4-mavzu. Audit o’tkazish jarayonida malumotlarni yig’ish va umumlashtirish bo’yicha xalqaro audit standartlari reja


Moliyaviy hisobotni kompilyatsiyalash bo’yicha kelishuvlar



Yüklə 103,02 Kb.
səhifə8/8
tarix24.12.2023
ölçüsü103,02 Kb.
#193432
1   2   3   4   5   6   7   8
4-mavzu. Audit o’tkazish jarayonida malumotlarni yig’ish va umum-fayllar.org

4.8. Moliyaviy hisobotni kompilyatsiyalash bo’yicha kelishuvlar
Kompilyatsiya kelishuvning maqsadi buxgalter moliyaviy hisobotni to’plash, turkumlash va umumlashtirish uchun, audit bo’yicha bilimlarga qarama-qarshi holda, buxgalteriya hisobi bo’yicha bilimlaridan foydalanishdan iborat. Odatda, bu ushbu ma’lumotning asosida yotgan tasdiqlarni test sinovlarini o’tkazmagan holda mufassallashtirilgan ko’rsatkichlarni boshqariladigan va tushunarli shaklga kisqartirishga olib keladi. Biroq, kompilyatsiyalashtirilgan ma’lumotdan foydalanuvchilar ushbu ishga buxgalter jalb qilinganligi sababli bir qancha naf oladilar, chunki xizmatlar kasbiy xabardorlik va tegishli sinchkovlik bilan bajariladi.
Kompilyatsiyaviy kelishuv odatda moliyaviy hisobotni tayyorlashdan iborat bo’lishi bilan bir qatorda (moliyaviy hisobotning to’liq to’plami bo’lishi mumkin bo’lmasligi ham mumkin), u boshqa moliyaviy hisobotni to’plash, turkumlash va umumlashtirishdan iborat bo’lishi mumkin.
Kompilyatsiya kelishuvni bajarish uchun mustaqillik talab qilinmaydi. Biroq, agar buxgalter mustaqil bo’lmagan taqdirda, buxgalterning hisobotiga buning yuzasidan ta’kidlash kiritish lozim. Ushbu buxgalter tomonidan kompilyatsiyalashtirilgan moliyaviy hisobot bilan buxgalterning ismi bog’liq bo’lgan barcha vaziyatlarda, u hisobotni chop etishi lozim.

4.2-rasm. Moliyaviy hisobotni kompilyatsiyalash bo’yicha kelishuvda ko’riladigan masalalar
Kompilyatsiya bo’yicha ishni rejalashtirishda xat-kelishuv foyda beradi. Buxgalter tomonidan ushbu tasdiqlashning tayanch shartlarini hujjatlashtiradigan xat-kelishuvni yo’llash buxgalter manfaatlari uchun ham, sub’ekt manfaatlari uchun ham kerakli. Xat-kelishuv buxgalter o’z tasdig’ini qabul qilganligini tasdiqlaydi va kelishuv vazifalari va hajmi, buxgalerning mas’uliyat darajasi hamda chop etilishi lozim bo’lgan hisobtlar shakli kabi masalalar yuzasidan noto’g’ri tushunishlarni oldini olishga yordam beradi.
Buxgalter kelishuvni samaradorlik bilan bajarish uchun ishni rejalashtirishi lozim. Buxgalter kelishuv xalqaro standart va ushbu kelishuv shartlariga muvofiq bajarilganligi yuzasidan dalillar taqdim etish uchun muhim hisoblangan jabhalarni hujjatlashtirishi lozim.
Kelishuv shartlari yuzasidan buxgalter va mijoz o’rtasida ravshan tushunish mavjud ekanligiga buxgalter ishonch hosil qilishi lozim. Ko’riladigan masalalar quyidagilardan iborat:
Buxgalter sub’ektning biznesi va faoliyati to’g’risida umumiy bilim olishi va sub’ekt faoliyat ko’rsatayotgan tarmoqning buxgalteriya hisobi va amaliyoti hamda ushbu vaziyatlarda muvofiq bo’lgan moliyaviy ma’lumotning shakli va mazmuni bilan tanishishi lozim.
Moliyaviy ma’lumotni kompilyatsiyalashtirish uchun buxgalterdan sub’ekt faoliyatining tavsifi, hisob yozuvlarining shakli va moliyaviy hisobot taqdim etiladigan buxgalteriya hisobining asosi to’g’risida umumiy tushunish olish talab qilinadi. Odatda buxgalter ushbu masalalar bo’yicha bilimlarni ushbu sub’ekt bilan ish tajribasi asosida yoki uning xodimlari bilan so’rovnoma o’tkazish yo’li bilan oladi.
Bundan tashqari, xalqaro standart ta’kidlanganidek, buxgalterdan odatda quyidagilar talab qilinmaydi:
(a) taqdim etilgan ma’lumotning ishonchliligi va to’liqligiga baho berish maqsadida sub’ekt rahbariyati
(b) bilan so’rovnoma o’tkazish;
(v) ichki nazoratga baho berish;
(g) qandaydir masalalarni verifikatsiyalash; yoki qandaydir tushuntirishlarni verifikatsiyalash.
Agar buxgalterga sub’ekt rahbariyati tomonidan taqdim etilgan ma’lumot noto’g’ri ekanligi yoki to’liqsiz hajmda taqdim etilganligi yoki boshqacha ko’rinishda qoniqarsiz ekanligi to’g’risida ma’lum bo’lsa, buxgalter yuqorida qayd etilgan muolajalarni bajarish masalasini ko’rib chiqishi va qo’shimcha ma’lumot taqdim etish to’g’risida sub’ekt rahbariyatiga murojat qilishi lozim. Agar sub’ekt rahbariyati qo’shimcha ma’lumotni taqdim etishdan bosh torgan taqdirda, buxgalter xizmat ko’rsatishni to’xtatilish sabablari yuzasidan sub’ektga axborot berib, kelishuv bajarilishini to’xtatishi lozim.
Buxgalter kompilirlangan ma’lumotni o’qib chiqishi va u shakli bo’yicha muvofiqligi va qandaydir ochiqdan-ochiq muhim noto’g’riliklarga ega emasligini ko’rib chiqishi lozim. Buning yuzasidan noto’g’riliklar quyidagilardan iborat:
- belgilangan moliyaviy hisobotni taqdim etish bo’yicha kontseptual asosni qo’llashda xatolar;
- moliyaviy hisobotni taqdim etish bo’yicha kontseptual asosning va undan har qanday ma’lum bo’lgan chetga chiqishlarning yoritilmasligi;
- buxgalterga ma’lum bo’lgan har qanday muhim jabhalarning yoritilmasligi.
Belgilangan moliyaviy hisobotni taqdim etish bo’yicha kontseptual asos va ma’lum bo’lgan undan chetga chiqishlar, ushbu chetga chiqishlarning miqdoriy ta’sirini aniqlash ehtiyoji bo’lmasa ham, moliyaviy ma’lumotda yoritilishi lozim.
Agar buxgalterga muhim noto’g’riliklar haqida ma’lum bo’lgan taqdirda, u tegishli tuzatishlar yuzasidan sub’ekt rahbariyatining roziligini olishga harakat qilishi lozim. Agar bunday tuzatishlar kiritilmasa va moliyaviy hisobot chalg’itishga olib kelsa, buxgalter kelishuv bajarilishini to’xtatishi lozim.
Buxgalter moliyaviy hisobot tegishli ravishda taqdim etilganligi va ushbu moliyaviy hisobotni tasdiqlaganligi to’g’risida sub’ekt mas’uliyatga ega ekanligi to’g’risida tasdiq olishi lozim. Bunday tasdiq buxgalteriya hisobining eng asosiy va ahamiyatli ma’lumotlarining aniqlik va to’liqlik masalarini qamrovchi hamda barcha muhim va relevant ma’lumotni buxgalterga to’liq yoritadigan sub’ekt rahbariyatining taqdimotlari shaklida taqdim etilishi mumkin.
Kompilyatsiya kelishuvi bo’yicha hisobotlar quyidagilardan iborat bo’lishi lozim:
(a) sarlavha;
(b) oluvchi;
(v) kelishuv kompilyatsiya kelishuvlarida qo’llaniladigan XAS yoki milliy standartlar yoki amaliyotga muvofiq bajarilganligi to’g’risida ta’kidlash;
(g) o’rinli bo’lgan joyda, buxgalter sub’ektga nisbatan mustaqil emasligi to’g’risida ta’kidlash;
(d) moliyaviy hisobot sub’ekt rahbariyati tomonidan taqdim etilgan ma’lumotga asoslanganligini ko’rsatgan holda, moliyaviy hisobotni solishtirish;
(e) buxgalter tomonidan kompilyatsiyalashtirilgan moliyaviy hisobot uchun mas’uliyat sub’ekt rahbariyatining zimmasiga yuklatilganligi to’g’risida ta’kidlash;
(j) audit ham sharh ham o’tkazilmaganligi hamda shu munosabati bilan moliyaviy hisobot bo’yicha hech qanday ishonchlilik bildirilmaganligi to’g’risida ta’kidlash;
(z) agar lozim bo’lgan taqdirda, belgilangan moliyaviy hisobotni taqdim etish bo’yicha kontseptual asosdan muhim chetga chiqishlar yoritilganligiga e’tibor qaratadigan band kiritish;
(i) hisobot sanasi;
(k) buxgalterning manzili;
(l) buxgalterning imzosi.
Buxgalter tomonidan kompilyatsiyalashtirilgan moliyaviy ma’lumot bo’yicha moliyaviy hisobot to’liq to’plamining har bir varag’ida yoki birinchi varag’ida “Audit o’tkazilmagan”, “Audit yoki sharh o’tkazilmasdan turib kompilyatsiyalashtirilgan” yoki “Kompilyatsiya hisobotiga taalluqli” degan izohlar bo’lishi lozim.
Tayanch tushunchalar
Moliyaviy hisobot tarkibidagi boshqa ma’lumot, auditorlik xulosasi imzolangan sanadan keyin, biroq moliyaviy hisobot e’lon qilinadigan sanaga qadar yuz bergan hodisalar, mijoz korxona rahbariyati uchun ma’lumotnoma, maxsus o’tkaziladigan auditga oid kelishuvlar bo’yicha auditorlik hisoboti, istiqbolli moliyaviy hisobotni tekshirish, moliyaviy hisobotni sharhlash bo’yicha kelishuvlar, moliyaviy ma’lumot yuzasidan kelishilgan muolajalarni bajarish bo’yicha kelishuvlar, moliyaviy hisobotni kompilyatsiyalash bo’yicha kelishuvlar.
Yüklə 103,02 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin