Bilish obekti. Tadqiqotchi-olim, faylasuf, sanatkor va boshqalarning, umuman insonning bilimlar hosil qilish uchun ilmiy faoliyati qaratilgan narsa, hodisa, jarayon, munosabatlar bilish obektlari hisoblanadi. Bilish obektlari moddiy, manaviy, konkret, mavhum, tabiiy va ijtimoiy bolishi mumkin. Bilish obektlari eng kichik zarralardan tortib ulkan galaktikagacha bolgan borliqni qamrab oladi. Bilish obektlariga asoslanib, bilim sohalari tabiiy, ijtimoiy-gumanitar va texnik fanlarga ajratiladi. Bilish subekti.Bilish bilan shugullanuvchi kishilar va butun insoniyat bilish subekti hisoblanadi. Ayrim Mingan tadqiqotchiolimlar, ilmiy jamoalar, ilmiy tadqiqot institutlari ham alohida bilish subektlaridir. Ilmiy faoliyat tabiat va jamiyat mohiyatinibilishgagina emas, balki insonning oziga ham qaratilishi mumkin. Inson va butun insoniyat ayni bir vaqtda ham bilish obekti, ham bilish subekti sifatida namoyon boladi. Bilishning maqsadi ilmiy bilimlar hosil qilishdangina iborat emas, balki bilish jarayonida hosil qilingan bilimlar vositasida insonning barkamolligiga intilish, tabiat va jamiyatni insoniylashtirish, tabiiy va ijtimoiy garmoniyaga erishishdir. Fan fan uchun emas, balki inson manfaatlari uchun xizmat qilishi lozim. Inson ilmiy bilimlar vositasida manaviy barkamollikka erisha borgani sari ilm-fan qadriyat sifatida ezozlana boshlaydi. Fanning har tomonlama rivojlanishi bilan turli ilm sohalarining hamkorligi kuchayadi, butun ilmiy jamoalar bilish subekti, yangi ilmiy kashfiyotlar ijodkoriga aylanadilar. Bilish predmeti subektning bilish faoliyati qamrab olgan bilish obektining ayrim sohalari va tomonlaridir. Fanning organish sohasi tobora konkretlashib boradi. Tabiatshunoslik fanlarini bilish predmetiga qarab botanika, zoologiya, geografiya, ixtiologiya va boshqa sohalari vujudga kelgandir. Tadqiqot predmeti fanlarni bir-biridan farqlashga imkon beradigan muhim belgidir.