Bilish darajalarini shartli ravishda: quyi, yuqori va oliy dara jaga ajratish mumkin. Bilishning quyi darajasi barcha tirik mavjudotlarga xos bolib, hissiy bilish deyiladi. Hissiy bilish sezgilar vositasida bilishdir. Insonning sezgi azolari (korish, eshitish, hid bilish, tam bilish, teri sezgisi) boshqa mavjudotlarda bolgani singari uning narsalarga xos xususiyat, belgilarini farqlash, tabiiy muxitga moslashish va himoyalanishi uchun yordam beradi. Bilishning quyi bosqichida sezgi, idrok, tasavvur, diqqat, xayol tashqi olam togrisida muayyan bilimlar hosil qilishga yordam beradi. Bilishning yuqori bosqichi faqat insonlargagina xos bolib, aqliy bilish (ratsional bilish) deyiladi. Agar inson oz sezgilari yordamida narsa va hodisalarning faqat tashqi xossa va xususiyatlarini bilsa, tafakkur vositasida narsa va hodisalarning ichki mohiyatini bilib oladi. Mohiyat hamisha yashirindir, u doimo hodisa sifatida namoyon boladi. Har bir hodisada mohiyatning faqat bir tomonigina namoyon boladi. Shu boisdan ham hodisa aldamchi va chalgituvchidir. Binobarin, inson sezgilarining biron bir narsa yoki hodisa togrisida bergan malumotlari hech qachon uning butun mohiyatini ochib bera olmaydi. Tushuncha, hukm va xulosalar chiqarish ilmiy bilishning muhim vositalaridir. Bunday bilish insondan alohida qobiliyat, kuchli irodani tarbiyalashni, narsa va hodisalardan fikran uzoqlashishni, diqqatni bir joyga toplashni, ijodiy xayolni talab etadi. Bilishning oliy darajasi intuitiv bilish, qalban bilish, goyibona bilishdir. Ozining butun borligini fan, din, siyosat va sanat sohasiga bagishlagan buyuk kishilar ana shunday bilish qobiliyatiga ega boladilar. Intuitiv bilish hissiy va aqliy bilishga tayanadi. Buyuk shaxslarning goyibona bilishi ularning doimiy ravishda fikrini band etgan, yechimini kutayotgan umumbashariy muammolar bilan bogliqdir. Ilmiy bilishning eng samarali usullarini aniqlash gnoseologiyada muhim orin egallab keldi. Har bir fan oziga xos bilish usullaridan foydalanadi. Ilmiy bilish fakt va dalillarga, ularni qayta ishlash, umumlashtirishga asoslanadi. Ilmiy fakt va dalillar toplashning oziga xos usullari mavjud bolib, ularni ilmiy bilish metodlari deyiladi. Ilmiy bilishning metodlari mavjud va ularni organadigan maxsus soha metodologiya deb ataladi. Ilmiy bilish metodlari oz xarakteriga koga: 1) eng umumiy ilmiy metodlar; 2) umumiy ilmiy metodlar; 3) xususiy ilmiy metodlarga bolinadi. Eng umumiy ilmiy bilish metodlari barcha fanlar uchun xos bolgan metodlardir. Bunga analiz va sintez, umumlashtirish va mavhumlashtirish, induksiya va deduksiya, qiyoslash va modellashtirish kabilarni korsatish mumkin. Masalan, tabiatshunoslik fanlarida kuzatish, eksperiment, taqqoslash umumilmiy metodlar bolsa, ijtimoiy fanlarda tarixiylik va mantiqiylik umumilmiy metodlar hisoblanadi.