4-mavzu. Audit o’tkazish jarayonida malumotlarni yig’ish va umumlashtirish bo’yicha xalqaro audit standartlari reja


Istiqbolli moliyaviy hisobotni tekshirish



Yüklə 103,02 Kb.
səhifə4/8
tarix24.12.2023
ölçüsü103,02 Kb.
#193432
1   2   3   4   5   6   7   8
4-mavzu. Audit o’tkazish jarayonida malumotlarni yig’ish va umum-fayllar.org

4.5. Istiqbolli moliyaviy hisobotni tekshirish
Istiqbolli moliyaviy hisobotni tekshirish bo’yicha kelishuvda auditor quyidagilar yuzasidan etarli bo’lgan tegishli moliyaviy dalillarni olishi lozim:
- istiqbolli moliyaviy ma’lumot tayyorlanishi uchun asos bo’lgan sub’ekt rahbariyatining eng aniq taxminlari oqilona emasligi, faraziy taxminlar holatida esa - bunday taxminlar ushbu ma’lumotga izchilligi;
- istiqbolli moliyaviy ma’lumot taxminlar asosida tegishli ravishda tayyorlanganligi;
- istiqbolli moliyaviy ma’lumot tegishli ravishda taqdim etilganligi va barcha muhim taxminlar, jumladan ular eng aniq va faraziy taxminlar deb hisoblanganligi mos yoritilganligi;
- istiqbolli moliiyaviy ma’lumot, buxgalteriya hisobining tegishli tamoyillarini qo’llagan holda, o’tgan yillarning moliyaviy hisoboti bilan ketma-ketlik asosida tayyorlanganligi.
“Istiqbolli moliyaviy ma’lumot” deganda sub’ektning ehtimoliy harakatlari natijasida kelajakda sodir etilishi mumkin bo’lgan hodisalar yuzasidan taxminga asoslangan moliyaviy ma’lumot tushuniladi. Ushbu ma’lumot favqulotda noxolis tavsifga ega va uni tayyorlashda mulohazalar chiqarish uchun ko’p ish talab qilinadi. Istiqbolli moliyaviy ma’lumot bashorat qilish, istiqbolga baho berish yoki ularning birlik shaklida bo’lishi mumkin, masalan bir yilga bashorat qilish bilan besh yillik istiqbolga baho berish.
“Bashorat” deganda sub’ekt rahbariyati kutishi bo’yicha sodir etilishi mumkin bo’lgan hodisalar hamda ma’lumot tayyorlanishi sanasiga sub’ekt rahbariyatining taxmin qilingan harakatlari yuzasidan taxminlar asosida tayyorlangan istiqbolli moliyaviy ma’lumot tushuniladi (eng aniq taxminlar).
“Istiqbolli baholash” istiqbolli moliyaviy ma’lumot quyidagilar asosida tayyorlanganligini ifodalaydi:
(a) kelajakda albatta mavjud bo’lmasligi taxmin qilinayotgan kelgusi hodisalar va sub’ekt rahbariyatining harakatlari yuzasidan faraziy taxminlar, masalan, ayrim sub’ektlar tashkil etilish bosqichidaligida yoki faoliyat tavsifiga muhim o’zgartirishlar kiritish ehtimolini ko’rib chiqayotganligida; yoki
eng aniq va faraziy taxminlarning birligi.
(b) Shunga o’xshash ma’lumot, agar hodisalar va harakatlar sodir etilishi mumkin bo’lganda, ma’lumotni tayyorlash sanasiga ehtimoliy oqibatlarni tasvirlaydi (agar...... nima bo’ladi degan stsenariy).
Istiqbolli moliyaviy ma’lumot moliyaviy hisobot yoki moliyaviy hisobotning bir yoki undan ko’proq elementlaridan iborat bo’lishi va quyidagi maqsadlar uchun tayyorlanishi mumkin:
(a) ichki boshqaruv quroli sifatida, masalan kapitalning taxmin qilinayotgan investitsiyalariga baho berishda yordam berish; yoki
(b) uchinchi tomonlarga tarqatish, masalan quyidagi shaklda:
- bo’lg’usi ivestorlarga ma’lumot taqdim etish uchun bo’lg’usi kutishlar to’g’risida prospekt;
- aktsiyadorlar, tartibga soluvchi idoralar va boshqa manfaatdor tomonlarga taqdim etish uchun yillik hisobot;
- pul oqimlari siljishi to’g’risida bashoratlardan iborat kreditorlarga taqdim etish uchun ma’lumotga ega hujjat.
Sub’ekt rahbariyati istiqbolli moliyaviy ma’lumotni tayyorlash va taqdim etish, jumladan solishtirish va u asoslanadigan taxminlarni yoritish bo’yicha mas’ulityaga ega. Istiqbolli moliyaviy ma’lumot uchinchi tomonlar foydalanishi yoki ichki maqsadlar uchun mo’ljallanganidan qat’i nazar, unga nisbatan ishonchni oshirish uchun istiqbolli moliyaviy hisobotni tekshirish va u bo’yicha auditorlik hisobotini tayyorlash haqidagi iltimos bilan auditorga murojat qilishlari mumkin.
Istiqbolli moliyaviy ma’lumot hali sodir etilmagan va sodir etilmasligi mumkin bo’lgan hodisalar va harakatlarga taalluqli. Istiqbolli moliyaviy ma’lumot asoslanadigan taxminlarni tasdiqlovchi dalillardan foydalanish imkoniyati bo’lgan bir vaqtda, bunday dalillar, asosan, kelajakka yo’naltirilgan va, binobarin, o’tgan davrlar bo’yicha moliyaviy ma’lumotni audit o’tkazish paytida odatda olinadigan dalillardan farqli, taxminiy tavsifga ega. Shuning uchun, auditor istiqbolli moliyaviy ma’lumotda aks etilgan natijalarga erishish yuzasidan fikr bildira olmaydi.
Keyinchalik, istiqbolli moliyaviy ma’lumot asoslanadigan taxminlarga baho berishda foydalaniladigan dalillar turi mavjud bo’lgan taqdirda, auditor tomonidan taxminlar muhim noto’g’riliklarga ega emasligi yuzasidan ijobiy fikr bildirish uchun etarli bo’lgan ishonchlilik darajasiga erishish qiyin bo’lishi mumkin. Binobarin, xalqaro standartga muvofiq, sub’ekt rahbariyatining taxminlari oqilona ekanligi to’g’risida hisobot taqdim etishda, auditor faqat ishonchlilikning o’rtacha darajasini taqdim etadi. Biroq, agar auditor o’z mulohazalarida ishonchlilikning tegishli darajasini olgan taqdirda, taxminlar yuzasidan ijobiy ishonchlilik bildirish uchun unga hech narsa halaqit bera olmaydi.
Istiqbolli moliyaviy ma’lumotni tekshirish bo’yicha kelishuvni qabul qilishdan oldin, auditor boshqalardan tashqari quyidagilarni ko’rib chiqadi:
- ma’lumotdan foydalanish taxmini;
- ma’lumot keng yoki chegaralangan tarqatish uchun mo’ljallanganligi;
- taxminlar tavsifi, ya’ni ular eng aniq yoki faraziy taxminlar ekanligi;
- ma’lumotga kiritilishi lozim bo’lgan elementlar;
- ma’lumot qamrab oladigan davr.
Taxminlar haqqoniy emasligi ayon bo’lganda yoki auditor istiqbolli moliyaviy ma’lumot undan ehtimoliy foydalanish maqsadlarida o’rinli emas degan xulosaga kelgan taqdirda, auditor kelishuvni qabul qilmasligi yoki kelishuv bajarilishini to’xtatishi lozim.
Auditor va mijoz kelishuv shartlari bo’yicha kelishib olishlari lozim. Sub’ektning manfaatlari bilan bir qatorda, o’zinining shaxsiy manfaatlarini ham ko’zlab, kelishuv yuzasidan kelishmovchiliklarning oldini olish maqsadida, auditor xat-kelishuv yo’llashi lozim.
Auditor istiqbolli moliyaviy ma’lumotni tayyorlash uchun kerakli bo’lgan barcha ahamiyatli taxminlar solishtirilganligiga baho berishga imkoniyat yaratuvchi etarli darajadagi biznesni bilishlikni olishi lozim. Shuningdek, auditor, masalan quyidagilarni ko’rib chiqish yo’li bilan, sub’ektning istiqbolli moliyaviy ma’lumotini tayyorlash jarayoni bilan tanishishi lozim:
- istiqbolli moliyaviy ma’lumotni tayyorlash tizimi bo’yicha ichki nazoratni hamda istiqbolli moliyaviy ma’lumotni tayyorlaydigan shaxslarning malakasi va tajribasini;
- rahbariyat taxminlarini tasdiqlovchi sub’ekt tomonidan tayyorlangan hujjatlar tavsifini;
- statistik, matematik va kompyuterlashtirilgan usullardan foydalanishning darajasini;
- taxminlar shakllanishida va foydalanishida qo’llaniladigan usullarni;
- o’tgan davrlarda tayyorlangan istiqbolli moliyaviy ma’lumotning aniqligi hamda ahamiyatli farqlanishlar sabablarini.
Auditor sub’ektning o’tgan davrlar bo’yicha moliyaviy ma’lumot ishonchlilik darajasi qanchalik asoslanganligini ko’rib chiqishi lozim. Auditor istiqbolli moliyaviy ma’lumot o’tgan davrlar bo’yicha moliyaviy ma’lumot bilan muvofiq tayyorlanganligiga baho berish uchun sub’ektning o’tgan davrlari bo’yicha ma’lumotini bilishi hamda sub’ekt rahbariyatining taxminlarini ko’rib chiqish uchun tarixiy mezon belgilashi lozim. Masalan, auditordan o’tgan yillar bo’yicha relevant ma’lumotning auditi yoki sharhi o’tkazilganligini va uni tayyorlashda buxgalteriya hisobining maqbul bo’lgan tamoyillari qo’llanilganligini aniqlash talab qilinadi.
Agar o’tgan davrlar bo’yicha moliyaviy ma’lumotning auditi yoki sharhi modifikatsiyalashtirilmagandan farqli bo’lgan yoki sub’ekt tashkil etilish bosqichida bo’lgan taqdirda, auditor doir holatlarga va ularning istiqbolli moliyaviy ma’lumotni tekshirishga ta’sirini o’z e’tiboriga oladi.
Auditor istiqbolli moliyaviy ma’lumot bilan qamrab olinadigan vaqt davrini o’z e’tiboriga olishi lozim. Masalan, qamrab olinadigan davr muddati uzayib borishi bilan farazlar yanada ham taxminiy bo’laveradi, chunki ushbu davrning muddati uzayib borishi bilan sub’ekt rahbariyatining aniq farazlar qilish qobiliyati pasayib boradi. Davr sub’ekt rahbariyati tomonidan taxminlar uchun oqilona asosga ega bo’lishga imkoniyat beradigan vaqt doirasidan chiqmasligi lozim. Quyida auditor istiqbolli moliyaviy ma’lumot qamrab oladigan vaqt davrini ko’rib chiqishda o’z e’tiboriga oladigan ayrim omillar namunalari keltirilgan:
- operatsion tsikl. Masalan, yirik qurilish loyihasi holatida loyihani yakunlash uchun kerakli bo’lgan vaqt qamrab olinadigan vaqtni belgilashi mumkin;
- taxminlar ishonchligining darajasi. Masalan, agar sub’ekt yangi mahsulot ishlab chiqarilishini tadbiq qilsa, faraz qilinadigan qamrab olinadigan davrlarga, haftalar yoki oylar kabi qisqa va kichik segmentlarga ajratilgan bo’lishi mumkin. Boshqa holatda, uzoq muddatli ijara sharti bilan mulkka egalik qilish sub’ektning yagona faoliyati hisoblangan taqdirda, faraz qilinadigan qamrab olinadigan davr nisbatan uzoq bo’lishini taxmin qilish oqilona bo’ladi.
- foydalanuvchilar ehtiyoji. Masalan, istiqbolli moliyaviy ma’lumot olingan qarzni qoplash uchun etarli bo’lgan mablag’larni topish uchun kerakli davrga qarz olishga talabnoma berish munosabati bilan tayyorlanishi mumkin.
Boshqa holatda, ma’lumot kelgusi davrlarda pul mablag’laridan maqsadli foydalanishni namoyon etish uchun qarz majburiyatlarini sotish munosabati bilan investorlar uchun tayyorlanishi mumkin.
Tekshirishning tavsifi, muddati va hajmini belgilashda auditor quyidagilarni o’z e’tiboriga oladi:
- muhim noto’g’rilik ehtimolini;
- har qanday oldingi kelishuvlar bajarilishida olingan bilimlarni;
- istiqbolli moliyaviy ma’lumotni tayyorlash yuzasidan sub’ekt rahbariyatining kasbiy xabardorligini;
- sub’ekt rahbariyati mulorhazasining istiqbolli moliyaviy ma’lumotga ta’sir etish darajasini;
- eng muhim ko’rsatkichlarning etarliligi va ishonchliligini.
Auditor sub’ekt rahbariyatining eng aniqroq taxminlarini tasdiqlovchi dalillarni manbai va ishonchligiga baho beradi. Bunday taxminlarni tasdiqlovchi etarli bo’lgan tegishli auditorlik dalillar ichki va tashqi manbaalardan olinadi, taxminlarni oldingi yillar bo’yicha ma’lumotlarga asolanib qarab chiqish hamda ular sub’ektning imkoniyatlar doirasiga kiruvchi rejalarga asoslanganligiga baho berish shular jumlasidan.
Auditor faraziy taxminlar qachon foydalanishi, bunday taxminlarning barcha muhim oqibatlari e’tiborga olinganligini ko’rib chiqadi. Masalan, agar sotish hajmi sub’ektning hozirgi paytdagi ishlab chiqarish quvvatlaridan ko’proq oshirish taxmin qilingan taqdirda, istiqbolli moliyaviy ma’lumot qo’shimcha ishlab chiqarish quvvatlariga sub’ektning kerakli investitsiyalarini yoki ishlab chiqarish/ishlarni asosiy pudratchidan pudratga olish yo’li bilan ishlarni bajarish kabi sotish hajmiga erishishga oid muqobil usullar bo’yicha xarajatlarni hisobga olish lozim.
Faraziy taxminlarni tasdiqlash uchun dalillar talab qilinmagani bilan, auditor ular istiqbolli moliyaviy ma’lumot maqsadlariga izchilligi va ular, so’zsiz haqqoniy emas deb hisoblashga sabablar yo’ligiga ishonch hosil qilishi lozim.
Auditor istiqbolli moliyaviy ma’lumot sub’ekt rahbariyatining taxminlari asosida tegishli ravishda tayyorlanganligiga, masalan, qaytadan hisoblash va ichki izchillikni tekshirish tekshirish yo’li bilan, ya’ni, sub’ekt rahbariyati amalga oshirishni mo’ljallagan harakatlari bir-biriga mosligiga, va umumiy o’zgaruvchan ko’rsatkichlarga, masalan, foiz stavkalariga asoslangan summalarni aniqlashda noizchillik mavjud emasligiga ishonch hosil qilishi lozim.
Auditor o’zgarishlarga eng sezgir bo’lgan bo’limlarning istiqbolli moliyaviy ma’lumotda aks etilgan natijalarga muhim ta’sir ko’rsatayotgan darajasiga o’z e’tiborini qaratadi. Bu auditor qanday darajada tegishli dalillarni izlashiga ta’sir ko’rsatadi. Bundan tashqari, auditor tomonidan yoritishlarning muvofiqligi va mosligiga baho berishiga ta’sir ko’rsatadi.
Isiqbolliy moliyaviy hisobotning bir yoki undan ko’proq, masalan alohida moliyaviy hisobot kabi elementlarini tekshirish uchun kelishuv tuzilganda, auditor moliyaviy hisobotdagi boshqa tarkibiy qismlarning o’zaro bog’liqligini ko’rib chiqishi muhimdir.
Agar istiqbolli moliyaviy hisobotga joriy davrning o’tgan vaqt mobaynida qandaydir ko’rsatkichlar kiritilgan taqdirda, auditor ushbu vaqt mobayni bo’yicha ma’lumot yuzasidan muolajalarni qo’llash darajasini ko’rib chiqadi. Muolajalar vaziyatlarga, masalan istiqbolli davrning qanday vaqt mobayni tugaganiga qarab o’zgarib boradi.
Auditor istiqbolli moliyaviy ma’lumotdan foydalanish taxmini, sub’ekt rahbariyatining muhim taxminlarining to’liqligi va istiqbolli moliyaviy ma’lumot bo’yicha sub’ekt rahbariyati mas’ulityani o’z zimmasiga olganligi yuzasidan sub’ekt rahbariyatining yozma taqdimotlarini olishi lozim.
Istiqbolli moliyaviy hisobotning taqdim etilishi va yoritilishiga baho berishda, har qanday tegishli qonunchilikka oid hujjatlar, me’yoriy hujjatlar va kasbiy standartlardan tashqari, auditor quyidagilarni ko’rib chiqishi lozim:
- istiqbolli moliyaviy ma’lumotning taqdim etilishi axboriy tavsifga egaligi va u chalg’itishga olib kelishligi;
- istiqbolli moliyaviy ma’lumotning izohlarida hisob siyosati ravshan yoritilganligi;
- istiqbolli moliyaviy ma’lumotning izohlarida taxminlar mos yoritilganligi. Sub’ekt rahbariyatining taxminlari eng aniq yoki faraziy ekanligi oydin aniqlanishi lozim, agar ular noaniqlikning yuqori darajasiga moil bo’lgan taqdirda, ushbu noaniqlik va buning natijasida vujudga kelgan natijalarga sezgirlikni mos ravishda yoritish lozim.
- istiqbolli moliyaviy ma’lumotni tayyorlash sanasi yoritilganligi. Asos bo’lgan ma’lumotning jamlanishi vaqtning qandaydir davri mobaynida amalga oshirilganiga qaramasdan, ushbu sanaga taxminlar muvofiqligi sub’ekt rahbariyati tomonidan tasdiqlanishi lozim;
- agar istiqbolli moliyaviy ma’lumotda aks etilgan natijalar doira shartlarida ifodalangan taqdirda, doirada quyi bandlarni aniqlash asosi aniq belgilanganligi va doirani tanlab olish adolatsiz yoki chalg’itadigan emasligi;
- oldingi davr bo’yicha eng oxirgi moliyaviy hisobot tayyorlangan sanadan keyin hisob siyosatida sodir etilgan har qanday o’zgarishlar ushbu o’zgarishlar sababalari bilan yoritilganligi hamda ular istiqbolli moliyaviy ma’lumotga ko’rsatgan ta’siri.
Istiqbolli moliyaviy hisobotni tekshirish bo’yicha auditorning hisoboti quyidagilardan iborat bo’lishi lozim:
(a) sarlavha;
(b) oluvchi;
(v) istiqbolli moliyaviy hisobotni solishtirish;
(g) istiqbolli moliyaviy hisobotni tekshirishga qo’llaniladigan Xalqaro audit standartlari yoki tegishli milliy standartlar yoki amaliyotga izohlanish;
(d) istiqbolli moliyaviy ma’lumot, ushbu ma’lumot asoslanadigan taxminlar shuning jumlasidan, bo’yicha sub’ekt rahbariyati mas’ul ekanligi to’g’risida ta’kidlanishi;
(e) istiqbolli moliyaviy hisobotdan foydalanish maqsadiga va/yoki uni tarqatishni cheklashga, agar bu maqbul bo’lsa, izohlanish;
(j) taxminlar istiqbolli moliyaviy hisobot uchun oqilona asos ta’minlashi yuzasidan salbiy ishonchning ta’kidlanishi;
(z) taxminlar asosida istiqbolli moliyaviy ma’lumot tegishli ravishda tayyorlanganligi va u moliyaviy hisobotni taqdim etish bo’yicha relevant asosga muvofiq taqdim etilganligi yuzasidan fikr;
(i) istiqbolli moliyaviy ma’lumotda qayd etilgan natijalarga erishish yuzasidan tegishli ogohlantirishlar;
(k) muolajalarning yakunlash sanasi bo’ladigan hisobotning sanasi;
(l) auditorning manzili;
(m) imzo.
Auditor istiqbolli moliyaviy hisobotning taqdim etilishi va yoritilishi mos emas deb hisoblagan taqdirda, auditor istiqbolli moliyaviy hisobotni tekshirish bo’yicha hisobotda sharhlar bilan fikr bildirish yoki salbiy fikr bildirishi yoki, o’rinli bo’lsa, kelishuv bajarilishini to’xtatishi lozim. Bunga misol tariqasida moliyaviy hisobot juda sezgir bo’lishi mumkin har qanday taxminlar oqibatlarini mos ravishda yoritmaganligi keltirish mumkin.
Auditor bir yoki bir necha ahamiyatli taxminlar eng aniq taxminlar asosida tayyorlangan istiqbolli moliyaviy hisobotni tayyorlash uchun oqilona asos bermaydi yoki bir yoki bir necha ahamiyatli taxminlar aynan ushbu faraziy taxminlarning istiqbolli moliyaviy ma’lumoti uchun oqilona asos bermaydi deb hisoblaganda, auditor istiqbolli moliyaviy hisobotni tekshirish bo’yicha hisobotda salbiy fikr bildirish yoki kelishuv bajarilishini to’xtatishi lozim.
Ushbu vaziyatlarda kerakli deb hisoblangan bir yoki undan ko’proq muolajalarni qo’llashga to’sqinlik qiladigan vaziyatlar tekshirishga ta’sir ko’rsatgan taqdirda, auditor kelishuv bajarilishi to’xtatishi yoki fikr bildirishni rad etishi va istiqbolli moliyaviy hisobotni tekshirish bo’yicha auditorlik hisobotida audit ko’lami cheklanganligi bayon etishi lozim.



Yüklə 103,02 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin