiq tayyorlangan moliyaviy hisobot;
- o’ziga xos bo’lgan hisobvaraqlar, hisobvaraqlar elementlari yoki moliyaviy hisobotdagi moddalar;
- sharnomaviy majburiyatlarga muvofiqligi;
- umumlashtirilgan moliyaviy hisobot.
Maxsus o’tkaziladigan audit ishining tavsifi, muddati va hajmi vaziyatlarga qarab o’zgarib boradi. Maxsus o’tkaziladigan audit bo’yicha kelishuvni qabul qilishdan oldin, auditor kelishuvning aniq tavsifi hamda chop etiladigan hisobotning shakli va mazmuni yuzasidan mijoz bilan kelishuv mavjudligiga ishonch hosil qilishi lozim.
Auditorlik ishini rejalashtirishda auditor hisobot tayyorlanadigan ma’lumotdan foydalanishning maqsadi va uning taxminiy foydalanuvchilarini aniq tushunishi lozim. Auditorlik hisobotidan boshqa maqsadlarda foydalanish ehtimollarini bartaraf etish uchun, auditor auditorlik hisobotida uni tayyorlash maqsadi va uni tarqatish va foydalanish bo’yicha har qanday cheklovlarni belgilashi mumkin.
Maxsus o’tkaziladigan audit yuzasidan kelishuv bo’yicha auditorlik hisoboti, umumlashtirilgan moliyaviy hisobot bo’yicha hisobot bundan istisno, odatda quyidagi tartibda joylashgan asosiy elementlardan tashkil topgan bo’lishi lozim:
(a) sarlavha;
(b) oluvchi;
(v) kirish bandi:
- audit qilingan moliyaviy hisobotni solishtirish;
- sub’ekt rahbariyati mas’uliyati va auditor mas’uliyati to’g’risida ariza.
(g) band - audit qo’lami (audit tavsifini bayon qilish);
- XAS yoki tegishli milliy standartlar yoki amaliyotga izohlanish;
- auditor tomonidan bajarilgan ishni bayon qilish.
(d) band - fikr, moliyaviy hisobot bo’yicha fikr bildirishdan iborat;
(e) hisobot sanasi;
(j) auditor manzili;
(z) auditor imzosi.
Auditorlik hisobotining shakli va mazmuni bir xil bo’lishligiga rioya qilish lozim, chunki bu ushbu hisobotni foydalanuvchilar tomonidan tushunish uchun yordam beradi.
Sub’ekt tomonidan moliyaviy hisobot hukumatning davlat idoralariga, ishonchli shaxslarga, sug’urtachilar va boshqa sub’ektlarga taqdim etish holatlarida, auditorlik hisobotining tavsiya etilgan shakllari mavjud bo’lishi mumkin. Bunday tavsiya qilingan hisobotlar xalqaro standart talablariga muvofiq bo’lmasligi mumkin. Masalan, tavsiya etilgan shakl bildirilgan fikr mos bo’lganda holatni tasdiqlashni, audit qo’lamidan tashqaridagi masalalar bo’yicha fikr bildirishni talab qilishi yoki muhim ta’riflashni tashlab ketishi mumkin. Tavsiya etilgan shaklga rioya qilish talab qilinganda, auditor tavsiya etilgan hisobot bayon etilishining mazmuni va shaklini ko’rib chiqishi va bayon etish shaklini o’zgartirib yoki alohida hisobot ilova qilib xalqaro standart talablariga muvofiq bo’lishi uchun tegishli o’zgartirishlarni kiritishi lozim.
Agar auditordan hisobot taqdim etishni so’ralgan ma’lumot qandaydir kelishuv shartlariga asoslangan taqdirda, ma’lumot tayyorlashda sub’ekt rahbariyati tomonidan muhim talqin qilishlar amalga oshirilganligini ko’rib chiqishi lozim. Boshqa oqilona talqin qilish amalga oshirilgan taqdirda moliyaviy hisobotda muhim o’zgarishlar sodir etilishi mumkin bo’lganda, talqin qilish muhim hisoblanadi.
Auditor moliyaviy ma’lumot asoslanadigan kelishuvning qandaydir muhim talqin qilinishlari moliyaviy hisobotda ravshan yoritilganligini ko’rib chiqishi lozim. Maxsus o’tkaziladigan audit bo’yicha auditorlik hisobotida auditor ushbu talqin qilinishlarni bayon etadigan moliyaviy ma’lumotning ilovasiga izohlanishi mumkin.
Buxgalteriya hisobining xalqaro standartlari yoki milliy standartlardan farqli buxgalteriya hisobining keng qamrovchi asosiga muvofiq tayyorlangan moliyaviy hisobot bo’yicha auditorlik hisobotlar
Buxgalteriya hisobining keng qamrovchi asosi o’zining ostida mustahkam negizga ega bo’lgan, barcha ahamiyatli moddalar yuzasidan qo’llaniladigan, moliyaviy hisobotni tayyorlashda foydalaniladigan bir qator mezonlardan iborat. Maxsus foydalanish uchun moliyaviy hisobot Buxgalteriya hisobining halqaro standartlari yoki tegishli milliy standartlardan farqli buxgalteriya hisobining keng qamrovchi asosiga muvofiq tayyorlanishi mumkin (keyinchalik “buxgalteriya hisobining boshqa keng qamrovchi asosi” deb ataladi). Alohida talablarni qondirish uchun mo’ljallangan umum qabul qilingan buxgalteriya qoidalarining majuai buxgaleriya hisobining keng qamrovchi asosi bo’lib hisoblanmaydi. Boshqa moliyaviy hisobotni taqdim etish bo’yicha keng qamrovchi asoslar quyidagilardan iborat bo’lishi mumkin:
- o’z daromad solig’ini deklaratsiyalashda sub’ekt tomonidan foydalaniladigan asoslar;
- pul mablag’lari kelib tushishi va to’lanishi asosidagi hisob;
- davlatning tartibga soluvchi idorasi tomonidan ishlab chiqilgan moliyaviy hisobot to’g’risida nizomlar.
Boshqa buxgalteriya hisobining keng qamrovchi asosiga muvofiq moliyaviy hisobot bo’yicha tayyorlangan auditorlik hisobotida foydalanilgan buxgalteriya hisobining asosini ko’rsatuvchi ta’kidlash mavjud bo’lishi yoki ushbu ma’lumotni taqdim etayotgan moliyaviy hisobot ilovasiga izohlanishi lozim. Xulosa moliyaviy hisobot barcha muhim jabhalar bo’yicha belgilangan buxgalteriya hisobining asosiga muvofiq tayyorlanganligini ko’rsatish lozim. Auditor fikrini ifodalsh uchun quyidagi ma’nosi bir-biriga teng bo’lgan atamalardan foydalaniladi: “haqiqiy va to’g’ri aks etadi” yoki “barcha muhim jabhalar bo’yicha haqiqiy taqdim etilgan”.
Auditor sarlavha yoki moliyaviy hisobotning izohidan ushbu hisobot buxgalteriya hisobining xalqaro standartlari yoki milliy standartlarga muvofiq tayyorlanmaganligi foydalanuvchi uchun ravshanligini ko’rib chiqishi lozim. Masalan, soliqqa tortish asosidagi moliyaviy hisobotga “Daromadlar va xarajatlar to’g’risida hisobot - daromad solig’ini hisoblash uchun asos” degan sarlavha berish mumkin. Agar boshqa keng qvmrovchi asosga muvofiq tayyorlangan moliyaviy hisobot tegishli sarlavhaga ega bo’lmasa yoki buxgaleriya hisobining asosi mos yoritilmagan taqdirda. Auditor tegishli modifikatsiyalashtirilgan hisobot tayyorlashi lozim.
Auditordan moliyaviy hisobotning bir yoki undan ko’proq tarkibiy qismlari, masalan, debitorlik qarzi, tovar-moddiy zahiralar, xodimlarga hisoblangan mukofotlarni hisoblash yoki daromad solig’ini to’lash yuzasidan zahira bo’yicha fikr bildirish to’g’risida iltimos qilishlari mumkin. Kelishuvning ushbu turi alohida kelishuv yoki sub’ekt moliyaviy hisoboti auditining bir qismi kabi amalga oshirilishi mumkin. Shunga qaramasdan, umuman moliyaviy hisobot bo’yicha auditorlik hisoboti ushbu kelishuvning natijasi bo’lib hisoblanmaydi va, tegishli ravishda, auditor faqat audit qilingan tarkibiy qism barcha muhim jabhalari bo’yicha belgilangan buxgalteriya hisobining asosiga muvofiq tayyorlanganligi yuzasidan fikr bildiradi.
Moliyaviy hisobotning ko’pchilik moddalari, masalan, sotuvlar va debitorliq qarzi, tovar-moddiy zahiralar va kreditorlik qarzi o’zaro bog’liqdir. Tegishli ravishda, agar moliyaviy hisobotning tarkibiy qismi bo’yicha hisobot taqdim etilsa, auditor ayrim holatlarda, audit ashyosini ajratilgan holda ko’rib chiqish imkoniyatiga ega bo’lmaydi va undan boshqa muayyan moliyaviy hisobotni ko’rib chiqish talab qilinadi. Kelishuv ko’lamini belgilashda, auditor auditorlik xulosasini shakllantirishga tegishli ma’lumotga muhim ta’sir ko’rsatishi mumkin bo’lgan moliyaviy hisobotning o’zaro bog’liq moddalarini ko’rib chiqishi lozim.
Auditor hisobot taqdim etiladigan moliyaviy hisobotning tarkibiy qismi yuzasidan muhimlik qarashlar tizimini ko’rib chiqishi lozim. Masalan, muhimlikni aniqlashda alohida hisobvaraqning qoldig’i umuman moliyaviy hisobotga nisbatan kamroq asos taqdim etadi. Binobarin, agar xuddi o’sha tarkibiy qismning auditi barcha moliyaviy hisobot bo’yicha auditorlik hisoboti munosabati bilan o’tkazilgan taqdirda, odatda, auditor tomonidan o’tkazilgan tekshirish kengroq tavsifga ega bo’lar edi.
Foydalanuvchilarda hisobot barcha moliyaviy hisobotga taalluqli degan ta’surot paydo bo’lmasligi uchun, auditor moliyaviy hisobotning tarkibiy qismi bo’yicha hisobot sub’ektning moliyaviy hisobotiga ilova qilinmasligi to’g’risida mijozga xabar beradi.
Moliyaviy hisobotning tarkibiy qismi bo’yicha auditorlik hisobotida tarkibiy qism taqdim etilishiga oid buxgalteriya hisobining asosiga ko’rsatuvchi yoki bunday asosni belgilovchi kelishuvga izohlanadigan ta’kidlash bo’lishi lozim. Xulosa tarkibiy qism barcha muhim jabhalari bo’yicha belgilangan buxgalteriya hisobi asosiga muvofiq tayyorlanganligini aks etishi lozim.
Auditordan sub’ekt faoliyati shartnomalarning muayyan jabhalariga, masalan, obligatsiyalarning emissiyasi to’g’risidagi kelishuv yoki kredit kelishuviga muvofiqligi yuzasidan hisobot taqdim etish to’g’risida iltimos qilishlari mumkin. Bunga o’xshash kelishuvlar, odatda, sub’ektdan turli shartlarga, masalan, foizlarni to’lash, oldindan belgilangan moliyaviy koeffitsientlarni ushlab turish, dividendlar to’lanishini cheklash va mulkni sotishdan olingan daromaddan foydalanish kabi masalalarga rioya qilishni talab etadi. Agar auditorning kasbiy xabardorligi doirasida muvofiqlikning umumiy jabhalari moliyaviy masalalar va buxgalteriya hisobi masalalariga taalluqli bo’lgan taqdirda, sub’ekt faoliyati shartnomaviy majburiyatlarga muvofiqligi yuzasidan fikr bildirish to’g’risidagi kelishuvlar qabul qilinishi lozim. Biroq, auditorning xabardorlik doirasidan tashqarida bo’lgan, kelishuvning bir qismini shakllantiradigan alohida masalalar mavjud bo’lgan taqdirda, auditor ekspert ishidan foydalanishni ko’rib chiqishi lozim.
Auditorning fikri bo’yicha, sub’ekt shartnomaning muayyan qoidalariga rioya qilayotganligi to’g’risidagi ma’lumot, auditorlik hisobotida qayd etilishi lozim. Sub’ekt faqat u moliyaviy holatining asosiy ko’rsatkichlari va moliyaviy-xo’jalik faoliyatining natijalariga manfaatdor bo’lgan foydalanuvchilar guruhiga ma’lumot berish maqsadida, o’zining yillik audit o’tkaziladigan moliyaviy hisobotini umumlashtiruvchi moliyaviy hisobotni tayyorlashi mumkin. Auditor umumlashtirilgan moliyaviy hisobot tayyorlanashiga asos bo’luvchi moliyaviy hisobot bo’yicha auditorlik fikrini bildirgunga qadar, u umumlashtirilgan moliyaviy hisobot bo’yicha hisobot taqdim etmasligi lozim.
Har yili audit o’tkaziladigan moliyaviy hisobotga qaraganda, umumlashtirilgan moliyaviy hisobot kamroq mufassallashtirilgan holda taqdim etiladi. Binobarin, bunday moliyaviy hisobotda ma’lumotning umumlashtirilgan tavsifiga aniq ko’rsatish va o’quvchi (foydalanuvchi)ni sub’ektning moliyaviy holati va uning moliyaviy-xo’jalik natijalarini yaxshiroq tushunish uchun umumlashtirilgan moliyaviy hisobotni, tegishli moliyaviy hisobotni taqdim etish bo’yicha kontseptual asos talab qiladigan barcha yoritishlar kiritilgan eng yaqin audit tekshiruvidan o’tkazilgan moliyaviy hisobot bilan birlikda o’rganib chiqish lozim.
Audit o’tkazilgan moliyaviy hisobot asosida tayyorlangan umumlashtirilgan moliyaviy hisobotga tegishli ravishda, masalan, “2004 yil 31 dekabrda yakunlangan yil bo’yicha audit o’tkazilgan moliyaviy hisobot asosida tayyorlangan umumlashtirilgan moliyaviy ma’lumot” degan sarlavha berish lozim.
Umumlashtirilgan moliyaviy hisobotda, yillik audit o’tkaziladigan moliyaviy hisobot uchun foydalaniladigan moliyaviy hisobotni taqdim etish bo’yicha kontseptual asos talab qiladigan barcha ma’lumot mavjud emas. Binobarin, umumlashtirilgan moliyaviy hisobot bo’yicha fikr bildirishda auditor “haqiqiy va to’g’ri” yoki “barcha muhim jabhalar bo’yicha haqqoniy taqdim etilgan” degan jumlalardan foydalanmaydi.
Umumlashtirilgan moliyaviy hisobot bo’yicha auditorlik hisobotida quyidagi asosiy elementlar bo’lishi va ular, odatda, quyidagi tartibda joylashtirilishi lozim:
(a) sarlavha;
(b) oluvchi;
(v) umumlashtirilgan moliyaviy hisobot tayyorlanishiga asos bo’lgan audit o’tkaziladigan moliyaviy hisobotni aniqlash;
(g) qisqartirilmagan moliyaviy hisobot bo’yicha auditorlik hisoboti sanasiga izohlanish va ushbu hisobotda taqdim etilgan fikrning turi;
(d) umumlashtirilgan moliyaviy hisobotdagi ma’lumot uni tayyor-lanishiga asos bo’lgan audit o’tkaziladigan moliyaviy hisobotga izchilligi yuzasidan fikr. Agar auditor qisqartirilmagan moliyaviy hisobot bo’yicha modifikatsiyalashtirilgan xulosa chop etgan taqdirda, auditorlik hisoboti, umumlashtirilgan moliyaviy hisobot qisqartirilmagan moliyaviy hisobotga izchil bo’lganligiga qaramasdan, u modifikatsiyalashtirilgan auditorlik hisoboti chop etilishiga asos bo’lgan moliyaviy hisobot asosida tayyorlanganligini ta’kidlashi lozim;
(e) umumlashtirilgan moliyaviy hisobotda moliyaviy faoliyat va holatni hamda o’tkazilgan audit ko’lamini yaxshiroq tushunish uchun umumlashtirilgan moliyaviy hisobot qisqartirilmagan moliyaviy hisobot va u bo’yicha auditorlik hisoboti bilan birlikda o’rganilishi lozim degan ta’kidlash yoki izohga izohlanish;
(j) auditorlik hisobotining sanasi;
(z) auditorning manzili;
(i) auditorning imzosi.



Yüklə 103,02 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin