Ilmiy bilish va uning usullari. Fanlar ilmiy bilishning shakllaridir. Fanlar borliq va uning turli korinishlari: tabiat, jamiyat, inson tafakkuri togrisidagi ilmiy bilish jarayonida yuzaga kelgan bilimlar tizimlaridan iboratdir. Ular insonning borliqni bilishi, organishi va ozlashtirishining oziga xos nazariy shakllari bolib, ozlarida moddiy va manaviy omillami birlashtiruvchi kop qirrali ijtimoiy hodisalar. Fanlarning predmeti, keng manoda,insonni qurshab turgan borliq va uning shakllaridir. Shu jihatdan fanlarni ularning predmetlariga kora, shartli ravishda: tabiatshunoslik, jamiyatshunoslik va ularning ortasidagi texnika fanlariga bolish mumkin. Tabiatshunoslik fanlari tabiatni bilish, ozlashtirish va ozgartirish qonunlarini organadi. Jamiyatshunoslik fanlari esa,ijtimoiy munosabatlarni, insonni va uning jamiyatda tutgan ornini, jamiyatning ijtimoiy, iqtisodiy va manaviy hayotini organadi. Texnika fanlari bolsa, inson tomonidan ixtiro qilingan mashina va mexanizmlar, ularning tuzilishi, qurilishi va ish faoliyatining qonuniyatlarini organuvchi fanlardir. Texnik fanlarning vazifasi insonni texnika qurilmalari haqidagi bilimlar bilan qurollantirib, yangi texnika vositalarini yaratishga yordam berishdan iboratdir. Fanlarni yana amaliy va fundamental fanlarga ham bolishadi. Bunda ishlab chiqarish bilan bevosita bogliq bolgan, erishilgan har bir yangi natijasi ishlab chiqarishga bevosita tatbiq etilib boradigan fanlar amaliy fanlar, deyiladi. Fundamental fanlar esa tabiat, jamiyat, inson va inson tafakkuri taraqqiyotining umumiy qonuniyatlarini nazariy jihatdan organuvchi fanlardir. Amaliy va fundamental fanlar ozaro chambarchas bogliq bolib, fundamental fanlar borliqning turli sohalari qonuniyatlarini ishlab chiqarishga joriyetib, ijtimoiy-amaliy masalalarni ham hal qilishga tatbiq etadi. Tabiatshunoslik, jamiyatshunoslik va texnika fanlaridan farqli, falsafa insonning borliq haqidagi eng umumiy bilimlari tizimidan iborat bolib, boshqa barcha fanlarga metodologik asos bolib xizmat qiladi. Barcha fanlarning oziga xos tadqiqot usullari (metodlari) bor. Ulaming metodologiyasi esa, barcha fanlarning yutuqlarini umumlashtirishdan kelib chiqqan falsafiy xulosalardir.