Haqiqat, bu bizning dunyo togrisidagi bilimlarimiz va tasavvurlarimizning dunyoning oziga, obektiv reallikka muvofiq kelishidir. Haqiqatni nohaqiqatdan, yanglishuvdan, yolgondan farqlashtirish, ajratish uchun bizning bilimimiz obektiv voqelikka, uning yashash va rivojlanish qonunlariga qanchalik mos kelishini aniqlab olmoq kerak. Aristotel haqiqatning «klassik» konsepsiyasimuallifidir. Bu konsepsiya haqiqatni fikrning, bilimning voqelikka mos kelishi deb, yolgonni esa fikrning real ahvolga mos kelmasligi deb talqin qiladi. U ozining «Metafizika» sida bunday deb yozadi: «Bor narsani yoq deyish yoki yoq narsani bor deyish yolgon gapirishdir; borni bor va yoqni yoq deyish esa haqiqatni gapirishdir». Hozirgi zamon falsafiy va ilmiy adabiyotida obektiv haqiqat tushunchasi tez-tez uchrab turadi. Obektiv haqiqat bu bilimlarimizning shunday mazmuniki, u bir kishiga ham, butun insoniyatga ham bogliq emas. Haqiqatning obektivligini u mavjud olamning inikosi bolishi belgilaydi. Absolyut haqiqat bu bilish obekti haqidagi inkor etib bolmaydigan toliq va tugal bilimdir, nisbiy haqiqat esa bilish predmeti togrisidagi notoliq va notugal bilimdir. Absolyut haqiqat toliq hajmdagi obektiv haqiqatdan boshqa narsa emas, nisbiy haqiqatesa notugal shakldagi, notuliq hajmdagi obektiv haqiqatdir. Har bir nisbiy haqiqatda absolyut haqiqat jihati bor, chunki har qanday nisbiy haqiqat obektivligi sababli, unda doimiy bilim jihati bor. 1913 yilda XX asrning eng yirik fizigi Nils Borozining mashhur toldiruvchanlik prinsipini tariflab berdi. Bu prinsipga kora, haqiqatligi muayyan hodisalar guruhi uchun aniqlangan va tasdiqlangan bilim va nazariyalar yanada kengroq predmet sohasini qamrab olgan yangi, yanada chuqurroq bilim va nazariyalar paydo bolishi bilan mutlaqo notogri deb uloqtirib tashlanmaydi, balki nisbiy haqiqat sifatida bu yangi nazariyalarning chegaraviy shakli yoki xususiy holati sifatida saqlanib qoladi. Klassik mexanika bilan nisbiylik nazariyasi, moddalar ximik tuzilishining klassik va hozirgi zamon nazariyasi va kop boshqa nazariyalar ozaro ana shunday munosabatda boladi. Absolyut haqiqatni absolyutlashtirish dogmatizmga, nisbiy haqiqatni absolyutlashtirish relyativizmgaolib keladi. Relyativizm va dogmatizmning cheklanganligiga sabab ularda absolyut haqiqat bilan nisbiy haqiqat bir-biridan ajratib olinganligi va qarama-qarshi qilib qoyilganligidadir. Bizning bilimlarimiz ayni bir vaqtning ozida ham absolyut, ham nisbiydir. Egallagan bilimlarimiz va tajribamiz asosida biz bilib olgan va tasvirlay oladigan narsa, sodir bolgan, inkor etib bolmaydigan narsa bizning bilimlarimizning absolyut jihatini tashkil etadi. Lekin, shu bilan birga, biz har bir bosqichda hamma narsani ham bilavermaymiz. Bizning bilimlarimiz ayni bir vaqtning ozida uzluksiz kengayib va chuqurlashib boradi. Shu manoda ular absolyut emas, balki nisbiydir, shu boisdan absolyut haqiqatning ozi nisbiy haqiqatlar yigindisidan tarkib topishini etirof etmoq kerak. Rivojlanishning har bir bosqichida bilimlarimizning chegaralari vaqtinchadir, lekin, bilimlarimiz tobora tolib va chuqurlashib borgan sari biz absolyut haqiqatga yaqinlashib boramiz, ammo uni hech qachon tola-tokis egallay va tushunchada ifodalay olmaymiz, chunki tabiatning ozi bilish obekti sifatida kengligi jihatidan ham, chuqurligi jihatidan ham cheksizdir. Bilimlarimizning haqiqat yoki yolgonligini, ularning absolyutlik va nisbiylik darajasini konkret joy va vaqt sharoiti belgilab beradi. Joy va vaqtsharoiti almashinib, ozgarib turadigan omil ekanligi sababli bir sharoitda haqiqat bolgan narsa ozgargan sharoitda yanglish yoki yolgon bolib chiqadi. Joy va vaqt sharoitini har tomonlama hisobga olish talabi biluvchi subektni dogmatik xatolardan ehtiyot qiladi. Joy va vaqt sharoitining ozgarishi yetilgan vazifalarni hal qilishga ijodiy yondashuvni zarur qilib qoyadi, zarur bolib qolganda ortaga qoyilgan maqsadga erishish taktikasi, metodi va usullarini ozgartira bilishni taqozo etadi. Shu boisdan ham bilishning u yoki bu shakllari, metodlari va usullarini absolyutlashtirish mumkin emas, eskirgan xulosalar va formulalarni oz vaqtida yangilari, ozgargan sharoitga mos keladiganlari bilan almashtirish zarur, chunki ayni bir xil qonuniyatlar turli tarixiy sharoitda turli natijalarga olib keladi. Agar haqiqatga jarayon deb qarab unga uning rivojlanishi nuqtai nazaridan yondashiladigan bolsa, bu holda konkret haqiqatga abstrakt haqiqat qarama-qarshi qoyiladi. Abstrakt haqiqatbu toliq bolmagan, rivojlanmagan, birtomonlama haqiqat, konkret haqiqatesa, aksincha, toliq, rivojlangan, koptomonlama haqiqat. Har qanday haqiqat, u bilish jarayonida rivojlanib borganligi sababli, abstraktlikni ham, konkretlikni ham oz ichiga oladi. Haqiqat oz rivojining keyingi bosqichiga nisbatan abstrakt va ilgarigi rivojlanish bosqichiga nisbatan konkretdir. Haqiqatga darhol erishib bolmaydi; unga erishish bilishning qiyin, kop bosqichli jarayonidir.