4-mavzu. Bilish falsafasi(gnesologiya)


Bilish nazariyasining o’ziga xos shakllari



Yüklə 99,96 Kb.
səhifə4/17
tarix19.05.2023
ölçüsü99,96 Kb.
#117662
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
4-MAVZU. BILISH-WPS Office

Bilish nazariyasining o’ziga xos shakllari.
Xissiy bilish. Har qanday narsani, har qanday predmet yoki hodisani bilish fikr xissiy idrokdan predmetning mohiyati tomon boradigan jarayondir. Xissiy bilim, jonli mushohada insonning qurshab turgan dunyo bilan bevosita aloqasi shaklidir. Xissiy anglash tashqi ta’sir energiyasining ong faktiga aylanishidan boshqa narsa emas. Usiz biz borliqning hech qanday shakllari haqida hech nima bila olmaymiz. Biz jonli mushohada yordamida atrofdagi vokelikning turli xossalari va tomonlarini bilib olamiz, lekin birgina xissiy obrazlar bilan ularning mohiyatini anglab ololmaymiz.
Bunga sabab, eng avvalo, inson sezgi a’zolarining tabiiy cheklanganligidir. Masalan, odamning ko’zi elektromagnit to’lqinlarning butun spektrini to’lik idrok eta olmaydi, u elektromagnit to’lqinlar spektrining infraqizil, ultrabinafsha va rentgen qismlarini sezmaydi. Bunday tabiiy cheklanganlik boshqa sezgi a’zolariga ham xosdir. Masalan, odamning qulog’i tebranish chastotasi 16 dan 20 ming Gs gacha bo’lgan tovush to’lqinlarini qabul qila oladi, yuqori chastotali yoki past chastotali tovush to’lqinlarini eshitmaydi.
Tabiiy sezgi a’zolari bilan idrok etib bo’lmaydigan hodisalarni maxsus yaratilgan sun’iy organlar orqali, ya’ni mikroskop, radioteleskop, loqator, barometr, Geyger hisoblagichi va boshqa xil priborlar vositasida idrok etish mumkin. Bu priborlar xissiy bilish quvvatini ancha kengaytiradi va kuchaytiradi. Shu bilan birga xissiy bilish bizni yanglishtirib qoyishi mumkin ko’z chalg’ishi, sarob, xomxayol, ko’z gallyusinatsiyasi, tovush effekti va hakozolar. Falsafa tarixida yangi zamon mutafakkirlari barcha bilimlarning xissiy kelib chiqishi muammosiga yuqori darajada ahamiyat berganlar. Masalan, Jon Lokk materialistik sensualizm (lotincha sensus sezgi, sezish) prinsiplarini asoslab berar ekan, avval sezgida bo’lmagan narsa intellektda bo’lmaydi, shuning uchun kimki hech nimani sezmasa u hech nimani bilmaydi, deb yozgan edi.

Yüklə 99,96 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin